Referat "bilish falsafasi" Bajardi: Tekshirdi: reja: Bilishning tarixiy ildizlari haqida
Download 48.57 Kb.
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bilishning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari: empirik, ratsionalizm
- Bilish ob’ekti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSTITETI REFERAT “BILISH FALSAFASI” Bajardi: Tekshirdi: REJA: Bilishning tarixiy ildizlari haqida Bilish Beruniy nigohida Bilishning metodologik asoslari BILISH KONSEPSIYASINING FALSAFIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI 1. Bilishning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari: empirik, ratsionalizm Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanishi qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat va jamiyatni nixoyat o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usulini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga vazifalar ko‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida Evropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishni o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustun- ligiga alohida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataladi. Bilish ob’ekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyatini qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari, moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling