Referat Dastur: tog` jinslarining xususiyatlariga bog`liq bo`lgan holda ularni qazishga bo`lgan nisbiy qiyinchilik ko`rsatkichini aniqlash annatasiya


Download 30.72 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1344934
TuriReferat
Bog'liq
1 TOG` JINSLARINING XUSUSIYATLARIGA BOG`LIQ BO`LGAN HOLDA ULARNI


TOG` JINSLARINING XUSUSIYATLARIGA BOG`LIQ BO`LGAN HOLDA ULARNI QAZISHGA BO`LGAN NISBIY QIYINCHILIK KO`RSATKICHINI ANIQLASH:

bu yerda, – tog` jinslarini qazishga bo`lgan nisbiy qiyinchilik
- tog` jinslaridagi yoriqlarning o`tkazuvchanlik koeffitsienti.
– tog` jinsidagi yoriqlarning umumiy uzunligi, mm.
– tog` jinsiga beriladigan o`rtacha yuklama, N.
– tog` jinsining o`rtacha ko`ndalang kesim yuzasi, mm2.
– tog` jinsini buzuvchi yuklama, N.
– tog` jinsini surilishga bo`lgan mustahkamlik chegarasi, Pa.
– tog` jinsiga beriladigan maksimal yuklama, N.
– tog` jinsi bo`laklarining eng kichik o`lchami diametri, mm.
– tog` jinsi bo`laklarining eng katta o`lchami diametri, mm.
– plastik tog` jinsining deformatsiyalanish koeffitsiyenti.
– tog` jinslarining zichligi, tn/m3.
Referat
Dastur: TOG` JINSLARINING XUSUSIYATLARIGA BOG`LIQ BO`LGAN HOLDA ULARNI QAZISHGA BO`LGAN NISBIY QIYINCHILIK KO`RSATKICHINI ANIQLASH
Annatasiya: Tog` jinslarining xususiyatlariga bog`liq bo`lgan holda ularni qazishga bo`lgan nisbiy qiyinchilik ko`rsatkichini aniqlash qazuvchi mashinalarning ishchi a`zolarini tog`ri tanlash va ularni himoyalash elementlari bilan ta`minlash hozirgi kunda muhim va dolzarb muammo bo`lib hisoblanadi. Tog` jinslarini qazish – yuklash jarayonida ekskavatorlar, yuklovchi mashinalar va qazuvchi-tashuvchi mashinalarni kesuvchi elementlariga to`g`ri keladigan qazishga bo`lgan qarshilik miqdorini aniqlashda tog` jinslarining fizik mexanik xususiyatlari va bir qancha boshqa ko`rsatkichlari muhim vazifa sanaladi. Bundan tashqari qazishga bo`lgan qarshilik va darzdorlik ko`rsatkichlari keskin o`zgarishi evaziga konchilik mashinalarining qazish-yuklash unumdorligini pasayishiga olib keladi. Qazishga bo`lgan nisbiy qiyinchilik ko`rsatkichi tog` jinslarining zichligi, darzdorligi, tog` jinslarini siljishga bo`lgan mustahkamlik koeffitsienti, siqilishga bo`lgan mustahkamlik koeffitsienti va cho`zilishga bo`lgan mustahkamlik koeffitsientlari orqali aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tog` jinslaridagi yoriqlarning o`tkazuvchanlik koeffitsienti, tog` jinsidagi yoriqlarning umumiy uzunligi, tog` jinsiga beriladigan o`rtacha va maksimal yuklama, tog` jinsining o`rtacha ko`ndalang kesim yuzasi, tog` jinsini buzuvchi yuklama, tog` jinsi bo`laklarining eng kichik o`lchami diametri, plastik tog` jinsining deformatsiyalanish koeffitsiyentlari orqali tog` jinslarini qazishga bo`lgan nisbiy qiyinchilik ko`rsatkichini aniqlash formulasi va hisoblash dasturi Delphi tilida ishlab chiqildi. Bu hisoblash dasturining boshqalardan farqli jihati tog` jinslaridagi yoriqlarning o`tkazuvchanlik koeffitsienti va plastik tog` jinsining deformatsiyalanish koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda aniqinlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
EHM turi: Pentium IV
Dastur tili: Delphi.
Foydalanilgan ma'lumotlar bazasi: foydalanilmagan
Operatsion tizimning turi va versiyasi: barcha avlodlarning Windows tizimlari uchun
Dastur hajmi: ______ bayt
Muallif: _______________________
Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling