Referat Glossary Test Savollar 10-12 talik 15-20 bet 20 ta 15 ta 20 ta
Download 201.6 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil talim
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma Krossvord Referat Glossary Test Savollar 10-12 talik 15-20 bet 20 ta 15 ta 20 ta Izoh! Har bir talaba ro’yxatdagi raqamidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va javob taqdim etadi. Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar listga yoziladi hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, ro’yxat bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Ushbu fandan TMI O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018- sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g’risidagi Nizom” asosida ishlab chiqilgan va kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida tashkil etiladi va baholanadi. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Jahon muzeylarining shakllanishi 2. Turkistonda muzey ishini shakllanishi bosqichlari. 3. XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonda davlat muzeylarini tashkil etilishi. 4. XX asrning 50-90 yillarida muzey ishidagi o‘zgarishlar. 5. Mustaqil O‘zbekistonda muzeyshunoslikni rivojlanishi. 6. Fond ishlarining asosiy yo‘nalishlari. 7. Muzey ashyolarini hisobga olishning maqsad va vazifalari. 8. Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish. 9. Fondlarni hisobga olish va hisob hujjatlari. 10. Muzey kolleksiyalarini saqlash. 11. Muzey fondlarini saqlash tartibi. 12. Mustaqillik yillarida Muzeyshunoslik faniga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borishi. 13. O‘rta Osiyoda muzeylarning shakllanishi tarixi. 14. O‘zbekistonda muzeylar va muzey ishi. 15. Muzeylarning asosiy ijtimoiy funktsiyalari. 16. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyati. 17. Muzey fondlari. Fond ishining asosiy yo‘nalishlari. 18. Muzey fondlarini to‘plash. 19. Muzey fondlarini hisobga olish va ilmiy hujjatlashtirish. Download 201.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling