Referat guruh: 612 19 Bajardi: Ubaydullayev Sh Farg’ona 2022


Download 35.53 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1784103
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
intelekt mustaqil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Fan: Intellektual tizimlar
REFERAT
Guruh: 612 – 19
Bajardi: Ubaydullayev Sh


Farg’ona – 2022

Mavzu: Qarorlar qabul qilishga imkoniyatlar nazariyasining qo’llanilishi


Reja:

  1. Qaror qabul qilish nazariyasining asosiy yo ‘nalishiari

  2. Qaror qabul qilishga imkoniyatlar nazaryasining qo’llanilishi

  3. Qaror qabul qilishning noaniq muhiti

Muqobillar, tizim tabiati holatlari, ehtimollar va natijalar, shuningdek afzal bilish turlari haqidagi axborotlarga asoslanib, qaror qabul qilish nazariyasining yuqorida ko'rib o'tilgan usullarini tahlil qilgan holda. ular laboratoriya sharoitlaridagi tajribalar uchun ishlab chiqilgan ekan va ular uchun qaror qabul qilish muhitining ideal modullari xarakterli degan xulosa chiqarish mumkin bo'lib, ular qaror qabul qilishning quyidagi soddalashtirilgan yo’nalishlari bilan belgilanadi:
- aniqlanmaganlik sharoitlarida qaror qabul qilish;
- xavf sharoitida qaror qabul qilish;
- axborotlar to'liq bo'lmagan sharoitlarda qaror qabul qilish.
Aniqlanmaganlik sharoitlari uchun ishlab chiqilgan qaror qabul qilish usullarining asosiy kamchiligi, ularning ko'pchiligi tizim tabiati holatlari ehtimolliklari haqidagi axborotlarni o'rganishga mo'ljallanmagan bo'lib, real hayotda qaror qabul qilish vaqtida QQQSh da doimo bunday aprior axborotlarning ma’ lum hajmi mavjud bo'ladi [3.39,40].
Xavf sharoitlarida qaror qabul qilishning asosiy usullari: fon Neyman va Morgenshternning kutilgan foydaliligi (KF); Sevijning subyektiv kutilgan foydaliligi; Xodjes-Lemann mezoni [41]; istiqbollar nazariyasi va boshqalar. KF nazariyasi qat’ iy aksiomatik asosga ega bo'lib. sodda foydalilik modellaridan farq qiladi. Bu modellarda, QQQSh to'liq ratsional hisoblanadi. Tizim tabiati haqidagi axborotlar ishonchlilikning obyektiv yoki subyektiv ehtimolliklari bilan
tavsiflanadi. Biroq, real hayotda birinchisi odatda noma’ lum bo'ladi.
Subyektiv ehtimollik bir qadar realroq, lekin hatto laboratoriya sharoitlarida ham aniqlanmaganlik shariotidagi tanlovlarni tavsiflay olmaydi.
KF asosida yotuvchi afzalliklarning strukturalarini qayta ko'rib chiqish, afzalliklarning turli takomillashgan strukturalarini ishlab chiqish va ularni umumlashtirishga olib keldi. Umumlashtirish rangga bog'liq va ishoraga bog'liq bo'lishi mumkin [42]. Bu afzalliklar strukturalari turli to'g'rilashlarni o'ziga biriktiradi va mustaqillik aksiomalarini kuchsizlantiradi [9.30, 33,44]. individning xavfga munosabatlarini va aniqlanmaganliklami (rangga bog'liq umumlashish), yutuq va yo'qotishlarga bog'liqliklar (ishorali umumlashish) [17, 18] ni hisobga oladi.
Aniqlanmaganlik sharoitlarida qaror qabul qilishga ko'p sondage ishlar bag'ishlangan [12, 29, 31, 42, 45-^53]. Aniqlanmaganlik, umumiy holda ehtimollik noma’ lum bo'lgan. ammo ma’ lum chegaralarda o'zgaruvchi hollarga tegishli. Ba’zi hollarda hech qanday ehtimollik haqida axborotlar bo'lmagan hoi ham tushuniladi. Aniqlanmaganlik sharoitlarida qaror qabul qilishni tadqiq qilish ikki yo'nalishda olib boriladi:
- ko'plik ehtimoliy taqsimlanishlarga asoslanib, ko'plikli taqsimlanishlar modellari deb ataladigan modellarni ishlab chiqish [27,28];
- SHKF kabi noadditiv o'Ichamlarga asoslangan yondashuvlarni shakllantirish [54-^57].
Asosiysi, bu modellar aniqlanmaganliklami qabul qilmaslik deb nomlanuvchi inson xulqining sifati kabilarni tavsiflaydi.
Umumiy kutilgan foydalilik (UKF) o'zida IN va ShKF asoslarini birlashtiradi va natijada ham rangga bog'liq ham ishoraga bog'liq hisoblanib, KF ning umumlashgan ko'rinishi hosil bo'ladi. Bugungi kunda UKF yo'qotish va yutuqlar asimmetriyasini hamda aniqlanmaganlikka bo'lgan munosabatlarni
e ’tiborga olish imkonini beruvchi muvaffaqiyatli nazariya hisoblanadi. Boshqa tomondan, UKF QQQSh ning ideal tavsiflangan axborotlari va yaqqol aniqlangan nimani afzal bilishlari uchun ishlab chiqilgan.
Real masalalarda ehtimollik qiymatlari aniq emas. lekin Elsberg paradoksidagi kabi aniq chegaralanmagan bo'lishi mumkin. Bu masalalarni yechish uchun ikkinchi tartibli ehtimollikli modellar taklif etilgan edi [13. 33, 45, 52]. Masalan, Klibanov va boshqalar tomonidan aniqlanmaganlikning silliq modellarida [32] subyektiv ehtimollik o'lchamlarini qo'llash taklif etilgan bo'lib, bu QQQSh ning ko'rib chiqilayotgan taqsimlanishlar to'plamining ostto'plamlarida “haqiqiy” taqsimlanish borligi haqidagi ishonchini aks ettiradi. Ikkinchi tartibli ehtimollikdan foydalanish, minimal yoki maksimal kutilgan foydalilik asosida harakatlarning kritik baholaridan qochish imkonini beradi.
Ikkinchi tartibli ehtimollikning aniq modeli – individ ishonchining noreal tavsifidir. Ishonchlilikning [32] da aks ettirilgan boshqa kamchiligi ehtimollik haqidagi sub'yektiv axborotlarning matematik tadqiqotlarga muvofiqligi masalasi muhokama etilmaydi va oldindan muvofiq taqsimlanishga ega deb hisoblanadi. Biroq, ishonchlilikni qiyoslash masalasi juda muhim masala bo'lib qolmoqda. Bu masala jihatlarining keng ko'rib chiqilishi [55] da keltirilgan.
«Elegant» modellami qurish paradigmasi, qaror qabul qilishning nomukammal xarakteri va QQQSh qabul qilishi uchun relevant axborotlarga mos kelmaydi. Haqiqatan, hatto eng ilg'or foydalilik modellari ham xulqiy hodisalarga asoslangan bo'lib, soda sharoitlardagi fikrlash tajribalari vaqtida kuzatilmaydi. Biroq, David Shmaydler shuni tasdiqlaydi: “Real hayot - bu sharlar va urnalar emas».
Iqtisodivot - bu inson-sentrik bo'igan tizim. Bu qaror qabul qilishning yangi modellari binar mantiq va ehtimollar nazariyasiga emas, balki inson-sentrik hisoblash yondashuvga asoslanishi kerakligini bildiradi. Bizning fikrimizcha bunday masalalarni yechishda ishlatiladigan til tabiiy til [58], shuningdek vizual geometric til [59] yoki geometrik tavsiflash tili hisoblanadi. Yangi nazariya QQQSh xulqi va qaror qabul qilish muhiti haqidagi axborotlarni qabul qilishga asoslangan umumiy va monand qarashlarni birlashtirishga tayanadi.
Biz QQQSh ning xulqiga asoslanib, qarorlarni xulqiy qabul qilish nazariyasini ko'rib chiqamiz. Biz har biri QQQSh ning biror prinsipial xulqini aks ettiruvchi holatlar to'plami yordamida uning xulqini modellashtiramiz.
Real dunyoda relevant axborot tashuvchisi. Birinchi navbatda, QQQShning qabul qilish qobiliyati hisoblansa, axborotning o'zi esa tabiiy til orqali yoki vizual belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yerda qaror qabul qilish muhiti va QQQSh xulqi haqidagi axborotlar mukammal bo'lmagan sharoitlarda qaror qabul qilishga bo'igan yangi yondashuvlarni taklif etmoqdamiz. Taklif etilgan yondashuvlar, noaniq to'plamlar nazariyasini [58,66] sintezlashdan, axborotlarni qabul qilish va ehtimolliklar nazariyasiga asoslangan ishlov berish va tavsiflash uchun matematik asbob sifatida foydalanadi.
Inson xulqidagi psixologik holatlar va og'ishlar ustida olib borilgan ishlar bir necha o'n yillarga cho'zilib ketdi. 1970-yillarda Nobel mukofoti sovrindori Deniel Kaneman (Daniel Kahneman) va Eymos Tverski (Amos Tversky) lar bu ishlarning ro'yxatini to'ldirishdi va tizimlashtirib, yangi akademik fan - xulqiy moliya nazariyasiga asos solishdi. Mualliflar iqtisodchilar oldiga ideal jarayonlarga emas, tanlash jarayonida insonlar tomonidan ishlatiladigan reallikka asoslanish masalasini qo'yishdi. Ular tomonidan berilgan savollar orasida "Samarali bozorlar nazariyasi” va “ratsional model” talablariga javob beradigan holatdagi miya topiladimi?” degan savol yetakchi ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotchilar bu qimmatli savolni, inson xulqi quriladigan qator standart noratsional afzalliklar va moyilliklarni yagona imkoniyatlar nazariyasiga (Prospect Theory) [60,61,63] keltirishgandan so'ng berishdi.
Uni ko'rib chiqishdan oldin, zamonaviy iqtisodiy fanlarning asosida yotgan, fon Neyman va Morgenshtern tomonidan ishlab chiqilgan kutilgan foydalilik nazariyasi (Expected Utility Theory) ning asosiy qoidalarini tahlil qilib chiqishga to'g'ri keladi. Kaneman va Tverskilar o‘zlarining nazariyalarini bayon etishda inson xulqidagi anomaliyalarni demonstratsiya qilishadi.
Kutilgan foydaliliklar nazariyasida xavf tushunchasiga nisbatan qaror qabul qilish imkoniyatlar (prospect) orasidan tanlashga asoslanadi.
Kutilgan foydaliliklar nazariyasi quyidagi asosiy uch tamoyillarga asoslanib. imkoniyatlar orasidan tanlaydi:
1. Kutish: U(xv p{;...-,xn,p „} = p{x v a (x) + ... + p„}x va (x„), bunda U foydalilikni (utility) bildiradi. Bunda berilgan imkoniyatlarning umumiy foydaliligi mumkin bo‘ lgan natijalarning kutilgan foydalilari yig'indisidan tashkil topadi.
2. Faollarni integratsiyalash: agar U(w+X],r{;...;w+ +x„,r)>w{\v) bo‘ lsa, foydalilik darajasi (x/, x,„ /•„) bo'lgan faolga faol ir ni qo'shishi mumkin. Shunday qilib, agar yig'indi variantning foydaliligi joriy faolnikidan ortiq bo'lsa. mavjud faolga yana yangi faol qo'shiladi. Bundan quyidagi muhim xulosa kelib chiqadi: ikki elementni qo'shishning mutloq natijasi muhim, mumkin bo'lgan o'zgarishlar (yo'qotish yoki zarar) emas.
3. Insonlarni xavfga qaytarish. samaradorlik mezonini egilish funksiyasiga aylantirish. Xavfga qaytish qobiliyati insonlarning eng yaxshi umumlashtiruvchi afzallikdir.
Kutilgan foydalilikning bu xulosasi, portfelni boshqarishning zamonaviy nazariyasini asosiy tamoyiliga o'zgartirilgan bo'lib, unda katta xavf evaziga ko'proq foyda olish aks ettiri ladi.
Kutilgan foydalilik nazariyasi va imkoniyatlar nazariyasiniyaratish bo'yicha maqola nashr etilgandan bir yildan ko'proq vaqt o'tib, inson xulqining ratsionalligini inkor etuvchi ko'pgina kuzatishnatijalari to'planib qoldi. Kaneman va Tverskilar ratsionallikni inkor etuvchi bir qancha anomaliyalarga e’tiborlarini qaratishdi. Quyida ulardan ba'zilarini ko'rib o'tamiz.
Ulardan biri savolni qo'yishning samarasi (framing) dan tashkil topib. u natijalarni ba'zi neytral natijalar bilan solishtirgandan so'ng ijobiy yoki salbiy ekanligi aniqlanishidan iborat. Savolni to'g'ri qo'yilishini muhimligini quyidagi latifa aks ettiradi. Yosh ruhoniy bosh ruhoniyga murojaat qildi: ibodat vaqtida cheksa bo'ladimi? «Albatta, yo 'q», - javob berdi bosh ruhoniy. Qo'shni rutbada turgan ruhoniy buni eshitib muammoni bartaraf etmoqchi bo'ldi va u bosh ruhoniy oldiga kelib so'radi: «Avliyo ota, men chekish vaqtida ibodat qilsam boMadimi?». Kaneman va Tverskilar savolni qo'yilish samarasini, qator tajribalar asosida aks ettirishgan.
Demak, qanashchilardan birining oldiga ikki variantdan birini tanlash imkoniyati turibdi: a) 600 kishidan 200 kishini qattiq kasallikdan tirik qolishi kafolatlangan; b) uchdan bir ehtimollik bilan barcha tirik qolishi mumkin, ammo uchdan ikki ehtimollik bilan hamma o'lishi mumkin. So'rov o‘tkazilganlarning 72 % birinchi varaintni tanlashdi, lekin uning ehtimolligi ikkinchi variant ehtimolligidan kichik edi.
Aniqlanganlikka bo'igan moyillik samarasi (certainty bias) insonlarning turli vaziyatlarda qaror qabul qilishida nimani afzal bilish lar ini o'zgacha aks ettiradi. Ko'zguli aks ettirish samarasini aks ettirgan holda nimani afzal bilish holati teskari holatga o‘zgarishi mumkin, masalan, yutish vaqtidagi xavfga bo'igan salbiy munosabat. yutqazish vaqtida ijobiy munosabatga o'zgaradi.

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling