Referat I mavzu : Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning komponentlari


Asosiy qism Pedagogik kompetentlik tushunchasi haqida


Download 32.7 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi32.7 Kb.
#1589078
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning komponentlari

Asosiy qism

  1. Pedagogik kompetentlik tushunchasi haqida.

Bugungi kunda har bir zamonaviy pedagogning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi har tomonlama yetuk komil insonni voyaga yetkazish hisoblanadi. Bu maqsad yo’lida har bir pedagog o’z ustida astoydil ishlamoqda. Bugungi kunda pedagoglarimizni bilim salohiyatini va faoliyatini rivojlantirishda pedagogik kompetentlik yordam beradi.

Hozirgi zamonaviy pedagogikamizda pedagogik kompetentli o’qituvchilik faoliyatini sifatli va samarali tashkil etilishini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi. Bugungi kunda o’qituvchining kompetentligi qaysi mezonlar bilan belgilanishini o’rganish muhim bo’lmoqda .
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo’ymoqda. 2017 – 2021 - yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida ‘’yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy - pedagogic kadrlar zaxirasini barpo etish’’ vazifasi belgilandi. Shu o’rinda savol tug’iladi – ‘’Kompetentli pedagog’’ kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan ‘’kompetentlik’’ va ‘’kompetensiya’’ tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhim hisoblanadi.
Har bir o’qituvchi ham ‘’kompetentlik’’ tushunchasi nimani anglatishini va bu tushuncha ‘’kompetensiya’’ tushunchasidan qanday farq qilishini bilavermaydi. ‘’Kompetentlik’’ tushunchasi pedagogning ma’lumoti, bilimi, ko’nikmasi, qobilyati, salohiyati va ish tajribasini o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib tushintirsak, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, bu ikki atama bir-biriga o’xshash hisoblanadi, bir-biriga yaqin ma’nolarni anglatadi. ‘’Kompetensiya’’ bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini bildirsa, kompetentlik – esa bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish ya’ni amalda qo’llash ma’nolarini anglatadi.
Kompentensiya - o’rganilgan va mavjud ma’lumot, bilim, ko‘nikmalarni tanish hamda notanish vaziyatlarda qo’llay olish qobilyati hisoblanadi. Kompetentlik kompentensiya tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanib, ta’lim – tarbiya beruvchining ma’lumoti, bilim, mahorati, ko’nikmasi, qobilyati, salohiyati, mehnat faoliyati va ish tajribasini o’z ichiga oladi. Kompetentlik jarayonida mavjud bilimlarni amalda qo’llab ko’rsatib berish jarayoni kompentensiya deb aytsak ham bo’laveradi.
Shu o’rinda yana bir ma’lumot kompetentlik tushunchasi professionallik tushunchasi bilan yonma-yon tushuncha bo’lib bir qarashda bir-biriga o’xshashdek bir-ikkinchisini to’ldirayotgandek bo’lib tuyuladi. Lekin yaxshilab e’tibor berib qaralganda bu ikkala so’z bir- biridan tubdan farq qiladi. Professionallik deganda mavjud bilimlardan tashqari, balki mehnatga, kasbga bo’lgan munosabat, ishning o’ziga xos tomonlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar tezda seziladi, chunki professional o’qituvchi o’z bilim, ko’nikma va malakalarini doimo rivojlantirishga harakat qiladi, aniq maqsad va natijalarga erishishga harakat qiladi. Ishchan qadriyatlarni ishlab chiqaradi va ular ko’p hollarda ish jarayonining talablariga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab tushuncha hisoblanadi. Chunki kompetentlik nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni amalda qo’llay olish qobilyatini ham taqazo etadi. Kompetentlikni faqat keng qamrovli baholash va kuzatish jarayonida aniqlash mumkin.

Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatga ega. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki hamisha ham belgilangan talablar va standartlarga to’liq mos keladigan mutaxassislar ham haqiqiy professionallar bo’lavermaydi, chunki hamma mutaxassislar ham o’z bilim va ko’nikmalarini amalda qanday to’g’ri qo’llashni bilishmaydi. Shuning uchun ko’p hollarda bunday pedagogik jarayon va faoliyat samarasiz bo’lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompentensiyalarni bir necha turlarga ajratish mumkin. Ularninng har birini alohida quyidagicha turlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-Maxsus pedagogik kompentesiya – pedagogik faoliyatni kerakli darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lish hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim-tarbiya beruvchining o’z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o’z rivojlanishini belgilash qobilyatini ham o’z ichiga oladi.
-Ijtimoiy pedagogik kompentensiya – ijtimoiy maqom darajasi o’qituvchining hamkasblari bilan munosabatlarini samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish va shu jarayonni olib borish qobilyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko’nikmalari , pedagogik madaniyat va faoliyat natijalari uchun javobgarlik – bularning hammasi ijtimoiy pedagogik kompentensiyaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
-Shaxsiy pedagogik kompentensiya- bu pedagogik jarayonni to’g’ri tashkil etish qobilyati bo’lib, vaqtni tog’ri taqsimlay olish, o’z-o’zini rivojlantirishga intilish uning eng asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shaxsiy pedagogki kompentensiyaning yuqori darajasiga ega bo’lgan hodimlar charchashga kamroq moyil bo’ladilar.
Vaqt bosimida ishlarini va vaqtlarini to’g’ri taqsimlab ishlashga qodir bo’ladilar. Kompentensiyaning har bir turi ko’nikmalar, bilimlar, malakalar, ko’nikmalar to’plamini o’z ichiga oladi. Har bir pedagogda ular turli darajadalarda, ko’rinishda va turli holatlarda namoyon bo’ladi. Har bir pedagogning xizmat vazifalarini bajarishida uning hatti-harakatlari ko’rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompentensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin bo’ladi.
Shu o’rinda quyidagicha savol berish o’rinli hisoblanadi. Kompetentlik qanday shakllanadi? O’qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta’lim hisoblanadi. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko’nikmalarni boshlang’ich kompentensiya darajasini to’ldiradi. Ilmiy hodimlarning qarashlari va ilmiy izlanishlariga ko’ra bularning barchasini quyidagicha formula shaklida taqdim etishimiz mumkin.
KOMPETENTLIK=BILAMAN+QILA OLAMAN+ISTAYMAN+MEN QILAMAN.
Kasbiy kompentensiyani shakllantirish va rivojlantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Bu bosqichlarni quyidagicha taqdim etish mumkin:
1.Maxsus ma’lumot olish.
2. Amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
3. Malaka oshirish, maxsus kurslar va treninglarda ishtirok etish.
4. Kasbiy tajribaga ega bo’lish.
5. O’z sohasida yuksak natijalarga va albatta professionallikka erishish.
6. Tajriba almashish va to’plash, yangi ma’lumot, bilim va ko’nikmlarni egallash bilan pedagogning kompotentligi rivojlanadi va albatta mustahkamlanadi
Jarayonning ijobiy natijalari ko’p jihatdan pedagogning shaxsiy sifatlariga bog’liqdir. Pedagogning samarali faoliyatini qanday qilib tez va mustaqil ravishda tekshirish mumkin? Bu jarayonni qanday baholash mumkin? Pedagoglarning kompetentligini baholash quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’lgan tizimdir:
Pedagoglarning malaka darajasi - baholash uchun etalonga mos mezonlar ishlatiladi;
Mehnat unumdorligi va ish sifati;
Shaxsiy xususiyatlarni ta’lim yo’nalishiga mosligi va muvofiqligi;
Qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar mavjudligi;
Pedagogning shaxsiy o’sishi va kasbiy rivojlanishga bo’lgan istagi;
Pedagoglarning kompetentligini baholashda xatti-hrakatlarning ko’rsatkichlariga asoslanib ish tutish samarali hisoblanadi. Aynan shu narsa kompentensiya va kompetentlik tushunchalari orasidagi farqlar nimani anglatishini aniq va to’liq ko’rsatib beradi. Hodimlarning malakasini baholash muntazam, mustaqil, maqsadli, shaffof, aniq mezonlarga ega bo’lishi zarur.
Kompetentlik nima ekanligini tushungandan so’ng uning darajalarini aniqlash qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Kompotentlik modelini yaratish bo’yicha quyidagi ketma-ketlikni taklif etishimiz mumkin.


    1. Download 32.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling