Viruslarga qarshi chora-tadbirlar
Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan saklash va axborotlarni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish;
- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida saqlash.
Kompyuter viruslariga karshi kurashning quyidagi turlari mavjud:
- viruslar kompyuterga kirib buzgan fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;
- kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;
- disklarni yozishdan ximoyalash;
- litsenzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni qo‘llamaslik;
- kompyuterga kiritalayotgan dasturlarning viruslarning mavjudligini tekshirish;
- antivirus dasturlaridan keng foydalanish;
- davriy ravishda kompyuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.
Antivirus dasturlaridan DrWeb, Adinf, AVP, VootCHK va Norton Antivirus, Kaspersky Security kabilar keng foylalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G‘ulomov S.S., Shermuxammedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. - T.: O‘zbekiston, 1999.
2.Informatika. Ma’ruzalar matni.-T.: TDTU,2000.
3.Informatika. Ma’ruzalar matni.-F.: FarPI,2007.
4.Maraximov A.R., Raxmonqulova S.I. Internet va undan foydalanish.- T.: Sharq,2001.
5. D.A.Xalilov va boshqalar. Kompyuterda ishlashni o‘rganish (laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy qo‘llanma). Qo‘llanma. - FarPI, 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |