Referat I topshirdi: Yо‘ldoshev O


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1585668
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
wifujed



 
 
 
 
 
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
Qarshi davlat universiteti 
Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi
 
 
Физика мatematika fakulteti “Informatika” yunalishi
2 kurs 013-47 gurux talabasi Jabborova Yulduzhonning Jismoniy tarbiya
fanidan 
«VOLEYBOL О‘YININING TEXNIKASI VA TAKTIKASINI О‘RGATISH»
mavzusida yozgan 
 
 
 
 
 
R E F E R A T I 
 
 
 
 
 
 
 
Topshirdi: _______________Yо‘ldoshev O
Qabul qildi: _____________k.o‘qit. А.Jabborov
 
Qarshi - 2014 yil. 
 
 



 
VOLEYBOL О‘YININING TEXNIKASI VA TAKTIKASINI О‘RGATISH 
 
Reja:
 
1. Jismoniy tarbiya tizimida voleybol о‘yining tutgan о‘rni 
2. Voleybol о‘yini texnikasini о‘rgatishda harakatli о‘yinlardan
foydalanish
3. Voleybolchining tezkorligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1.Jismoniy tarbiya tizimida voleybol о‘yining tutgan о‘rni 
Voleybol о‘yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham 
ximoyada ham shax turish va siljish, tо‘pni uzatish va qabul qilib olish, tо‘pni bir 
yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо‘pning yо‘lini tо‘sish kabilar mavjud. 
О‘yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о‘yini davomida о‘yinchi maydon 
bо‘ylab xarakatda bо‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо‘pni qabul qilib 
olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.
О‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga 
doim tayyor bо‘lib turishidir. О‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar 
yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga 
egilgan bо‘ladi. Qо‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо‘lishi 
kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о‘yining borishiga qarab о‘zgarib turadi. 
Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо‘lsa, о‘yincha ancha egiladi, otayotganda 
tо‘g‘rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bо‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, 
orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib 
(maydon bо‘ylab tez siljish va yо‘nalishini birdan о‘zgartirib) yurishi mumkin. 
Oxirgi yugirish qadami uzun bо‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, 
yо‘nalishini о‘zgartirish mumkin. 
Tо‘pni uzatish. Bu – о‘yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib 
tomoniga uzatilgan tо‘pni о‘zaro о‘tkazish usuli bо‘lib hisoblanadi. Bundan 
tashqari, tо‘pni oldinga, yuqoriga va orqaga о‘tkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bо‘ylab uzun qо‘lni 
maydonga qisqa va о‘z maydoniga о‘ta qisqa uzatishlar ham qо‘llaniladi. Tо‘pni 
uzatish balandligiga qarab past (tо‘rdan 1 mert yuqori), о‘rta (2 metrgacha), va 
undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga kо‘ra yaqin (0,5 mertdan kam) va 
uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bо‘linadi. 
Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul 
hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. 



О‘yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qо‘llarini oldinga chiqarib 
kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.
Tо‘p yaqinlashganda oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi. Qо‘llar 
chuziladi va tо‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qо‘l gavda va oyoq harakatlari 
о‘zaro muvofiqlanadi. Bu esa tо‘pni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bо‘lib, unda tо‘p ikki qо‘llab 
yuqoridan, bir qо‘llab yuqoridan, ikki qо‘llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu 
usullar о‘yinda kamroq qо‘llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi tо‘pni tez 
va aniq uzatishini hamda yо‘nalishi bо‘yicha zarb berishni urganishi zarur. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling