Referat I topshirdi: Yо‘ldoshev O


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1585668
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
wifujed

Holatlar. Voleybol о‘yinida о‘yinchilar tо‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu о‘yin sharoitida о‘yinchi tо‘p bilan о‘ynashi 
uchun yuqori tayyorgarlik kо‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini 
bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak. 
Hujum zarbasini berish va tо‘siq qо‘yishda – baland (1 a-rasm), о‘yinga 
kiritilgan tо‘pni qabul qilishda – о‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki tо‘siqdan 
pastlab qaytgan tо‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda 
UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga 
bog‘liq bо‘ladi. Shuni ham ta’kidlash о‘rinliki, о‘yinchining bо‘yi va uning 
koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham 
samarali turish holati shunday bо‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch 
chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat kо‘rsatish imkoniyatini bera 
olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qо‘llani-lish xususiyatiga qarab statik 
(о‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga 
о‘tkazish bilan tо‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki tо‘siq qо‘yishni 
kutishda) holatlarda bо‘ladi. Bu turish holatlarida qо‘llar bel barobarida, barmoqlar 
kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Gavda erkin holatda 
bо‘lishi kerak. 
Harakatlanish. О‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon 
bо‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va о‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam 
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli 


14 
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar 
birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bо‘ladi. Yon tomonga 
qadamlashdan kо‘p hollarda katta bо‘lmagan masofani bosib о‘tish bilan tо‘siq 
qо‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki tо‘siqdan о‘z yо‘nalishini о‘zgartirib 
qaytgan tо‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat 
yо‘nalishiga yaqin bо‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan 
bо‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qо‘llaniladi. 
Kо‘rib chiqilgan harakatlardan kо‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling