Referat Insoniyatning global muammolari Reja: Global muammolar tasnifi. Tinchlik va qurolsizlanish muammosi


Issiqxona samarasi va global ishish


Download 21.67 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi21.67 Kb.
#1840340
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Insoniyatning global muammolari referat-fayllar.org

Issiqxona samarasi va global ishish. ―Issiqxona samarasi‖3 tushunchasi ko’pchilikka yaxshi tanish. Ma’lumki, atmosferadagi karbonat angidrid gazi quyosh nurini o’tkazadi, lekin issiqlikni ushlab qolish xususiyatiga ega. Uning miqdori esa sanoat korxonalari, energiya manbalari, transport vositalaridan havoga ko’tarilib, ortib bormoqda. Demak, iqlim ham yildanyilga isib boradi. Olimlar bashoratiga ko’ra, 2020-yilga borib, harorat odatdagidan 2,5ºC, 2050-yilga borib, 4ºC ga ortadi.
Geograflar sanoatlashuvning yoyilishi hamda iste’mol va ifloslanishning ortishi o’rtacha global temperaturaning ortishiga sabab bo’layotganligidan xavotir olishmoqda.
1. Issiqxona samarasiga atmosferda yerning haroratini ortishiga olib keladigan, radiatsiyani issiqlikka aylantiradigan bug’ni hosil qiladigan karbonat
(II) oksidi va metan gazi kabi sanoat chiqindilari sabab bo’lmoqda.
2. Global ishish nazariyasi yer haroratining ortishi, qutb muzliklarining tezlik bilan erib ketishi va natijada dengiz sathining ko’tarilishiga sabab bo’ladigan salbiy oqibatlarga olib keladi4.
O’zbekiston Respublikasi ―Rio deklaratsiyasi‖ni ratifikatsiya qildi. O’zbekiston Iqlimning o’zgarishi to’g’risidagi Konvensiya va Biologik xilmaxillik to’g’risidagi Konvensiyalarga qo’shildi. 1998-yili Barqaror rivojlanish Konsepsiyasi tayyorlandi. 1999-yili Barqaror rivojlanishning Milliy strategiyasi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanishni ta’minlash ustuvor masalaga aylandi.
Xullas, atrof-muhitning buzilish darajasining ortib borayotganligi tabiatdagi barcha mavjudotlar, jumladan inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli tabiatni muhofaza qilish ishlari keyingi paytlarda yanada ommaviy tus olmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlarda davlat tomonidan ekologik siyosat yuritilayotganligi ham sir emas. Shuningdek, bu borada qator qonunlar (tabiatni muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun 1273-yilda Angliya qiroli Eduard I tomonidan chiqarilgan edi) qabul qilindi, jarimalar tizimi ishlab chiqildi, tabiatni muhofaza qilish davlat idoralari tashkil etildi. Chunonchi, shu xususdagi ishlar doimiy ravishda BMTning atrof-muhit bo’yicha maxsus tashkiloti YUNEP (Keniya, Nayrobi) tomonidan nazorat etib boriladi.
Demografik muammo global muammolarning eng muhimi hisobla-nadi.
Ushbu muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori darajada tug’ilish va tabiy ko’payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug’ilish va tabiiy ko’payish bilan bog’langan. Buning oqibatida birinchi guruh mamlakatlarda aholi va mehnat resurslari soni tez o’smoqda, ikkinchi guruh mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur’atlari o’smoqda, ular murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi vaqtda energetika va xomashyo muammosi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng dolzarb muammolardan biridir. Mazkur muammolarning kun tartibiga birinchi bor chiqishi XX asrning 70-yillarida qayd etildi. 1973-1988 va 2007-yillarda yuz bergan energetika inqirozi va uning oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda. Energetik inqiroz va undan keyin chuqurlashgan xomashyo muammosi yoqilg’i va xomashyoga bo’lgan talab va taklif nisbati bilangina belgilanmasdan, balki ularni qazib olish sharoitlari, dastavval, kon-geologik sharoitlarning murakkablashuvi hamda xomashyo qazib olinayotgan hududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham bog’liqdir.
Global oziq-ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarning boshiga tushuvchi eng katta kulfat-lardan biri bo’lgan.
Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo’ladi. Birinchi shaklda ocharchilik surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning sog’lig’i yomonlashadi, tinkasi quriydi va har xil kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchayadi. Ocharchilikning bu shakli
―to’yib ovqat yemaslik‖ deb ham ataladi. Ikkinchi shaklida ma’lum bir vaqtda yer yuzasining ma’lum bir hududida qurg’oqchilik va boshqa sabab bilan bog’liq bo’lgan ocharchilik oqibatida millionlab, o’n millionlab insonlar halok bo’ladi.
FAO (Xalqaro oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkiloti), Xalqaro sog’liqni saqlash va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlariga ko’ra, insonning bir kunlik oziq-ovqat meyori 2400-2500 kkal.dan past bo’lmasligi lozim. Ba’zi bir mualliflar ushbu ko’rsatkich 2700-2800 kkal.ga teng bo’lishi lozim deb hisoblamoqdalar. Shu bilan birga, mazkur ko’rsatkich insonlarning yoshi, jinsi, mehnat faoliyati, kasbkori, tabiiy-iqlimiy sharoitlari bilan aloqador tarzda o’zgarishi mumkin. ―Ovqatni to’yib yemaslik‖ holati yuqoridagi norma 1800 kkal.dan pastga tushganda sezila boshlaydi, ocharchilik esa ushbu ko’rsatkich 1000 kkal.dan kam bo’lganda kuzatiladi.
FAO ning ma’lumotiga ko’ra, Yer yuzidagi jami aholining 35 foizi to’yib ovqatlangan, 15 foizi zaruriy miqdordagi kaloriyalarni qabul qilgan, lekin ular oqsilni yetarli darajada iste’mol qilmagan. Aholining 20 foizini oqsilga bo’lgan talabi qondirilmagan, 30 foizi surunkasi ovqatni to’yib yemagan yoki och qolgan. Hozirgi vaqtda ocharchilik 700-800 mln kishini qamrab olgan. 1,2-1,5 mln. kishi esa to’yib ovqat yemayapti. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikdan yiliga
13 mln.dan 18 mln. gacha kishi vafot etmoqda, shularning ¾ qismini bolalar tashkil etmoqda.
Shu o’rinda aytish lozimki, jahonning ko’pgina mamlakatlari aholisi yashash tarzining og’irligi, to’yib ovqat iste’mol qilmasligi, shuningdek, tabiiy shartsharoitlarining o’ta noqulayligi ular orasida turli xastaliklarning ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Chunonchi, Somali, Chad, Niger, Gayana, Surinam kabi Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shu tufayli jahon aholisi orasida ochlik va kasallanish darajasining asosiy qismi ana shu davlatlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




  1. Download 21.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling