Referat ishi Tayyorlagan: Qabullagan: uglerod oksidlarini organic sintezda foydalanish joba


Uglevodorodlarni oksidlanish-ammonoliz usuli


Download 68.44 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi68.44 Kb.
#1496387
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat

Uglevodorodlarni oksidlanish-ammonoliz usuli. Uglevodorodlar ammiak bilan yuqori temperaturada o'zaro birikishi natijasida nitrillar hosil qiladi:
RCH3 + NH3 RCN + 3H2.
Undan tashqari nitriIlar aldegidlar va ammiakdan oraliq iminlar degidrirlanish bosqichi orqali ham hosil bo'ladi.
RCHO + NH3 RCH = NH RCN.
Ikkala usullami oksidlanish usuli bilan birlashtirish natijasida uglevodorodlarni oksidlanish-ammonoliz usuli paydo bo'ldi.
RCH3 + NH3 + 1,5O2 RCN + 3H2O.
30-yillarda bu usul Andrus tomonidan metanda birinchi marta sinab ko'rilgan, 50-60-yillarda olefinlar va metil benzoHarga tarqaldi.
Akrilonitrilni olishning zamonaviy usullaridan biri propilenni oksidlash-ammonoliz usuli hisoblanadi.
CH2=CH CH3 + NH3 + 1,5O2 CH2=CH CN + 3H2O
Reaksiya gaz fazasida 400-470 oC vismut molibden yoki surma oksidi ishtirokida sodir bo'ladi. Asosiy reaksiyadan tashqari bir qator oraliq reaksiyalar natijasida atsetonitril, akrolein, uglerod to'rt oksidi va vodorodsioksid HCN hosil bo'ladi.
Propilenni oksidli ammonoliz usulini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:


Demak, aralashmadagi barcha komponentlarni oksidlanish hisobiga uglerod to'It oksidi hosil bo'ladi. Propilen va aldegidlardan farqli ravishda nitrillami oksidlanish reaksiya sharoitida uncha katta bo'lmagan tezlik sodir bo'ladi, shu sababli, selektivlik konversiya darajasi bilan uncha bog'liq bo'lmaydi.


Oksidlash havo ishtirokida reagentlar hajmi propilen: ammiak: kislorod -1:1,1:2,0 nisbatda sodir bo'ladi. Ammiakni ortiqcha miqdorda olinishi akrilonitril chiqimni ko'paytiradi va akrolein hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Akrolein oraliq mahsulot bo'lib, reaksiya sharoitida u polimerlanishi va texnologik jarayonga xalaqit berishi mumkin.
Propilenni oksidlash-ammonoliz usuli bilan akrilonitril olish texnologiyasi bilan tanishamiz (54-rasm).
Suyuq ammiak va propilen (yoki propilen fraksiyasi) 7 va 2-apparallarda bug'lantiriladi va qaynovchi qatlam katalizatorli 3-reaktoming pastki qismiga yuboriladi. U yerga havo ham yuboriladi. Rekt;xdan chiqayotgan reaksiya gazlari 4-issiqlik almashtirgichga so'ngra 5-absorberga keladi. Bu yerda ammoniy sulfat va sulfat kislota eritmasi bilan gazlar ammiakdan tozalanadi va 6-absorberga yuboriladi, akrilonitril, vodorod sianid va atsetonitrillami yutilishi uchun. Chiqayotgan gazlami tarkibiga qarab pechda yondriladi yoki atmosferaga chiqariladi. 6-absorberdagi suvli eritma 7-kolonnaga keladi, u yerda 70-75% akrilonitri 12-15% vodorodsianid, 1-3% atsetonitril, 5-7% suvdan iborat eritma haydaladi va suvdan ajratiladi.



Download 68.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling