Referat ishining maqsadi


Referat ishining vazifalari


Download 260.67 Kb.
bet2/6
Sana20.10.2023
Hajmi260.67 Kb.
#1711132
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Davlatning iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosati va unin-fayllar.org

Referat ishining vazifalari. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati va uni tartibga solish va bajaradigan funktsiyalari vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti tartibga solish va monopoliyani tartibga solish to’g’risida Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.
Referet ishining ob’ekti. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa
1.Bob.Davlatning iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosati va uning asosiy yоnalishlari, usullari
1.1. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi .
Monopoliya – моnоpоl yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar) ning birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi.
Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat:
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra:
* sof monopoliya;
* oligopoliya;
* monopoliya.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi
* tabiiy monopoliya;
* legal monopoliya;
* sun‘iy monopoliya.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud.
Ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi:
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi .
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2. daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3. iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4. iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi.
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi1. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi .
Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 apr; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
Kapitalning to’planishi - bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajminish oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish kuvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi — bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko’ra ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston xavo yo’llari» MAK, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada xukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko’plab mebelь, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda tsement (asosan Bekobod, Quvasoy, Oxangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shaxri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkaxukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopolilar bo’linadi.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo’lmaydigan elementlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o’ziga xos texnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri keluvchi xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi, hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;
2) mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabelь orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulot larini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;
3) tovar belgilari - bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o’zgartiradi, ya’ni- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l ko’ymaslik uchun turli to’siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini takiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
- o’z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartel - bitta sanoat tarmog’idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saklab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o’zida saqlanib kolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi.
Konsortsium - tadbirkorlarning yirik Moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar ko’yish).
Kontsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich rav2ishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan Moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan.



Download 260.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling