Referat m avzu: Kashtado`zlik Bajardi: Foziljonova Sarvinoz O`qituvchi


Bu yil O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi


Download 1.36 Mb.
bet5/7
Sana05.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1749738
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
REFERAT

Bu yil O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi.


 Ushbu sana munosabati bilan Koreyaning Kemyon universiteti Ipak Yo‘li va Markaziy Osiyo markazi tomonidan Navro‘z va O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan seminar hamda festival o‘tkazildi. 
Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov ishtirok etdi. Unda keyingi yillarda san’at rivoji yo‘lidagi ezgu ishlar xususida batafsil so‘z yuritildi. Jumladan,keyingi yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xalqaro miqyosda o‘z salohiyatini oshirish va o‘zaro ijodiy muloqotni kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Koreya Respublikasining Kemyon universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari buning amaldagi ifodasidir. 
Janubiy Koreyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi Tegu shahrida joylashgan, 1899 yilda asos solingan Kemyon universitetida 18 ta, jumladan, rassomlik fakulteti ham bor. 
K emyon – dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 

Kemyon universiteti prezidenti Sin Il Xi 2018 yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy xorijiy a’zoligiga qabul qilingani ham aloqalar yanada mustahkamlanayotganiga ishoradir. 
– Bu yil O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi,– dedi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov. – Shu bilan birga O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat etayotganiga 85 yil to‘ldi. 1937 yili taqdir taqozosi bilan olis hududlardan yurtimizga kelib qolgan koreys millati vakillarini o‘zbek xalqi juda iliq kutib oldi. Turli millat vakillari kabi koreys diasporasi ham bugungi kunda O‘zbekistonda o‘z o‘rnini topgan fuqarolardandir. Bugun ular o‘zbek-koreys munosabatlari rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bunday uchrashuvlar ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Samimiy o‘tgan tadbirlar davomida Amir Temurning boy ma’naviy merosi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlarining rassomlar ijodiga ta’siri, o‘z ijod yo‘li xususida ham batafsil izoh berdi. O‘zbekistonda milliy tasviriy san’atga bo‘lgan e’tibor, bu borada xalqaro aloqalarni rivojlantirishga oid ishlar koreyalik ziyolilar, talaba yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuriddinov ikki mamlakat ijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni, badiiy ta’limdagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyati uchun Kyomen universitetining faxriy doktorlik darajasiga sazovor bo‘ldi.



Akmal Nuriddinov – SHHTning yaxshi niyatli elchisi



O‘zbekiston Badiiy akademiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovni SHHTning mamlakatimizdagi yaxshi niyatli elchisi etib tayinlandi. SHHT Bosh kotibi Chjan Min unga tegishli guvohnomani topshirdi.


Tadbirda SHHTga a’zo davlatlarning elchilari, doimiy vakillari, Xitoy davlat idoralari vakillari, Kotibiyat rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
“SHHTning yaxshi niyatli elchisi” faxriy unvonini joriy etish tashabbusi 2021 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi. 2022 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo-davlatlar rahbarlari kengashining majlisi doirasida SHHTning yaxshi niyatli elchisi faoliyatining asosiy vakolatlari, funksional vazifalari va moliyaviy qoidalari belgilangan tegishli nizom tasdiqlandi.
Kuni kecha o‘zbek tasviriy san’ati ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti -TURKSOYning oltin medali bilan taqdirlanganini qayd etish joiz.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling