"Avesto" dagi pedagogik qarashlar Annatatsiya
Download 17.18 Kb.
|
Dilafruz
“Avesto” dagi pedagogik qarashlar Annatatsiya . Kalit so’zlar. “Avesto” zardushtiylik dinining asosiy kitobidir. Uning yaratilishi vatani- Markaziy Osiyo . Shu sababli bu kitob markaziy osiyo xalqlarining muqaddas yodgorligidir.Avesto o’z davrining tarixi , fani, madaniyati , urf- odatlari , adabiyoti , iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risidan habar beruvchi yagona kitob hisoblanadi. Avesto o’zi eramizdan avvalgi VII asrning oxiri VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli deb qaraladi . Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axmoniylar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidga saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan. Hozir fanda ma’lum bo`lgan Avesto milodiy VIasrda Sosoniylar shohi Husrav I Anushirvondavri(531-579)da yozib olingangan. VII asrda arablar Sosoniylarni mag`lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga o`tib ketgan. Ularning avlodalari hozirgi Avestoninh asl nusxasini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan Avesto 27 jilddan iborat bo`lib, ular asarning yettidan bir qismi xolos. Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki, unda ilk falsafiy ta’limotlar bilan ya`ni olam ikki qarama-qarshi kuch, yorug`lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to`xtovsiz kurashidan ibort. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda yer, o`simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to`xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchalr osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar esa yer ostida joylashgan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayotdagi turli o`zgarishlar qaysi kuchning g`alaba qilishiga bog`liq. Inson ham tana va ruhninh, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o`zaro kurashidan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodsini topgan. “Avesto “da ta’kidlanishich , dunyo ezgulik (yaxshilik ) va yovuzlik ( yomonlik ) asosiga qurilgan «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. Download 17.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling