Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. Sharq mutafakkirlari xоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasi


Download 29.1 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi29.1 Kb.
#247325
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat matni, uning tuzilishi va ifoda mater

Yozma nutqni rivojlantirish:

Ixtisoslik sohasi, ahamiyati to’g’risida ilmiy uslubdagi ma’lumotnoma matnini

tayyorlash. Fan rivojiga salmoqli hissa qo’shgan olimlar haqida referat tayyorlash.

GRAMMATIKA: Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining

xususiyatlari.

Rеfеrаt – badiiy yoki ilmiy manba asosida tayyorlangan, ma’lum bir mavzu

yuzasidan ma’lumot beruvchi qo‘llanma ma’nosida kelsa, ikkinchisi – aniq bir ilmiy ish yoki kitob haqida qisqacha tushuncha beradi. Shu bilan birga u matnning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning shaxsiy fikrini ham aks ettiradi.

Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:

Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy

manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.

Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

1. Titul varag‘i – ma’lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi),

loyihaning ilmiy rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir

o ‘quv muasasasiga taalluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim.

2. Reja – o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va

aniq raqamlar orqali belgilanishi asosida tuziladi.

3. Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga

asosan aynan shu mavzu tanlangani, uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini to‘liq qamrab oladi.

4. Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida

mavzuning asl mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki mavzuning aniq bir tomoni ko ‘rib chiqiladi, hamda unga muvofiq nazariy mulohazalar, muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi.

5. Xulosa – bu qism referat uchun umumlashtiruvchi so‘nggi so‘z vazifasini

bajaradi. Unda amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va

kelgusida tavsiyalar beriladi.

6. Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar

( kitoblar, matnlar, jurnal va monograflar)ni qamrab oladi.

7. Referat hajmi - 14-15 bet (A4 format)dan iborat bo‘lishi kerak.



Mustaqil ta’lim

“Dunyoning mashhur universitetlari” mavzusida taqdimot tayyorlash.
Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling