Referat mavzu : Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul muomalalarining hisobi
Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar
Download 153.4 Kb.
|
Шокамолов Иброхим бухгалтерия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoplangan (deponentlangan)
Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar
Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablagʻlarni toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bankemitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi mablagʻlarni toʻlovchi bilan mablagʻlarni oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak: • mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi; • akkreditivning turi va uni bajarish usuli; • akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini xabardor qilish usuli; • akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun mablagʻlarni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi; • tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi boʻlib, bank bu hujjatni mijozning topshirigʻiga koʻra shartnoma boʻyicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga koʻra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul toʻlashi yohud shunday toʻlovlar oʻtkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. • Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: • qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan); • qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan. Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart. Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka akkreditivning butun summasini mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi. Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq koʻrsatilishi kerak. Agar shunday koʻrsatma boʻlmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan, deb hisoblanadi. • Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi toʻlovchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Shartnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur: – emitent bank nomi; – akkreditiv turi va uni ijro etish usuli; – akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar qilish usuli; – akkreditiv boʻyicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi takdim etadigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi; – tovar joʻnatilgandan keyin hujjatlarni takdim etish muddati hamda ularni rasmiylashtirishga doir talablar; – boshqa zarur hujjatlar va shartlar. Akkreditiv ochmoqchi boʻlgan toʻlovchi oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Download 153.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling