Referat mavzu : Ilmiy uslub janrlari. Bajardi : ki fakulteti di 12-22 guruh talabasi Xatamov Nodirjon


Download 65.85 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi65.85 Kb.
#1327328
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
New Microsoft Word Document

Adabiy nutq va uning uslublari
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy
me’yorlarga ega bo`lgan nutq ko`rinishidir.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga
xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday
xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka
ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish,
leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi . Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga
shaxsiy munosabatidir.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish
jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi
leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish
usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro
farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik
uslub va badiiy uslub.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv
uslubi,
bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv
uslubidir.
Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq
uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv
uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki
shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar
ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga
xos xususiyati uning erkinligidir.

Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling