Referat mavzu : Ilmiy uslub janrlari. Bajardi : ki fakulteti di 12-22 guruh talabasi Xatamov Nodirjon


Download 65.85 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi65.85 Kb.
#1327328
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
New Microsoft Word Document

Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik,
ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning
muhim belgisidir.
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga
xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga
yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif
asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik
vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi
yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda
yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va
iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga,
yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir
yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetikmahorati badiiy
nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra
badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq
ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.
Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Publitsistika –lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi.
Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga,
tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani
jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish,
ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis
yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik
uslub
sanaladi.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar,
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar
publitsistik uslubning yozma
shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar,
notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir.

Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling