Referat Мavzu : Inson resurslarini strategik rejalashtirish va boshqarish. Bajardi: Ibrohimov Ismoil. Denov 2023


Download 121.07 Kb.
bet1/7
Sana12.02.2023
Hajmi121.07 Kb.
#1191700
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
inson resurslarini strategik rejalashtirish va boshqarish


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Referat
Мavzu: Inson resurslarini strategik rejalashtirish va boshqarish.
Bajardi: Ibrohimov Ismoil.
Denov – 2023


Мavzu: Inson resurslarini strategik rejalashtirish va boshqarish.


REJA:
KIRISH.

  1. Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi

  2. Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari

  3. Inson resurslarini boshqarish bosqichlari

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ga asosan menejment yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga etarli bilim berish maqsadida o’quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga etkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat vositalari bilan birgalikda inson resurslari – xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarishdan foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy–ruhiy boshqaruv, guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish, kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash, bandlikni boshqarish, bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni baholash va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, kadrlar marketingi, xizmat martabasini rejalashtirish, mehnat jarayonidagi sabablarni boshqarish, mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari, mehnat psixofizologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasidan iboratdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining rivojlanishida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy shakllarini amaliyotda qollash muhim hisoblanadi.
Inson resurslarini boshqarish fanini o’qitishdan maqsad talabalarda inson resurslarini boshqarishning nazariy asoslarini va bu jarayondagi vujudga keladigan muammolarni hamda ularni hal qilish yo’llarini o’rgatish bo’lib, bu orqali ularda rahbarlik, tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdir.


Download 121.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling