Referat mavzu : iqtisodiy o’sishning j. Mid va a. Lyuis modellari


Download 37.07 Kb.
bet3/4
Sana31.10.2023
Hajmi37.07 Kb.
#1735870
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat

J.Mid modeli
J.Midning iqtisodiy o‘sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy o‘sishni chekli unumdorlik qonuni qo‘llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy 81 o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
Y=αk+βL+r
bu yerda: Y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish surati:
k- kapitalning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
L- mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
r- texnologik taraqqiyot sur’ati.
Tenglama, milliy daromadning o‘sish sur’ati milliy daromadda ega bo‘lgan ulushi bo‘yicha mehnat va kapital o‘sish sur’atlarining yig‘indisiga texnologik taraqqiyot sur’ati qo‘shilishidan paydo bo‘lgan miqdorga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Mehnat va texnologik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’ati kapital o‘sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapitalning o‘sish sur’atlari milliy daromadning o‘sish sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayishiga olib keladi. Bunday bog‘liqlik J.Midning jamg‘arishning milliy daromaddagi ulushi doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg‘arishning (investitsiyalarning) yuqoriroq sur’atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan jamg‘armalarning qo‘shimcha o‘sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar kapitalning o‘sish sur’ati milliy daromadning o‘sish sur’atidan orqada qolsa teskari holat ro‘y beradi. Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini ko‘rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamg‘arish sur’atidan oshsa unda chekli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil bo‘ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa mehnatning ham, kapitalning ham to‘liq bandligini ta’minlaydi. Shu bilan birga J. Mid real holatda mehnatning va kapital jamg‘arilishining o‘sish sur’atlari o‘rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o‘sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y bermaydi, chunki ishchi kuchining o‘sishi ortiqcha bo‘lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o‘sish sur’atlaridan tezroq o‘ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo‘ladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari mavjud.
J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni ko‘rsatadi. Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning foydaliligining o‘sishiga olib keladi. Natijada jamg‘arish sur’atlari oshadi va ishchi kuchining o‘sish sur’atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg‘armalarni qayta taqsimlashning, resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi.

Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling