Referat mavzu : iqtisodiy o’sishning j. Mid va a. Lyuis modellari
Download 37.07 Kb.
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar “Makroiqtisodiyot-2”
A.Lyuis modeli
A. Lyuis o‘z modelida ishchi kuchi zaxirasi (rezerv) ni iqtisodiy o‘sishning asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo‘l keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi. A. Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi: Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha yuqori. Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi. Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi. Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo‘jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog‘liq bo‘ladi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‘payishi fermerlarni qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi. O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni industrial bosqichni o‘tgan g‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o‘z tahlilida ko‘rsatganidek iqtisodiy o‘sishning mehnat va kapital bilan bog‘liqligining eng yaxshi namunasi bo‘lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya , Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini teskari bog‘liqlikda bo‘lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning past sur’atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bog‘liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o‘sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. Lyuis modeliga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‘z sanoatini balki boshqa yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butun qit’a uchun o‘ziga xos mehnat zaxirasi fondi vazifasini bajargan edi. Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi. Bizning fikrimizcha biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urfodatlari, an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning “O‘zbek modeli” ni keltirishimiz mumkin. Xulosa Xulosa qilib aytganda iqtisodiy o’sish bu ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi innovatsion g’oyalar orqali aholining moddiy faravonligini oshirishdir. Shu orqali jamiyatni rivojlantirish va bu orqali jahonda davlatni iqtisodiyotini yuqori cho’qqiga olib chiqishdir. Albatta bu davlatning o’zi uchun, unda yashaydigan aholi uchun ham ijobiy yechimdir. J.Mid modeliga to’xtaladigan bo’lsam u iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’ati kapital o‘sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi degan fikrni ilgari surgan. Xulosam bo’yicha Mid ko’proq iqtisodiyotda balansni ushlab turishga va uni milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tenglashtirishga harakat qilgan. A.Lyuis fikricha esa mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi demoqda. Ya’ni u aytishicha ishlab chiqarishga va sanoatga ko’proq mehnat resurlarini jalb qilish va shu bilan mamlakat iqtisodiyotida eksport rolini oshirish orqali iqtisodiy o’sishga erishishdir. Ikkala holda iqtisodiy o’sish modellari o’ziga xos usulda ishlangan. Xulosamdan kelib chiqib aytamanki menga ko’proq J. Mid modeli ko’proq yoqdi chunki iqtisodiyotdagi balansni tenglashtirish orqali aholi daromadlari yanada oshirib, yashash faoliyatini yaxshilashga qaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar “Makroiqtisodiyot-2” O‘quv qo‘llanma I.О. Yakubоv, H.A. Hakimov (2019) M.A.Mamatov. Iqtisodiy o‘sish. o‘quv qo’llanma. - Т.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» (2021) https://e-library.namdu.uz https://ilmiy.bmti.uz Download 37.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling