Referat mavzu : Jahon iqtisodiyotining globallashuvi; mazmuni va rivojlanish bosqichlari
rasm Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari
Download 1.05 Mb.
|
Karimov Sanjar
3.1.rasm Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari.
Zamonaviy transmilliy korporatsiyalar, oldingi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKlardan farqli ravishda, asosan axborot va moliyaviy bozorlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur bozorlarning global miqyosda birlashuvi sodir bo‘lmoqda va natijada yagona jahon moliyaviy-axborot makoni shakllanmoqda. Bunga muvofiq tarzda TMKlarning va ular bilan chambarchas aloqador bo‘lgan milliy iqtisodiy tuzilmalar hamda tashkilotlarning roli oshib bormoqda. Hozirgi paytda yangi texnologiyalarning 80% TMKlar tomonidan yaratilmoqda, ayrim holatlarda ularning daromadlari ayrim yirik mamlakatlarning yalpi milliy daromadidan oshib ketmoqda. Aytish joizki, dunyoning 100 ta yirik iqtisodiyoti ro‘yxatida 51 ta o‘rinni TMKlar egallagan. Ular faoliyatining muhim qismi gipertexnologiyalarni (yoki metatexnologiyalar) ishlab chiqish bilan bogiiq. Bular jumlasiga yangi kompyuterlar avlodi, kompyuter dasturlari, ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni va boshqalarni kiritish mumkin. Globallashuv jarayonining yana bir muhim jihati texnologik innovatsiyalar rivojlanishiga tegishli bo‘lib, yangi texnologiyalar globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch bo'lishi bilan birgalikda xalqaro raqobatlashuvni kuchaytirgan holda uning rivojlanishini va mamlakatlar o'rtasida tarqalishini rag‘batlantiradi. Globallashuvning to‘rtinchi manbasi sifatida erkin savdo tizimini va bozor iqtisodiyotini baholashda global hamfikrlikka erishishni keltirish mumkin. Aytish joizki, jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir muhim xususiyati, XX asrning oxirgi yillarida moliya bozorlarining jadal rivojlanishida namoyon bo‘ldi. Moliya bozorlarining (valuta, fond, kredit va boshq.) yangi roli keyingi yillarda jahon iqtisodiyoti arxitekturasini keskin o‘zgartirdi. Bir necha o‘n yillar ilgari moliya bozorlarining asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektori faoliyatini ta’minlashdan iborat edi. Hozirgi davrda esa, jahon moliya bozoridagi o‘zgarishlar butun dunyo mamlakatlari 26 iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Moliyaviy globallashuv jarayoni ayniqsa jahon iqtisodiyotining uchta asosiy markazlarida kuchaygan bo‘lib, ularga AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya kiradi. Moliyaviy spekulyatsiya operatsiyalari ham aynan mazkur uchtalik chegaralaridan tashqi dunyoga tarqaladi. Valuta bozorining global aylanmasi bir kun davomida 0,9—1,1 trln AQSH dollariga yetadi. Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar: ishlab chiqarish ko‘lamining keskin kuchayishi; 27 ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga yuqori, ilmiy sig‘imli texnologiyalarga o'tish; mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakatidagi to‘siqlarga barham berilishi; mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta'minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi; ilmiy va intellektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi. 2. Tashkiliy omillar: ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi; nohukumat tashkilotlarining ko‘p millatli yoki jahon darajasiga chiqishi; ko‘p millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning global iqtisodiyotda asosiy rol o‘ynovchi xususiy yoki davlat tashkiloti sifatida o‘zgarishi. 3. Iqtisodiy omillar: kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkinlashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va proteksionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi; kapital to‘planishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalarning oshishi, valutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning birxillashtirilishi; standartlashtirish tendensiyasining kuchaytirilishi. Barcha mamlakatlar tomonidan texnologiya, ekologiya va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya va statistik hisobotlar tizimida yagona standartlardan foydalanishning keng joriy etilishi.4. Axborot omillari: moliyaviy, iqtisodiy, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarishga oid ma’lumotlar almashinish tizimining tubdan o'zgarishi. Malumotlarni taqdim etish, qabul qilish va qayta ishlashning mutlaqo yangi tizimlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi nouxau va professional xizmatlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy va mahsulot bozorlarini birlashtiruvchi global tarmoqni yaratishga yordam berdi; bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shakllanishi; mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujudga kelishi. Yuqoridagi qayd etilgan omillar ta'siri natijasida globallashuv jarayoni kuchaygan holda jahon iqtisodiyotining barcha soha va bo‘g‘inlarini egallab boradi. Hozirgi kunda xalqaro moliya bozoridagi inqirozlarning yuzaga kelishi va ularni bartaraf etish borasida bir qator konsepsiyalar shakllantirilgan. Moliyaviy «ko‘pik»lar konsepsiyasi. Odatda «ko‘pik» haqida so‘z borganda, ma'lum Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling