Referat mavzu : Jahon iqtisodiyotining globallashuvi; mazmuni va rivojlanish bosqichlari


Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari va rivojlanish bosqichlari


Download 1.05 Mb.
bet4/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1265413
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karimov Sanjar

3.Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari va rivojlanish bosqichlari.

Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makoni shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat hayotining barcha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayon XX asr oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o‘ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimi shakllanishiga kuchli turtki berdi. Birinchidan, globallashuv mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining obyektiv omillarini yuzaga keltiradi. Bu holat, dunyoning istalgan nuqtasidan zarur axborotni xohlagan vaqtda olish va tezda qaror qabul qilishga imkon beradi, telekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari kapitalni xalqaro investitsiyalashni amalga oshirishni yengillashtiradi. Dunyoning axborot integratsiyalashuvi sharoitlarida xo‘jalik yuritishning xorijiy tajribasini o‘zlashtirish va texnologiyalarni o‘tkazish birmuncha tezlashadi. Globallashuvning ikkinchi manbasi — proteksionizm siyosatini cheklashga sabab bo‘luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda pasaydi, tovarlar va xizmatlar savdosidagi boshqa ko‘plab to‘siqlar bartaraf etildi. Boshqa liberizatsiya tadbirlari ishlab chiqarishning qolgan omillari va kapital harakati kuchayishiga olib keldi. Baynalminallashuv jarayonining uchinchi manbasi va globallashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi bo‘ldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar yetakchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi va ular bir vaqtning o'zida baynalminallashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Globallashuv jarayoni barcha mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilmoqda. Ushbu jarayon mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, ishchi kuchlaridan foydalanish,




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling