Referat mavzu : Jahon iqtisodiyotining globallashuvi; mazmuni va rivojlanish bosqichlari


Globalashuv jarayoning milliy iqtisodiyotga ta’siri


Download 1.05 Mb.
bet6/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1265413
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karimov Sanjar

4. Globalashuv jarayoning milliy iqtisodiyotga ta’siri

Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo‘shimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy past rivojlangan mavqeini salbiy o‘zgarishiga sabab bo‘lib, ularni globallashuv jarayonini subyektlariga emas, balki obyektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rniga bog‘liqdir. Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:


— xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning o‘sish sur'atlari;
— to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi; kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi;
— yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish) hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy ko'rsatkichiga (ham ichki, ham tashqi) nisbati;
— tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy mahsulotga nisbati;
— patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
— bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsiyalar hajmi va dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati;
— xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
— valuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion birlashmalarning iqtisodiy faolligini oshirib, savdo va investitsiya munosabatlaridagi to‘siqlarni bartaraf etgan holda erkin savdo hududlarini tashkil etish asosida yuzaga keladi. Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo'jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o‘zaro kelishuvlarni qamrab oladi. Bundan tashqari globallashuv jarayoni dunyoning yirik mintaqalarida xo‘jalik yuritishning bozor tizimini maqsadli shakllantirishga qaratilgan davlatlararo muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida yuzaga keladi. Ko‘pgina yirik transmilliy korporatsiyalar global miqyosda harakat qiladi va shu jihatdan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonining subyekti bo‘lib, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: — globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning kengayishi va undagi raqobat jarayonining kuchayishi nafaqat milliy darajada balki, jahon miqyo30 sida ishlab chiqarishning o‘sishini rag'batlantiruvchi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi; ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi.
Bu holat, narxlarning pasayishi va xarajatlarning qisqarishiga, pirovardida barqaror iqtisodiy o‘sishga olib kelishi mumkin;
— globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri
— erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
— xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy barqarorlikka erishilishi;
— globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchii raqiblar ham qo‘shiladi va natijada narxlarni pasaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi;
— globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiytexnik, texnologik va nisbatan kam xarajat talab qiiadigan yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini beradi.
Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etilishiga imkon yaratiladi. Globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini yuzaga keltiruvchi muammolar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
— globallashuv afzalliklarining milliy iqtisodiyotlar alohida tarmoqlari o'rtasida bir xil taqsimlanmasligi;
— milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
— ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotni nazorat qilish jarayoni mustaqil hukumatdan boshqalarga, jumladan kuchliroq davlatlarga yoki transmilliy korporatsiyalar ixtiyoriga o‘tishi;
— jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi tufayli global beqarorlikning yoki mintaqaviy darajada moliyaviy sohadagi beqarorlikning yuzaga kelishi.
Milliy iqtisodiyotlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy turg‘unliklar yoki inqirozlarning mintaqaviy hatto global darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi;
— globallashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo'jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq;
— globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darajada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko‘rsatishining an'anaviy dastaklarini o‘zgartirib yuboradi;
— globallashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog‘liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug‘ullanishlariga olib keladi.
Globallashuv jarayoni mamlakatlar uchun yuqorida qayd etilganlardan tashqari yana ko‘plab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan:
— rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik jarayon ortda qolishining kuchayishi;
— ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga ajralishning ortishi, marginalizatsiya xatari (jahon darajasidagi iqtisodiy o‘sishdan qolib ketishning kuchayishi);
— aholining asosiy qismida qashshoqlashuvning ortishi;
— moliyaviy barqarorlik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchayishi;
— TMKlar tomonidan mamlakatlarda milliy iqtisodiy siyosatni yuritishga to‘sqinlik qilinishi;
— kelajakdagi taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi tashqi qarz darajasining o‘sishi va boshqalar. Yuqoridagi malumotlar asosida ta’kidlash mumkinki, globallashuv bu obyektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo'lib, uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalminallashuv jarayonlari tashkil etadi.
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi.
Xulosa

Demak, globallashuv jarayoni - bu ko'plab mamlakatlar va xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy aloqalarini mustahkamlash orqali yaxlit birlashish jarayonidir. Globallashuv juda qaytarib bo'lmaydigan va o'ziga xos xususiyatlarga ega:


1) Umumjahon tabiati barcha mamlakatlarga, Er sayyorasining barcha aholisiga ta'sir qiladi.
2) Barcha davlatlarning birgalikdagi ishtirokini talab qiladi. Hamkorlik va global muammolar bo'yicha birgalikda qarorlar qabul qilish.
3) Integratsiya va mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirish.
Global muammolarni hal qilishning asosiy yo'nalishlari: Demokratiya, gumanizm, xalqlarning huquq va erkinliklariga hurmat tamoyillariga asoslangan yagona yangi sayyoraviy ongni yaratish, Global muammolar to'g'risida global ma'lumot tarqatish,
Ushbu global muammolarning asosiy sabablari va echimlarini o'rganish, Global muammolarni hal qilishda barcha mamlakatlarning birgalikdagi ishtiroki,
Monitoring va global muammolarni boshqarish.
Tadqiqot natijalari:Globallashuv - bu yagona iqtisodiy bozor, axborot makoni, mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy va ijtimoiy hamkorlikni yaratishda namoyon bo'ladigan davlatlar o'rtasidagi integratsiya jarayoni.
Globallashuv jarayonining asosiy bosqichlari - Rim imperiyasi davri, Buyuk geografik kashfiyotlar davri, BMT tashkil etilganidan keyingi zamonaviy davr,
Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, foyda olish, axborot texnologiyalarining tarqalishi va salbiy tendentsiyalar xalqlar va millatlarning madaniy va milliy o'ziga xosligini yo'qotish, yagona iste'mol usulini joriy qilish, ommaviy madaniyatning tarqalishi va boshqalardir.
Bugungi kunning global muammolari - bu sayyora muammolari, ularni hal qilish insoniyat kelajagining rivojlanishiga bog'liq va uni hal qilishda dunyoning barcha davlatlari birgalikda ishtirok etishni talab qiladi. Global muammolar: atrof-muhit, tinchlik va urush muammolari, demografik, oziq-ovqat, energiya, inson
Shunday qilib, globallashuv jarayoni - bu yagona global iqtisodiy bozor, siyosiy makon, global madaniyat va xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni yaratish orqali davlatlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning kuchayishi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling