Referat mavzu : jstga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish
Download 21.36 Kb.
|
2 5222398744074396415ajs
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish; — alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash; — tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish; — xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish; — import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi. Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda. Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi. JST — global platforma, undan mamlakat yaxshi foyda koʻradi. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishdagi -imkoniyatlarini qisqacha baholasak, bular — keyingi yillarda jiddiy islohotlarni boshidan kechirgan turizmning rivojlanishi, integratsiyalashuv imkoniyatlari ortishi, notarif cheklovlarning kamayishi, iqtisodiyotda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushining oshishi, davlat monopoliyasining qisqarishida koʻzga tashlanadi. Lekin bu masalaning tashqi tarafi, shakli, xolos. Bizningcha, asosiy masala ichki tashkiliy-tuzilmaviy va texnologik tarafida — mazmunida boʻlib qolgan. Xulosa shuki, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari 2-3 yilga choʻzilishi ehtimoli mavjud. JSTga aʼzolik masalasi oson hal boʻlmaydi, oldinda juda murakkab bosqichlar turibdi. Bir maqolada masalaning barcha jihatlarini batafsil yoritishning imkoni yoʻq. Mavzu va muammolar koʻlami shu qadar kengki, ularning birortasini koʻzdan qochirish yangi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, togʻ-kon, neft-gaz sanoati, energetika, temir yoʻl, havo yoʻllari sohalarida xususiylashtirish hali oxiriga yetkazilmaganligi jiddiy muhokama qilinishi lozim. Eng muhim jihat shundaki, Oʻzbekiston, birinchi navbatda, oʻzining ichki iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilishi kerak. Geoiqtisodiyot bilan ham jiddiy shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Bir vaqtning oʻzida ikki tashkilot kuzatuvchisi sifatida ham JST, ham YEOII bilan hamkorlik qilinayotganligi rahbariyat oldida oʻta murakkab vazifalarning oqilona yechimini topishni koʻndalang qoʻyadi. Ushbu dolzarb masalalarning ijobiy yechimiga erishish uchun Oʻzbekistonning milliy taraqqiyot yoʻli va yuksak farovonlikka erishishiga xizmat qiladigan yangicha yondashuv hamda qarashlar belgilab olinadi, deb ishonamiz. JSTga aʼzolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat muhitini yaratadi. Bunday dadil qadam esa yurtimiz istiqboli uchun, shubhasiz, muhim rol oʻynaydi. 4. JSTga a’zo davlatlardagi rekrutment. JSTga to‘la huquqli a’zo sifatida kirgan davlatlarda bir qancha sohalarda o’zgarishlar vujudga kela boshlaydi. Xususan iqtisodiy sohalarda hamda rekrutment sohasida ham tub burulishlar vujudga keladi. JSTga a’zo bo‘lish a’zo bo‘lgan davlat uchun JSTga a’zo davlatlar o‘rtasida kamsitilmaydigan va adolatli savdoni ta’minlash, tariflarni himoya qilishning maksimal darajasi va import kvotalari bekor qilinishi, mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun tovarlarni arzon narxlarda import qilish kabi muhim afzalliklarga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususiy sektorni zararli savdo faoliyatidan himoya qilishda ko‘maklashish, mamlakatning savdo bilan bog‘liq institutlarini mustahkamlash va huquqiy va institutsional siyosatni tartibga solishga ko‘maklashish, xalqaro savdo muzokaralarida faol ishtirok etish va xalqaro miqyosda normalar ishlab chiqish orqali uning manfaatlarini himoya qilish ham tashkilotning muhim afzalliklaridan hisoblanadi. JSTga a’zo bo‘lish ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, u qo‘shilish jarayonidagi bir qator majburiyatlarni ham keltirib chiqaradi. Bu keng ko‘lamli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi harakatlarni o‘z ichiga olgan uzoq va murakkab muzokaralar jarayoni bo‘lib, keng ko‘lamli inson resurslari va institutsional salohiyatni, shu jumladan sanoat tajribasini talab qiladi. Yangi a’zolikka qabul qilishda barcha a’zo davlatlar shartlarga rozi bo‘lishlari kerak va bu a’zolardan iborat ishchi guruhini tuzish va muzokaralar jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ishchi guruh tuzilgandan so‘ng parallel ravishda ikki tomonlama, ko‘p tomonlama va turli tomonlama muzokaralar olib boriladi. Ushbu muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishi qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan qabul qilinishi va JST Bosh kengashi yoki Vazirlar konferensiyasi tomonidan ma’qullanishi kerak bo‘lgan qo‘shilish jarayonidan iborat. 5. JSTga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri. JSTga a’zo bo’lishligimiz bozor iqtisodiyotiga yanada tezroq moslashishimiga va xususiylikni ko’payishiga va shu qatori yangidan ish o’rinlari paydo bo’lishiga olib keladi. Undan tashqari yangi sohalarga kerakli kadrlarni qidirishga bo’lgan ehtiyoj ham kuchayadi. Shu xususida Oʻzbekiston tajribasida JSTga aʼzo boʻlish afzalliklari va ayrim kamchiliklarimiz xususida mulohaza yuritsak. Bugungi kunda ekspertlar guruhi (“Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24 dekabrdagi hukumatning 1040-son qarori) tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi boʻlgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yoʻq. Shunday boʻlsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmaganligi bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga eʼtiboringizni qaratmoqchi edim. Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “boʻshliq”ni yuzaga keltiryapti. Xuddi shu “boʻshliq” boshqa sohalarda islohotlarni oʻtkazishga xalaqit bermoqda. Ayni chogʻda mamlakatimizdagi kambagʻallik darajasi 12 — 15 foiz atrofida ekanligi maʼlum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi toʻgʻrisida”gi qonun va konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. Yuqoridagi komissiya “isteʼmol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, mazkur qonunga ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi. Ikkinchidan, ana shu muammoni tan olgan holda, JSTga aʼzolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qoʻllagudek boʻlsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar koʻpayadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda 4 milliongacha boʻlgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qoʻshgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning JSTga aʼzo boʻlishidan eng koʻp zararni qishloq aholisi koʻradi. Uchinchidan, 2010 — 2019-yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017-yilda bu koʻrsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, Oʻzbekistonning JSTgaaʼzo boʻlishi natijasida Xitoy tajribasida boʻlgani singari ishsizlar sonining koʻpayib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlari ahvolining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Toʻrtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Oddiy misol: 2020-yil iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi boʻyicha deputat soʻrovi koʻrib chiqildi. Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga koʻra, avtomobillar narxlari 3 million soʻmdan 19 million soʻmgacha asossiz oshirilgani aniqlandi. Bunga oʻxshagan holatni boshqa monopol korxonalar misolida ham koʻrsa boʻladi. Oʻzbekiston tashkilotga qoʻshiladigan boʻlsa, ijobiy jihat shuki, 1996-yildan beri “UzAuto Motors” kabi avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga erishiladi. Oʻzbekiston Respublikasining JSTga kirishini tezlashtirish boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Xalqaro rivojlanish boʻyicha AQSH agentligi (USAID), Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati (GIS) texnik koʻmak berayotganini ham taʼkidlab oʻtish lozim. Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning 7-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha ishchi guruhining 4-yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir oʻrinbosari,investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov boshchilik qilgan. Yigʻilish doirasida Oʻzbekistonning tashqi savdo rejimi toʻgʻrisida kengaytirilgan Memorandum muhokama qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2020-yil 2. World Trade Organisation qo’llanmasi 3. Inson huquqlari bo’yicha o’zbekiston respublikasi milliy markazi rasmiy veb-sayti 4. Xalqaro tashkilotlar rasmiy veb-sayti 5. Lex.uz 6. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 8. Rekrutment. Qalandar Abdurohmonov. Sanjar G'oyibnazarov 9. Mehnat iqtisodiyoti. G. Abdurahmonova Download 21.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling