Referat mavzu : jstga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri
Download 21.36 Kb.
|
2 5222398744074396415ajs
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi. Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan. Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan. 3. JSTga a’zolik O’zbekistonga nima beradi? O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o‘sha paytdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash siyosati sababli 2005 yilda muzlatib qo‘yilgan. 2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so‘ng 2018 yil mart oyida Tashqi savdo vazirligi tomonidan JST kotibiyatiga rasmiy murojaat taqdim etish yo‘li bilan a’zolikka kirish jarayoni qayta boshlandi. 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston JST a’zoligiga Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni va keyinchalik kirish uchun bir qator boshqa hujjatlarni, jumladan, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha dastlabki takliflarni taqdim etdi. Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun: — Download 21.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling