Prezident Mirziyoyev nima uchun Tojikistonga borishga shoshilmayapti? Tashrif haqida anchadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Rog‘un GESdami?
Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan Samarqand konferensiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada suvdan foydalanish muammosi hamon hal etilmaganini aytdi. BMTning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha Konventsiya loyihasi bor va O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston aynan shu konvensiya asosida bundan keyin ham ishlashga rozi.
Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un GES qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un qurilishda davom etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga turtki bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan bu loyihadan voz kechishga kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |