O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka chiqishning uddasidan chiqdimi?
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo sheriklari ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston YaIM yarmidan ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir ko‘proq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni saqlash. Toshkentning istalgan turdagi va mintaqadan tashqaridan bo‘lgan xohlagan davlat tomonidan taklif etiluvchi integratsion birlashmaga kirmaslik bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini ham Pekin, ham Moskvada tushunishmoqda. Rossiyada shuni tushunishmoqdaki, biz – Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan ShHT doirasida Erkin savdo zonasiga qarshimiz. Boshqa tomondan, ham G‘arbda, ham Pekinda O‘zbekiston Rossiya tomonidan ilgari suriluvchi intergatsiya loyihalari bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega, - O‘zbekiston na KXShT, na YeOIIga kirishni mo‘ljallamayapti. Rahbariyatning bunday pozitsiyasi to‘g‘ri tushunilmoqda. O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qandaydir ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |