Referat mavzu: Adam Smithning iqtisodiy ta'limoti
Download 25.15 Kb.
|
Mustaqil ish Axmedov Ro\'zimboy
REFERAT Mavzu: Adam Smithning iqtisodiy ta'limoti Reja: Kirish Hayoti va ijodi Iqtisodiy ta’limoti Bajardi: Axmedov Ro’zimboy Tekshirdi: Jabborova Nilufar 1 . Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi. SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford universitetlarida oʻqigan. Glazgo untida professor (1751—1763). 1778-yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787-yilda Glazgo universiteti rektori. Uning1759-yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot"ni nashr etdi.Ushu bu Asar 5- kitobdan iborat. Asarda oʻsha davrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iqtisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daroma Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili"). SMITning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan). Smitning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). 2 . Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 -yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmagi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan. 1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan David Hume bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: tarix, siyosat, falsafa, iqtisodiyot va din. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan. 1751-yilda Adam Smithga mantiq fani boʻyicha Glazgo Universitetida professorlik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 -yilda Adam Smit ma`ruzalar toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.Adom Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan. Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarini tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan. Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi. 1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 -yilda vafot etgan. 3 . «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish uslubi. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi. Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi. Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng foydalanadi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‘ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi. Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi mumkin. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi. Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar tushunchasi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‘or boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda. Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik (internatsionalizm) ko‘chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asos-chilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan. Download 25.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling