Referat mavzu: «Alohida aminolislotalarning almashinish hususiyati»
Download 116.3 Kb. Pdf ko'rish
|
113984 (1)
1. Aminokislotalar – oqsillarning tuzilish birligi. Aminokislotalar organik karbon
kislotalar bo`lib, unda uglevodorod zanjirida kamida bitta vodorod atomi aminoguruhga almashingan bo`ladi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortig`i, umuman oqsillar tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmisining ko`p qismi ham faqat ayrim organizmlarda, ba’zilari alohida oqsillar va peptidlar tarkibida bo`ladi. Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi. Qolgan aminokislotalar oqsil tuzilishida ishtirok etmaydi; ular hujayrada erkin holda (almashinuv mahsuloti sifatida) bo`lishi yoki oqsil bo`lmagan birikmalar tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, ornitin va sitrullin arginin proteinogen aminokislotasi hosil bo`lishida oraliq mahsulot hisoblanadi va siydikchil sintezida ishtirok etadi; gamma- aminomoy kislota ham erkin holda uchraydi va nerv impulslarining o`tkazilishida mediator vazifasini o`taydi; beta-alanin esa vitamin-pantotenat kislotaning tarkibiga kiradi. Tiroksin-qalqonsimon bezning asosiy gormoni bo`lib, tireoglobulin tarkibida va qonda erkin holda uchraydi. Melanin – pigmentlar va adrenalinning hosil bo`lishidagi muhim oraliq mahsulot. Bundan tashqari, tabiiy mahsulotlar tarkibida, masalan, turli antibiotiklar va alkoloidlarda bir qator g`ayritabiiy stereoizomerlar, aminokislotalarning D-izomerlari (D-fenilalanin, D- leysin, D-alanin) ham uchraydi. Oqsillarning tarkibiga kiradigan hamma aminokislotalar L- aminokislotalar bo`lib, ularning NH2 – aminoguruhi alfa-holatda bo`ladi: α R – CH – COOH l NH2 Aminokislotalarning 3 xil tasnifi qabul qilingan: 1) struktura - yon radikal zanjirning tuzilishi bo`yicha; 2) elektokimyoviy – aminokislotalarning kislota-ishqoriy xossalari bo`yicha; 3) biologik yoki fiziologik, ya’ni organism uchun aminokislotalarning almashinmaydigan darajasi bo`yicha. 2). Aminokislotalar elektrokimyoviy xossalariga ko`ra ularning tarkibidagi ishqoriy va kislotali guruhlarning nisbati va qutbli guruhlarning mavjudligiga qarab kislotali, ishqoriy va neytral; qutbli va qutblanmagan aminokislotalar guruhiga bo`lish ham mumkin. Kislotali aminokislotalarga yon zanjirida qo`shimcha karboksil guruhi bo`lib, kislotalik xususiyatini ta’minlaydigan aminokislotalar kiradi: aspartat kislota, glutamin kislota, tirozin, sistein. Ishqoriy aminokislotalarga arginin, lizin, gistidin kirib, ular qo`shimcha aminoguruh, guanidine va imidazolli bo`lib, bular aminokislotada ishqoriy xususiyatni namoyon qiladi. Neytral aminokislotalar – bu barcha qolgan aminokislotalar bo`lib, ularning radikali kislotali va ishqoriy xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Kislotali va ishqoriy aminokislotalar radikalining qutbiga qarab (kislotali yoki ishqoriy) qutbli aminokislotalarga, neytral aminokislotalar esa qutbsiz – gidrofob guruhga kiritiladi. 3). Aminokislotalar biologik yoki fiziologik ahamiyati bo`yicha ham 3 guruhga bo`linadi: almashinmaydigan, yarim almashinadigan va almashinadigan. Almashinmaydigan aminokislotalar Download 116.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling