Referat mavzu: Antropogenez bajardi tekshirdi


Musulmon Sharq falsafasida inson


Download 0.55 Mb.
bet5/5
Sana29.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1308040
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
антропогенезис

Musulmon Sharq falsafasida inson
Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Ulardan biri ko‘proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. Inson taqdiri oldindan belgilab qo‘yilgan, shu sababli insonning qo‘lidan keladigan birdan-bir ish - bu o‘zini ana shu taqdirda belgilab qo‘yilganidek tutish. Biroq, Forobiy, Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil, XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlar - Axmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Sattorxon Abdulg‘afforrov va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma’rifatparvar va demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘ydilar. Ularning ijodlari uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani ma’rifatli va bilimli bo‘lishiga da’vat etdilar.

Inson yangi davr falsafasida

Yangi davr falsafasi insonning mohiyati va o‘z-o‘zini anglashi muammolariga qaytishi bilan ajralib turadi.



Tomas Gobbs, mexanik materializm tarafdori o‘laroq, insonning ruhiy dunyosi mexanik kuch-g‘ayrat va harakatlar majmuasidan boshqa narsa emas, deb hisobladi. Uning fikricha, inson faqatgina murakkab tuzilgan mexanizmdir xolos, u mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Gobbs ruhning alohida substansiya sifatida mavjudligini inkor etdi.

Rene Dekart insonning dualistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. U inson o‘lik mexanizm (tana) bilan irodaga va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan substansiya (ruh)ning qo‘shiluvidan tashkil topgan, deb hisobladi.
Benedikt Spinoza o‘zining inson haqidagi ta’limotini insonning tabiatning bir qismi ekanligi, tana va ruhning birligi asosida yaratdi. Insonning butun ruhiy hayoti idrok va affektlar (quvonch, g‘am, lazzat)dan iborat. Insonni harakatiga keltiruvchi kuch - o‘zini saqlash va manfaatga intilishdir.
XVIII asr fransuz materialistlari J.O.Lametri, K.A.Gelvesiy, P.A. Golbax, D.Didro va boshqalar inson haqidagi ta’limotini ishlab chiqishga katta xissa qo‘shdilar. Buni hatto ularning asarlarining nomlari ham tasdiqlab turadi: Lametrining «Inson-mashina», Gelvesiyning «Inson haqida» va hokazo.
Lametri ijtimoiy rivojlanishning asosiy sabablari ulug‘ shaxslarning faoliyati va ma’rifatdir, deb hisoblar edi. Didro insonni oliy qadriyat, koinotning idrok markazi, butun madaniyatning yaratuvchisi deb hisobladi. Golbaxning nazarida esa, inson tabiatning bir qismi, u tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Gelvesiyning fikriga ko‘ra, insonning shakllanishida atrof muhit asosiy rol o‘ynaydi. U barcha odamlar o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra tabiat tomonidan teng qilib yaratilgan, ularning qanday bo‘lishi faqat tarbiyaga bog‘liq deb hisobladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling