Referat Mavzu: Axborot tizimlarining dasturiy taminoti. Telekomunikasiya vositalari


Download 31.53 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi31.53 Kb.
#1538363
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
axborot telekomunikatsiya

Dasturiy ta`minot - hisoblash texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig`indisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.


Amaliy dasturiy ta`minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy mahsulotlar yig`indisio`zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Texnik ta`minot - ma`lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo`llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. u ma`lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o`z ichiga oladi.

Huquqiy ta`minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta`minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o`rtasidagi shartnomaviy o`zaro munosabatlar me`yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o`z ichiga oladi.

Lingvistik ta`minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig`indisini o`zida namoyon etadi.
Axborot tizimlari ma`lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma`lumotlarni integratsiyalash va qog`oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko`rinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.
Telekommunikatsiyalar signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi”. (“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zR Qonunidan)[5]
Keng ma’noda telekommunikatsiya – bu bir-biri bilan bevosita aloqada bо‘la olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) о‘rtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar о‘rtasidagi yorug‘lik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (receiver) o’rtasida masofadan turib ma’lumot almashinishni bildiradi.

Download 31.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling