Referat mavzu: Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Tayyorladi: Muhammadjonov Shoyatbek Andijon-2023 Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Reja
Download 136.5 Kb.
|
Axborot urushi tushunchaning mazmun va moxiyati. tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyot. Kirish
- Axborot urushi” atamasi.
REFERAT Mavzu: Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Tayyorladi: Muhammadjonov Shoyatbek Andijon-2023 Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Reja: Kirish. Asosiy qism: “Axborot urushi” atamasi. O`zbekiston axborot tizimining faol subyekti sifatida. Axborot soxasida milliy xavfsizlikni taminlashning samarali yo`llari. XX asr svilizatsiyasi oqibatida inson xayoti axborot-psixologik tahdid kuchayotgan jarayon. Xulosa. Foydalanilgan adabiyot. Kirish Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, yer shari axolisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o`zgartirishga qodir bo`lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o`ziga xos yutug`i bo`lib, xalqlar, mamlakalar, davlatlar o`zaro munosabatlarini tobora yaqinlashtirishga, jaxon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo`jizakor hodisa. Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug`idan kim qanday maqsadlarda foydalanyapti? Uning beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmoqda. Umuman olganda, insoniyat tafakkuri kengayib, fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o`zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o`zining boshini o`zi og`ritadigan, o`z xayotiga o`zi tahdid soladigan, o`z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda. Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar, taxminan , uch million yil og`zaki aloqa qilgan bo`lsa, undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o`rgandi. Undan besh yuz yil o`tib telefon, radio va televideniyaga ega bo`ldi. An`anaviy eshituv- ko`ruv vositalaridan kompyuterlarga o`tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo`ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o`zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo`lgan olamshumul o`zgarishlar dinamikasini ko`rsatadi. Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun yer sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan ham bog`liq bo`lgan voqelik yuzaga keldi. “Axborot urushi” atamasi. “Axborot urushi” atamasi ilk bor 1967-yili tilga olingan bo‘lib, bu iboraning muallifi sobiq Sovet ittifoqiga qarshi boshlangan axborot urushining asoschilaridan biri Allen Dallesdir. 1985-yili axborot urushi atamasi Xitoyda ham qo‘llangan.1992-yili AQSh harbiy qo‘mondonligi Fors ko‘rfazida amalga oshirilgan «Sahrodagi bo‘ron» amaliyoti uchun «Axborot urushi» deb nomlagan alohida hujjat ham ishlab chiqqan. «Axborot urushi» atamasi 1995-yilda Rossiyada ham paydo bo‘ldi. Axborot urushi – raqib sanalgan mamlakat rahbariyatiga, uning jamoatchilik yoki diniy tashkilotlariga va ular qabul qiladigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy fikr va jamoatchilik ongini o‘ziga kerakli yo‘nalishda shakllantirishga urinishdir. Ta’sir qilishning asosiy dastaklari: kitoblar, kinofilmlar, televideniya, internet, OAV nashrlaridir. Axborot urushining muhim jihati – raqibning rahbariga psixologik bosim o‘tkazib, uni «kerakli» qarorlarni qabul qilishga majbur qila bilishdir. Misol uchun, kerakli laqablar o‘ylab topiladi (kofir, tog‘ut, munofiq, vahhobiy va hokazo), turli xil dezinformatsiya, ya’ni haqiqatdan yiroq axborotlar tarqatiladi. Yolg‘on maqsadlar sari yo‘nalishga majbur qiluvchi xatti-harakatlar va vahima uyg‘otuvchi uslublar qo‘llaniladi. Axborot ta’siri – dalillarni (faktlarni) buzib ko‘rsatish yoki raqibning tabiiy idrok qilish qobiliyatini so‘ndirish, uning fikrini his-tuyg‘ular (emotsiyalar), kuchli hissiyotlar ta’sirida ushlab turish, ya’ni “jahl chiqsa, aql ketadi” degan holatga olib kelish. Misol uchun, G‘arb ommaviy axborot vositalari (OAV) va «Al-Jazira» telekanalining Qaddofiy samolyotlari «tinch» namoyishchilarni «bombardimon qilgani» oqibatida Liviya ko‘chalarida yuzlab o‘liklar yotgani, begunoh xalq ayovsiz qirilayotgani haqidagi axborotlardan so‘ng BMT maxsus rezolyutsiya qabul qilishga «majbur» bo‘ldi. Haqiqatdan yiroq bu axborotlar ta’siri ostida NATO Liviyani bombardimon qilishi va yaqin kelajakda bu mamlakat Afg‘oniston va Iroq kabi bosib olinishi mumkin bo‘lib qoldi… Axborot hujumlari hatto musulmon olamining mashhur va nufuzli olimi Yusuf Qarzoviyni ham chetlab o‘tmadi. Shayx Qarzoviy ham yolg‘on axborot (dezinformatsiya) qurboniga aylanib, Qaddofiyning hokimiyatda qolishiga qarshi fatvo berib yubordi. Ba’zi imomlar esa Qaddofiyni Allohning va dinning dushmani deb, unga takfir e’lon qilishdi. Ehtimol, u yomon siyosatchi bo‘lgandir, biroq u Afrika qit’asidagi ko‘plab qabilalarning Islomga kelishiga sababchi bo‘lgan, dunyodagi ko‘plab musulmonlarga homiylik qilib turadigan, namozxon kishi edi. Vaholanki, Liviyada yashayotganlar telefon orqali hech qanday bombardimonlar bo‘lmaganini, o‘liklar ham yo‘qligini, bolalar maktablariga, kattalar esa ishlariga borib kelayotganini aytib turdilar. Haqiqiy bombardimonlar esa BMT qabul qilgan rezolyutsiyadan keyin, G‘arb koalitsiyasi tomonidan amalga oshirildi. Bu elektron OAVlaridagi yolg‘on va soxta axborotning (dezinformatsiya) yopirilishi va uning oqibatiga bir misoldir. Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, axborot ta’siri kutilgan natijani berishi uchun zarur paytda yolg‘on xabar tarqatish (dezinformatsiya) bosimini kuchaytirib, axborot jang maydonini (poligonini) yolg‘on ma’lumotga to‘ldirib yuborish, zarur paytlarda esa axborot bo‘shlig‘ini (vakuum), ya’ni axborot olish juda muhim bo‘lgan vaqtda axborot bermay «axborot ochligini» tashkil qilish kabi usullardan foydalanish mumkin. Axborot urushlari turli xil aloqa (kommunikatsiya) vositalari yordamida amalga oshiriladi. Vositalar navi (assortimenti) juda boy bo‘lib, unga mashhur OAVlardan boshlab mish-mishlar, g‘iybatlar va hatto latifalargacha (anekdot) kiritish mumkin. Kechagi axborot urushlari bugungisidan batamom farq qiladi. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanib ketishi, sun’iy yo‘ldosh televideniyalar, internet tarmoqlari boshqalar uchun yopiq bo‘lgan ma’lum hudud, ya’ni lokal konfliktlarning zudlik bilan tarqalishi ularga olamshumul ahamiyat berilishiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda Xitoyda 500 million, Rossiyada esa 50 millionga yaqin internetdan foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya. Bu axborotlarning nafaqat milliy manfaatlar, xavfsizlik va mamlakat suverenitetiga, balki shu mamlakatda yashayotgan musulmonlarga ham aloqasi bor. «Islomiy omil» esa bugungi kun axborot urushida yetakchi o‘rinni egallab oldi. Axborot urushini oddiy reklamadan farqlaydigan jiddiy belgi shuki, bunda asosiy maqsad qarshi tarafga nisbatan uning maqsadi va unga yetishish vositalaridan to‘liq foydalanishiga to‘sqinlik qilish, chalg‘itishdir. 1945-yili Markaziy Razvedka boshqarmasi xodimi (keyinchalik MRB direktori) Allan Dalles Kongressda AQShning Sovet ittifoqiga qarshi kurash strategiyasini quyidagicha bayon qilgan: 1. Axborot urushi atamasining paydo bo‘lish tarixi. 2. Globallashuv jarayonida internetning o‘rni. 3. Kibermakondagi xuruj va kiberqurollar. 4. Davlatlarning kibertahdidi. 5. Diniy ekstremistik va terroristik tashkilot (oqim)larning internet vertual olamidagi faoliyati. 6. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish. Axborot urushi «targ‘ibot» (propoganda) atamasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu atamani Rim Papasi 1622-yili katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi 30 yillik urushda ilk bor qo‘llagan. Papa mag‘lub bo‘layotgan katoliklarning jangovar ruhini ko‘tarish maqsadida maxsus kongregatsiya - targ‘ibot bo‘limini ishga tushirgan. 1622-yildan birinchi Jahon urushigacha targ‘ibot atamasi diniy ma’noda qo‘llanilgan. Dushman qo‘shinlari va kuchlariga ta’sir qilish uchun maxsus bo‘linmalar ilk bor ana shu urushlar davomida paydo bo‘ldi. Shuningdek, axborot urushi atamasi 1967-yili tilga olingan bo‘lib, bu iboraning muallifi sobiq sovet ittifoqiga qarshi boshlangan axborot urushining asoschilaridan biri Allen Dallesdir. 1985-yilda axborot urushi atamasi Xitoyda, 1995-yilda esa Rossiyada paydo bo‘ldi. 1992-yili AQSH harbiy qo‘mondonligi tomonidan Fors ko‘rfazida amalga oshirilgan «sahrodagi bo‘ron» amaliyoti uchun «axborot urushi» deb nomlagan alohida hujjat ham ishlab chiqilgan. 1992-yil 21-dekabr kuni esa Pentagon «axborot urushi» deb nomlangan T8 3600,1 farmoyishini qabul qildi. Bu hujjatda gap kelajakdagi urushlarda axborot resurslarni har tomonlama e’tiborga olish masalasigina bo‘lmay, balki AQSHga qarshi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi axborot texnologiyalarining milliy xavfsizlikka tahdidi borasida chuqur tashvishi ham bayon qilingan edi. Shtab rahbarlari qo‘shma qo‘mitasining raisi J.SHalikashvili tomonidan 1993-yili chop qilingan 30-sonli farmoyishda axborot urushlariga tegishli asosiy qoidalar va boshqarish tizimi bilan kurashish yo‘li batafsil bayon qilingan. Axborot urushi o‘ziga xos xususiyatlar bilan alohida mustaqil tur va boshqa urush turlariga qo‘shimcha element sifatida qaraladi (qurolli, mafkuraviy, iqtisodiy va hokazo). Bular urush va tinchlik davrlarida ham sodir bo‘ladi. Mazkur urushning miqyosi shunchalik kengki, ularga hozirlik o‘z oqimida bo‘lmay, balki tartibli ravishda va axborot urushlarining qonuniyatlariga tayangan va soha bo‘yicha chuqur bilimga asoslangan bo‘lishi kerak. Axborot urushi nazariyasini ishlab chiqish, uning qonuniyatlari, asoslari, turlari hamda uni tayyorlash va amalga oshirish qoidalari tizimini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot urushining maqsadi – shaxsiy axborot xavfsizlikni yuqori sifat bilan ta’minlash va raqib tarafidan etkaziladigan talafot oqibatlarini eng yuqori darajada kamaytirishdir. Buni bir qator vazifalarni yechish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin, ular orasida eng muhimi raqibning axborot muhitidagi obyektlarini yo‘q qilish va o‘z ma’lumotlarini himoya qilish hisoblanadi. Bular axborot urushlari tarkibini, tuzilishi hamda maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Bundan tashqari, axborot urushi mohiyatiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi, bular orasida siyosiy, iqtisodiy, ruhiy hamda harbiy va axborot omillari bor. Axborot urushi mohiyati shakllanayotganida siyosiy omil muhim ahamiyatga ega, xususan u quyidagilarni belgilaydi: uning vazifa va maqsadlari; uning paydo bo‘lishi va uni tugatish yo‘llari; uni olib borish va davom ettirish uchun qilinadigan sarf-harajatlar; uni olib borish uchun moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Axborot urushining kuchayishi va uning mohiyatiga iqtisodiy omilning katta ta’siri bor. Mamlakatning axborotlashuv darajasi iqtisodga bog‘liqdir. Urush va tinchlik davridagi axborot urushlarining samaradorligi ham aynan shu omilga bog‘liq. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot axborot urushi vositalarini yanada mukammallashtirib, uning nazariyotida inqilobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Psixologik omil esa axborot urushi nazariyasini amalga oshirishda hal qiluvchi ta’sirga egadir. Axborot tizimi xodimlarining umumiy va kasbiy tayyorgarligi, uning mafkuraviy vatanparvarligi va ruhiy holati, mamlakat manfaatlari himoyasidagi fidokorligi axborot urushlarida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Axborot urushi kuchayishi asosida harbiy omil yotibdi. Harbiy doktrina qoidalari, dushmanlarning (raqiblarning) harbiy doktrinalari, axborot urushi vositalari taraqqiyotining holati va istiqbollari, bu sohada to‘plangan tarixiy tajriba va bilimlar axborot urushining vazifaviy qoidalarini ishlab chiqishning asosiy bazasi bo‘lib, uning yo‘nalishi va taraqqiyotini belgilab beradi. Axborot omili esa, axborot urushi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular mamlakatning qay darajada axborotlaShuv darajasiga ham bog‘liqdir. Bu omil urushning chegarasi, qoidalari, uning bosqichlari, zarba nishonini aniqlash va zarba yo‘nalishini belgilash, kuchlarning tuzilishi, raqibning axboriy muhitda turli harakatlar qilish imkoniyatlarini belgilab beradi. Axborot urushida jamoatchilik fikriga ta’sir qilish uchun «axboriy-ruhiy bosim» uslubi qo‘llaniladi, u quyidagilar bilan bog‘liq: ma’lumotlar ichida «ma’lumotlar»ni berish (yolg‘on ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan); ma’naviy-madaniy xususiyatlarini e’tiborga olib, ta’sir qilish. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bunday uslublar turli xil ko‘rinishda uchrab turadi. Masalan, Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi Burlar bilan olib borgan urushda Burlar tezda Olmaniya, Irlandiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatib, u erda Buyuk Britaniya haqida ayollar va bolalar bilan kurashayotgan davlat ekani haqidagi tasavvurini shakllantirgan. Oqibatda ular xalqaro jamoatchilik fikrini o‘ziga kerakli ruhda shakllantirishidan tashqari qurol-yarog‘ yetkazib turish va ko‘ngillilar otryadlarini tuzish kabi ishni ham uddalay olishgan. Burlarning ba’zi partizan guruhlari harakatlarining keng yoritilishi alohida ahamiyat kasb etdi va engilmas ingliz qo‘shinlari haqidagi afsonani yo‘qqa chiqarishda qo‘l keldi. Targ‘ibot - mustaqil harbiy yo‘nalish sifatida birinchi jahon urushi davrida shakllandi. Masalan, AQSHda Olmoniya va AQSH aholisiga ta’sir (turli jihatlardan) qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Krili qo‘mitasi tashkil qilindi. Axborot urushlarining muhim qismlari quyidagilardir: dushman ko‘zidan yashirish, yashirinish vositalarini zudlik bilan qo‘llash, ruhiy bosim amaliyotlari, radioelektron kurash, boshqaruv tizimining o‘t ochish yo‘li bilan yo‘q qilinishi, josuslik, raqib tarafning mudofaasidagi boshqaruv tizimini izdan chiqarish kabilardir. 1995 yili axborot urushi haqida AQSH armiyasining yangi Nizomi chiqdi, milliy xavfsizlik universiteti esa bu sohada ilk mutaxassislar guruhini tayyorladi. 1994 yildan boshlab axborot urushlari muammosi bo‘yicha turli xil ilmiy anjumanlar uyushtirib kelinmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida AQSH informatika va axborot urushlarini tayyorlash uchun harajatlarini uch barobarga oshirdi va endi bu harajatlar davlat byudjetining 20 foizini tashkil qildi. 2001 yili nemis razvedkasi bundan keyin axborot urushlarining kuchayishi tahdididan dunyoning barcha maxsus xizmatlarini ogohlantirib qo‘ydi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bir qator davlatlarning maxfiy xizmatlari muntazam tarzda axborot urushiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda (mutaxassislar bayonotlarida rasmiy ravishda bu mamlakatlarning nomlari aytilmagan). Ularni raqib tomon kompyuteridagi ma’lumotlar bazasini yo‘q qilishga o‘rgatishmoqda. Axborot urushining asosiy mohiyati mamlakatni boshqarish tizimiga talafot yetkazib vaqtincha ishdan chiqarish yoki uni tezda butunlay yo‘q qilishdan iborat. Axborot urushida eng oldin nishonga olinadigan nuqtalar harbiy tuzilmalar, keyin esa turli nufuzli tashkilotlar, bank tizimlari, politsiya va transportga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Masalan, Fransiyadan sotib olingan «Miraj» rusumli samolyotlarning hech qaysisi Iroq urushida uchmadi. Chunki ular ichiga yashirin elektron moslama o‘rnatilgan bo‘lib, fransuzlar yordamisiz samalyotlarni havoga ko‘tarish ilojsiz edi. Fransuzlar Shunday qilib o‘zlariga kerakli vaziyatda bu holatdan a’lo darajada foydalanishgan. Bunday uslublarni NATO YUgoslaviyadagi havo urushida ham qo‘lladi. Amerikalik harbiy xakerlar (kompyuter tizimini buzib, bostirib kira oladigan ustamonlar) serblarning havo mudofaa tizimini ishdan chiqara olishdi. Nemis razvedkasi mutaxassislari bu hiyla axborot urushi vaqtida qo‘llaniladigan yagona uslub emasligini ham ko‘rsatib berishgan. Albatta, O`zbekistonda mustaqillikning o`tgan 15 yili mobaynida ommaviy axborot kommunikatsiyasi soxasida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi.Eng avvalo, xar bir fuqaroning so`z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish xuquqi Konstitutsiya bilan kafolatlandi.Ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo`llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko`paydi. Bularning xammasi mamlakat ichki xayotida milliy axborot tizimining o`ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Shu bilan birga O`zbekiston jaxon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etdi.Bu nafaqat davlat va xokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat- notijorat tashkilotlar, xatto, aloxida fuqarolarning dunyo axborot bozoriga bemalol kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling