Referat mavzu: Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Tayyorladi: Muhammadjonov Shoyatbek Andijon-2023 Axborot urushi tushunchaning mazmun va mohiyati. Reja


Axborot soxasida milliy xavfsizlikni taminlashning samarali yo`llari


Download 136.5 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1238448
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot urushi tushunchaning mazmun va moxiyati. tayyor

Axborot soxasida milliy xavfsizlikni taminlashning samarali yo`llari.

Axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta`minlash maqsadida fuqarolik jamityati institutlari- jamiyat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular so`zi va fikrining ta`sirchanligini oshirish kerak. Toki xar qanday umummanfaat va umumtaraqqiyot yo`lida aytilayotgan so`z xar bir tinglovchi qalbiga kirsin, onggiga singsin. Uni rag`batlatirsin, ruxlantirsin, milliy yakdillikka, milliy birlikka da`vat etsin.
Albatta, axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta`minlashning eng samarali yo`llaridan biri to`g`ridan-to`g`ri xar qanday buzg`unchi g`oyalarga, jamoatchilik fikrini buzadigan xabarlarga asosli tarzda qarshi tura bilish.Ikkinchi tomondan ayni ana shu qarshi targ`ibot mexanizmini samarali boshqarishni ta`minlash.
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday hodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u yoqda tursun, uni boshqarish, tartibga solish xam mumkin bo`lmay qolmoqda. Demak, bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan:
Birinchidan, jamoatchilik fikrini o`zgartirayotgan, chalg`itayotgan vayronkor axborotlar tashqaridan, o`ziga xos ximoya qalqoniga ega bo`lgan makonlardan kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo`l qo`ymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barxam berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog`liq xoldagi targ`ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo`lidan borish.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, xar qanday xujumkor va buzg`unchi g`oyaga qarshi o`z vaqtida, mo`ljalni aniq olib munosabat bildirishda extiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yo`l qo`ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta`sir o`tkazish usullarini o`zlashtirmoq lozim.
Axborot soxasida axborot xuruji qizg`in avj olgan bir paytda ayni shu xurujlar moxiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jixatlarini chuqur o`rganish lozim. Buzg`unchi va xujumkor axborotlar maqsadi, muddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to`g`ri o`rganilsa, ularga shunchalik to`g`ri va ishonchli zarba berish mumkin bo`ladi.


  1. Download 136.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling