Referat mavzu: Biznesni tashkil etish Reja: Biznesni tashkil etish tartibi


-ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilganbitimga muvofiq, biznes faoliyatining moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob qilishi


Download 226 Kb.
bet7/10
Sana24.09.2023
Hajmi226 Kb.
#1687066
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Referat mavzu Biznesni tashkil etish Reja Biznesni tashkil eti

-ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilganbitimga muvofiq, biznes faoliyatining moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob qilishi;
-maxsus bilim va ko‘nikma talab qilinadigan ishlarga faqatgina zarur tayyorgarlikka ega, kasb-kori jixatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi muqarrardir.
Tadbirkorning ma’suliyatlari.
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarining ijrosi, boshqa sub’ektlarning mulkiy huquqlarni buzganligi, bexatar mexnat sharoitlariga rioya etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar etkazadigan maxsulot etkazib berganligi, atrof-muxitga zarar etkazganligi, yakka xokimlikka qarshi qonunlarni buzganligi uchun, tadbirkor o‘z mol-mulk doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘lib hisoblanadi. Mulkiy da’volar tadbirkorning merosxurlariga xam taalluqli bo‘ladi, lekin ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi zarur.
Moliya va kredit munosabatlari.
Foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mexnat jamoasi a’zolarining, biznes faoliyatilar, tashkilotlar,
fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar biznes faoliyati moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir. Biznes faoliyati tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa biznes faoliyatilarning kreditlaridan ham foydalanadi. Tadbirkor pul mablaglarini saqlash hamda barcha turdagi hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun biznes faoliyati ro‘yxatga olingan joydagi har qanday bankda, boshqa joydagi bankda esa- shu bankning roziligi bilan hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochishi ham mumkin. Ish haqi to‘lash va byudjetga to‘lovlar barcha biznes faoliyatilar uchun birinchi galdagi to‘lovi bo‘lib hisoblanadi. Xisob-kitoblarning boshqa turlarini biznes faoliyati kalendar tartibiga muvofiq amalga oshiradi. Biznes faoliyati xaridor (iste’molchilar)ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga maxsulot etkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun Biznes faoliyati xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Biznes faoliyati foiz to‘lash sharti bilan boshqa Biznes faoliyatilarga kredit berishi ham mumkin. Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan Biznes faoliyati bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday Biznes faoliyatilarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling