Referat mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metod va vositalari


 Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni


Download 197.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1378884
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
G\'afforberganova Zuhrajon referat

 
3. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni 
o’tkazish usullari. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy 
tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing 
o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni 
yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish 
uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan 
qurmoq lozimdir.Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, 
tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga 
suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik
hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash 


mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va 
ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish. o’quvchilar kundalik faoliyatlarining 
hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori 
qo’yishga o’rgatish.jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona 
hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.Kichik yoshdagi maktab 
o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan 
mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: 
1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) 
moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya 
bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab 
etiladi; 
2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash; 
3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish; 
4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal 
qilish; 
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv 
jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni 
qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan 
chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. 
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning 
madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, 
ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.Tarbiya 
jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, 


e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. \- o’zini anglash, mustaqil 
fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik. 
Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga 
oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni 
tavsiya etamiz.Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, 
“Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni 
bolalarning 
ongida 
o’ziga 
xos 
va 
mos 
ravishda 
singdiradi. 
Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan 
foydalanish. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, 
ishonch-e`tiqodni tarbiyalash.Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini 
izohlash.Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik. Ayniqsa bog`cha va kichik maktab 
yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: 
o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga 
qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar. 
Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini 
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir 
Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-sekin 
tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-atrofdagi 
muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Shaxsning bu tutgan 
yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevarak-atrofdagi hayot sharoitlarining turlicha salbiy 
ta’siri shuncha kuchsiz bo‘ladi.Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘qituvchi-
tarbiyachilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning 
maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga 
to‘g‘ri keladi. Bu kamchiliklar avvalgi tarbiya jarayonida, ko‘pincha oilada tarkib 
topgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z harakatlarini va ota-onalarning harakatlarini bu 
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalarning 


oiladagi hayot sharoitlarini o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto‘g‘ri xatti-harakatni 
keltirib 
chiqaruvchi 
sabablarni 
mumkin 
qadar yo‘qotish talab etiladi. 
Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari o‘zaro 
mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun jarayonida 
doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazadi.Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari 
bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari borki, ularga 
amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu qoidalar tarbiyaviy 
ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. 
O‘qituvchilar o‘quvchilar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida 
imon-’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Men ishimni xulosalab quyidagi 
tavsiyalarni beraman:Ma’naviyat ishlari bo`yicha director o`rinbosari qobiliyatli, 
iste’dodli bilimli, maxoratli, o`z ishining ustasi, o`z obro`siga ega bo`lgan bo`lishi 
kerak.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan xolga keltirish uchun 
tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy etibor bola 
shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish 
zarur.Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar o`rtasidagi 
bir-biriga xurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mexribonlarcha 
munosabatda bo`lish kerak.Yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish 
kerak.Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarbiyalash kerak.Jamiyatda yuksak 
ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, shakllanayotgan milliy mafkurani o`quvchi – 
yoshlar ongiga mukammal yetkazish kerak.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar 
yo`nalishiga bevosita raxbarlik qilgan xolda o`qituvchilar, sinf raxbarlari, ota-onalari, 
sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish. O`quvchilarni tarbiyaviy tadbirlarga jalb 
qilish va qiziqtira olish kerak.Tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirish va uning 
natijasini 
amaliy 
hayotda 
tadbiq 
etish 
kerak. 




Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling