1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida……………… 3
- 4: “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga davlat ta’minoti va ularga beriladigan imtiyozlari……………………………… 23
- 6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o’quv yiginlarga chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi …………………………….. 38
- 9: Ish yuritish va xizmat yozishmalari. Mavzu-1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI ChAQIRIQQAChA HARBIY TA’LIM FAKULTETI FANIDAN MA’RUZALAR MATNI FARG’ONA - 2011 Mundarija: 1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida……………… 3 2: O’zbekiston Respublikasi qonunlarida harbiy qurilish masalalari. 9 3: Askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining harbiy xizmati. 16 4: “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga davlat ta’minoti va ularga beriladigan imtiyozlari……………………………… 23 5: Huquqbuzarliklarga qarshi kurash. Harbiy hizmatchilar va harbiy o’quv yig’inlarga chaqirilganlarning javobgarligi…………… 31 6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o’quv yiginlarga chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi …………………………….. 38 7: Harbiy adliya va surishtiruv organlari. Jinoiy ish yuritish. O’quv tarbiyaviy maqsadlar…………………………………... 41 8: Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari…….. 49 9: Ish yuritish va xizmat yozishmalari. Mavzu-1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida. O’quv tarbiyaviy maqsadlari. 1.Talabalarga harbiy qonunchilik va qurolli Kuchlar tashkil topishi bo’yicha nazariy bilim berish. 2.Talabalarni Vatan himoyasi yo’lida qiladigan ishlarida malarakarini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O’quv savollari. 1 Huquqning manba’lari va mohiyati. O’zbekiston Respublikasida qonunchilikning asosiy hususiyatlari 2.Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’zbekiston Respublikasi tizimidagi o’rni. Vatan humoyasi haqida. 3.Harbiy huquqning O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlaridagi ijtimoiy roli. Harbiy qonunchilik asoslari fanining maqsadi boshqa ijtimoiy bilimlar va o’quv fanlari bilan birgalikda bo’lajak zahiradagi ofitserlarni harbiy raxbar mutaxassisligiga tayyorlashdagi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanning asosiy masalalari birinchi kurs talabalarining yoshlarning chaqiriqqacha boshlang’ich tayyorgarligi bo’yicha turli ko’rinishda o’tkaziladigan mashg’ulotlari majmuasiga kiritilgan. . Bu fanni o’rganish vaqtida harbiy qurilish masalalari, askarlar va ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga beriladigan imtiyozlar, huquqbuzarlarga qarshi kurash, harbiy xizmatchilarning huquqiy javobgarligi, harbiy adliya va surishtiruv organlari, jinoiy ish yuritish, davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari va xizmat yozishmalari hamda ish yuritish xaqida bilim oladilar va o’rganadilar. Bu fanni o’rganishga 86 soat, ulardan ma’ruzaga 24 soat seminar va amaliy mashg’ulotga 26 soat va talabaning mustaqil ta’limi uchun 36 soat vaqt ajratilgan. Harbiy qonunchilk asoslari fani ofitser uchun, shu jumladan kasb hunar kollejlari harbiy rahbari uchun ham o’ta muhim bo’lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. Har biringiz kasb - hunar kollejlaridagi amaliyotning birinchi kunlaridayoq yangi bilimlarni egallash va ularni doimo aniqlashtirish va kengaytirish zarurligiga ishonch hosil qilasizlar. 1. Huquqning manbanlari va mohiyati. O’zbekiston Respublikasida qonunchilikning asosiy hususiyatlari. Tarix shundan dalolat beradiki, insoniyatning barcha rivojlanish bosqichlarida o’zaro tartib va uyushish ob’ektiv zarur bo’lib kelgan. Umumiy munosabatlarda ma’lum tartibning zarurligi tabiatdan insonlarning umumiy mehnati va ularning ijtimoiy hayotda birlashganlaridan kelib chiqadi. Intizomiy uyushish tartibga solishning har-hil yo’llari bilan amalga oshiriladi. Huquqning tarixiy kelib chiqishi, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va dushman sinflari yo’qolishining qonuniy natijasi bilan bog’liqdir. Huquq va davlat - jamiyatning bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tushunchalaridir. Ta’kidlab o’tilgandek huquqning kelib chiqishi davlat bilan bog’liqdir. Davlat va huquq - sinfiy jamiyatning eng avvalgi rivojlanish bosqichlarida mavjud bo’lgan. Huquqiy me’yorlar - organlar orqali davlat tomonidan o’rnatilishi, o’zgartirilshi va bekor qilinishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki huquq davlatsiz mavjud bo’lmaydi. Ammo davlat ham o’z o’rnida huquqsiz mavjud bo’lolmaydi. Birinchidan huquq davlat organlari va yuqori lavozimdagi shaxslarning vakolatlarini o’rnatish va cheklash uchun ham xizmat qiladi. Ikkinchidan - huquq aholi va davlat o’rtasidagi munosabatlarni ijtimoiy ko’rsatmalariga ko’ra yo’lga qo’yadi, umumiy tartib o’rnatish va uni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun biz huquqiy davlatni umumiy siyosiy - huquqiy uyushmasi sifatida ko’rib chiqamiz. Huquq o’ziga xos bo’lgan umumiy munosabatlarning regulyatorlaridan farqlovchi belgilarga ega bo’lib bu belgilar quyidagilardan iborat: Huquq davlat tomonidan o’rnatilib, bunyod etish, o’zgartirish va bekor qilish uchun qulay bo’lgan davlatning erkin normalari tizimini tashkil etadi. Huquqiy normalar davlat hukumati tomonidan rasmiy ravishda e’lon qilinadi va mahsus tasdiq hujjatlarida (qonunlar, qarorlar, harbiy nizomlar va hokozolar)da ifoda etiladi. Maksimal aniqlik, qonunchilik aktlarini hujjatlashtirishning muayyanligi aniqligini, ish tartibi, buyruqlar bajariluishini ustidan nazorat olib borishga imkon beradi va qonunchilikni qattiq tartib intizomni qaror topdirishda muhim yuridik kafolat bo’lib hizmat qiladi. Inson, boshqa inson hulq-atvor regulyatorlaridan o’zining normalarida davlat hukmronligini ifoda etish, insonlarga va ularning tashkilotchiligiga kafolatli davlat huquqlarini taqdim etish bilan farq qilib, ularga zaruriy hulq- atvorni o’zida aks ettiruvchi yuridik burchlarini yuklaydi va zid kelgan taqdirda ta’qiqlar o’rnatadi. Ko’rsatib o’tilgan ikki huquqiy belgi uning uch belgisini harakterlaydi. Huquqiy normalarning ijrosi, davlat tomonidan kafolatlanadi. Ular buzilishidan nafaqat jamiyat, balki insonlar huquqlari ham davlat apparati kuchiga tayangan davlat majburiyat choralari orqali ham himoyalanadi. Huquq jamiyat hayotida o’ziga hos funksiyani to’liq bajaradi. U jamiyat munosabatlarining davlat regulyatori, fuqorolarning qonuniy qiziqishlari, yani o’rnatilgan intizomni qo’riqlovchi vositasi bo’lib hizmat qiladi. Huquqiy va boshqa ijtimoiy me’yorlar orasidagi farq ularni ajratib qo’yishini anglatmaydi. Ularning barchasi doimo o’zaro ta’sirdadir va buyuk kelajak qurish maqsadidagi umuminsoniy jamiyat munosabatlarini tartibga solish masalalarini echishda bir birini qo’llaydi. Etakchi davlat organlari tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan, o’zida huquqiy me’yorlarni mujassam etgan yozma aktlar huquqiy masalalari deyiladi. Huquq manbalarning asosiylari quyidagilardir: - O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi; - O’zbekiston Respublikasining qurolli Kuchlari qonunlari; - O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining meyoriy buyruq va farmoyishlari; - Vazirliklar, davlat komitetlari va muassasalar; - Mahalliy kengashlar va ularning ijro komitetlarining meyoriy hujjatlari; - Davlat vakolat organlari tomonidan ruxsat berilgan jamoat tashkilotlarining meyoriy hujjatlari; - Davlat huquqlarini mukammallashtirib borishida doyimiy g’amho’rlik olib boradi va uning meyorlarida xalqning hohish va qiziqishlari aniq va ravshan yoritilishini, suveren O’zbekiston qurishning eng muhim zaruriyatlarini ko’rsatilishini ta’minlaydi. Meyoriy - huquqiy aktlar tizimida to’g’ri yo’l topish, kerakli, qonunlarni tez ishlab chiqish uchun hamda huquqiy meyorlarni mustahkamlash uchun kodeks, nizom va harbiy nizomlarni tartiblangan akt negizida birlashtirib o’tkaziladi. Shunday aktlarga misol qilib O’zbekiston Respulikasi qurolli Kuchlarning umumhariy nizomini kiritish mumkin. Muntazamlashtirishning mukammal ko’rinishlaridan biri bu qonunlar to’plami bo’lib, u o’zida O’zbekiston Respublikfsining qonunchilik aktlarini birlashtiradi. 2. Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’zbekiston Respublikasi tizimidagi o’rni. Vatan humoyasi haqida. Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimidagi o’rni. Vatanni himoya qilish haqida O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasida joriy etilgan huquqiy meyorlarni o’rganib, shuni ta’kidlash lozimki, ular davlat organlari tomonidan har hil vaqtda har hil savollar bo’yicha o’rnatilgan va har hil yuridik kuchdagi odatiy manbalarda aks ettirilgan. Buning natijasida bir tomondan ularning birdamligi va muvofiqligini ta’minlash zarurligi kelib chiqsa, boshqa tomondan amaliyot qiziqishlari ularni aniq bir jamiyat munosabatlari guruhlariga moslashtirgan holda differensiya qilish zarurligini aytadi. Bu ikki tomonlama masala shunday bir sistema tizimi yordamida echiladiki, u huquqiy normalarni o’zaro muvofiqlashtiruvchi harakterga ega bo’lib, jamiyat munosabatlarining muhim tomonlariga mos kelgan holda ularning bir biri bilan bog’liq bo’lgan soha va institutlariga ajratish ob’ektiv zarurligini o’zida ifoda etadi. Huquqning soha va institutlarga bo’lish har bir jamiyat munosabatlarini aniq tartibga solishga imkon berib kerakli huquqiy ahborotni qidirishni engil- lashtiradi, bu esa huquqiy buyruqlar ijrosini yahshi- lashga olib keladi. Harbiy huquqiy qonunlar shunday boshqa davlat aktlari to’plamini taqdim etadiki, ular o’zida qonunchilikning har hil soha normalarini aks ettiradi va qurolli Kuchlar hayotiy faoliyatini, bunyodkorligi va unda o’rnatilgan harbiy qonunchilikning poydevor meyorini tashkil etib, bu meyorlar O’R Konstituttsiyasining quyidagi moddalarida (52, 125, 126) o’z ifodasini topgan. Hajm bo’yicha uning muhim qismlaridan biri bu ma’muriy qonunchilik, Harbiy qasamyod, Harbiy nizom meyorlari, hamda har hil darajadagi harbiy hizmatchilarning hizmatni o’tash haqidagi va harbiy ho’jalik haqidagi qarorlari va nizomlar hamda boshqa meyoriy harbiy huquqiy aktlar hisoblanadi. Harbiy qonunchilik tarkibiga moliya, er, fuqorolik qonun normalari kirib, ular qurolli Kuchlar faoliyati va ta’minoti bilan bog’liq munosabatlarni yo’lga soladi. Shu bilan birga harbiy qonunchilik o’zida, jinoiy qonunchilikni, harbiylarning jinoiy javobgarligi va qurolli Kuchlarning o’ziga hos belgilarini hisobga olgan harbiy yustisiya organlari faoliyatini yo’lga soluvchi sudho’rlik va prokuror nazorati qonunchilik meyorlarini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harakteri va vazifalari ularga tayinlangan funksiyalar, harbiylar va harbiy boshqaruv organlari faoliyatining asoslari, nizomlari va maqsadlari ma’lum ravishda harbiy huquqqa ta’sir ko’rsatadi. Bu hususiyatlar quyidagilardan iborat: 1- Harbiy huquq davlat hayotidagi boshqa sohalarga qaraganda batafsilroq bo’lib, u harbiy munosabatlarni yo’lga soladi; 2- Harbiy huquq meyorlari, unga ko’rsatiladigan qayta qat’iylik bilan harakterlanadi; 3- Harbiy xizmatchilar qayd etilgan harbiy huquqlarni buzilishi va bajarmasligiga qarshi katta javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar; 4- Harbiy huquq uchun shunday manbalar harakterlidirki, ular tashkil etgan kompleks uning yadrosi hisoblanadi. Harbiy huquqni uni manbalari bilan o’rganish juda muhimdir. Bunday manbalar ichida eng muhimi va eng etakchisi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasidir. Uning harakterli jihati shundaki, u o’zida qurolli Kuchlar qurilishi sohasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yish normalarini ifoda etadi. Bunga O’zbekiston Respublikasi. Konstitut-siyasining 26 bobida (“Mudofaa va havfsizlik”) o’z ifodasini topgan 125-126 moddalarni aytib o’tishimiz mumkin hamda O’zbekiston Respublikasini himoya qilish-O’zbekiston Respublikasi har bir fuqorosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar degan iboralari bilan 52-moddani kiritish ham mumkin. Harbiy huquqlarning bajarilishiga umumiy harbiy nizomlar bilan bir qatorda yana bir qancha meyoriy hujjatlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, bular: harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi, ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari haqida qonunda belgilanganligidir. Harbiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda harbiy boshqaruv organlarini huquqiy aktlari etakchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari safida xizmat qilish qonunda, harbiy nizomlar, yo’riqnomalar, meyoriy qoidalar va O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va quyi harbiy boshqaruv organlarining qo’llanmalarida ko’rsatilgan. Ta’kidlab o’tilgan meyoriy aktlarda o’z ifodasini topgan huquqiy meyorlar, hamda huquqning an’anaviy meyorlari o’zining yig’indisida harbiy huquqni tashkil etadi. Shu tariqa harbiy huquq - bunyodkorlik, hayot, turmush sohasidagi munosabatlarni yo’lga soluvchi, O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarning prinstip va shakllarini mustahkamlovchi O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan huquqiy meyorlar yig’indisidir. Harbiy huquq shaxsiy tarkib tomonidan hizmatni o’tash tartibini, ularning huquq va burchlarini aniqlab beradi. O’ziga xos xususiyatlari evaziga harbiy huquq meyorlari O’zbekiston Respublikasining qurolli Kuchlarini tashkil etish va mustahkamlashda etakchi rol o’ynaydi. 3.Harbiy huquqning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi ijtimoiy roli va o’rni. Harbiy qurilish prinstiplari. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish sohasidagi siyosat asosida O’zbekistonni himoya qilish, uning xududiy yahlitligini saqlash, xalqimizning tinch – osuda hayotini saqlash yo’lidagi mehnati bo’ladi. Bu himoyaning muhim holatlari, harbiy qurilish prinstiplarida o’z aksini topgan. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi. 1. Ijtimoiy-siyosiy asoslar harbiy qurilishda davlatning o’rni, armiya va xalqning birligi, O’zbekiston Respublikasidagi barcha xalqlar do’stligi va mustaqil davlatlarning do’stligi. 2. Qurolli Kuchlarning tashkiliylik prinstiplari, ularni jangga doimiy tayyor turishlari, harbiy qurilish rahbarlikni markazlashtirish, birdamlik, ongli harbiy intizom, qonuniylik, kadrlarni ularning ish qobiliyatiga ko’ra joylashtirish o’qitish va tarbiyalash prinstipi. Harbiy huquqning ijtimoiy roli - o’zining normalarida harbiy qurilish prinstiplarini mustahkamlashda, ularni umumiy majburiy huquqiy qoidalar tizimida qo’shilishini ta’minlashida o’z aksini topadi. Bu o’z yo’lida harbiy qurilish prinstiplarini hayotda qo’llashga, qo’shinni yuqori harbiy jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan harbiy huquqni kuchayishiga olib keladi. Harbiy huquq harbiy munosabatlarini tartibga solishda muhim ro’l o’ynaydi. Armiya shunday organizmki, u davlat tomonidan o’rnatilgan va har doim yashovchi va tayyor turuvchidir. Huquqiy aktlar orqali Qurolli Kuchlar turlarining va harbiy harakatlarini boshqarishda qo’shin turlarining munosabatlarini tartibga solishda, muhim o’rinni egallaydi. O’zining tashkiliy va tarkibiy roli bilan harbiy huquq harbiylarning jipslashuvi va birlashuviga, ularning jangovar maxoratini oshirishga va qonuniy hohish va huquqlarni amalga oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Harbiy huquqning yuridik asosi. Harbiy xizmatchilarni o’qitish va tarbiyalashning yuridik asosini harbiy huquq tashkil etadi. Birinchidan, huquqda harbiy xizmatchilarni o’qitish va tarbiyalash masalalari, shaxsiy tarkib faoliyatining uslub va shakllari hamda vositalari aniqlanadi. Ikkinchidan, huquq o’zida harbiy ishlarni mukammallashtirish va rivojlantirish natijasida erishilgan katta ilmiy darajadagi boy tajiribalarini gavdalantiradi. Uchinchidan, huquqda qat’iy bajarilishi lozim bo’lgan tashkiliy va harbiy -texnik qoidalar majmuyi mavjud. Huquqiy hujjatlarni o’rganish harbiylarning o’z bilimlarini doimiy rivojlantirib borishiga, harbiy sohadagi o’zgarishlardan xabardor bo’lib turishiga yordam beradi. Harbiy qismning jangovar tayyorgarlik darajasi to’g’ridan-to’g’ri harbiy taktika, harbiy xizmatchilarni jangovar texnika va qurollarini qay darajada bilishlariga, ularni to’g’ri jangda qo’llash va olgan bilimlariga bog’liqdir. Harbiy huquqning ya’na biri shuki, u ilmiy tavsiya va ilg’or tajribani qo’shin hayoti va faoliyatiga joriy qilish imkonini beradi. Ilmiy texnikaviy va qurollantirishiga sabab bo’ladi. Bu muommoni ilmiy tomonidan hal etish negizida ularni chuqur o’rganish va tekshirish, bunyodkorlik tajribasidagi yangi va yetakchi vositalarni umumlashtirish metodi yotadi. Davlat va uning qurolli Kuchlarida ishlab chiqilgan yangi rekonstruktsiyalarni hayotga iloji boricha tezroq qo’llashga intiladi. Buni amalga oshirish uchun, bu yangi ilmiy tavsiyalarni huquqiy normalarda o’z vaqtida aks ettirish lozim. Ilg’or tajribani xizmatda qo’llash ham shunga muvofiqdir. Jangovar harakatlarni olib borishdagi yangi yutuq va usullar normativ aktlarda o’z aksini topgan harbiy xizmati va jamoalarning ilg’or tajribasi sekin-asta harbiy-huquqiy munosabatlar qatnashchilarining mulkiga aylanadi. Harbiy tartibni saqlashning asosiy kafolati bo’lib, harbiylarning bilimlari, nizom va qarorlarning to’g’riligidagi ishonch hisoblanadi. Qurolli Kuchlarda tartib saqlash ishlarida harbiy huquqiy normalardan keng foydalaniladi. Ularning roli har - xil yo’nalishlarda o’z aksini topadi. Shunday yo’nalishlardan biri, bu harbiy intizom va tartibga zaxmat ko’rsatuvchi harakatlarni nizom va meyoriy aktlarda ta’qiqlash hisoblanadi. Bunday ta’qiqlarga harbiy xizmatni o’tash chog’ida o’rnatilgan tartibga zid bo’lgan harakatlar uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qonunni misol qilib keltirish mumkin. Ta’qiqlar qurolli Kuchlarda tartib-intizomni saqlashga yordam beradi. Agar biz harbiy huquqning tarbiyaviy imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tmasak harbiy huquqning ijtimoiy rolini to’liq tavsiflay olmas edik. O’zbekiston Respulbkasi Konstituttsiyasining moddalari nafaqat fuqarolarning huquq va burchlarini yuridik rasmiylashtirish, balki u insonlarni tarbiyalashda ham muxim omil bo’lib hisoblanadi. Harbiy huquq o’zining tarbiyaviy ta’sirini buyruq va nizomlarni o’rganish va ularni bajarish chog’ida amalga oshiradi. Harbiy huquqning tarkibi bilan tanishuv xizmatchilarga ularga ko’rsatilayotgan talablarni qonuniyligini anglashga, huquqiy meyorlarga asoslangan harbiy tartibga hurmat bilan qarashga, o’zlari qilayotgan ishining kafolatlari ishonchliligiga ishonishiga imkon beradi. Bu o’z yo’lida qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini yuqori huquqiy bilimlarini rivojlantirishga, uning huquqiy madaniyatini oshirishga, harbiy intizomni mustahkamlashga olib keladi. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarni ularni tashabbuskorligi, hayrati, qahramonligi va xizmatdagi loyiq harakati uchun taqdirlash yoki intizomni buzganlar uchun jazo qo’llash harbiylarda intizom huquqini meyor talablariga qattiq rioya qilishga olib keladi. Oxir-oqibat esa ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydi. Huquqning tarbiyaviy ta’siri shunisi bilan kuchaytiriladiki, u millati, ilmiy darajasi, mansabi, harbiy unvonidan qat’iy nazar barcha harbiylarga bir xil talab qo’yadi, bu harbiy jamoani jipslashuviga, boshliq va bo’ysinuvchi orasidagi ishonchni, huquqiy buyruqlarni ongli ravishda bajarilishini kuchayishiga olib keladi. Bu borada harbiy huquqga bog’liq bo’lgan harbiy munosabatlarning reglamentattsiya faoliyati ham katta ro’l o’ynaydi. U harbiy huquqlarda harakatni umumiy jipslashuviga olib keladi. Shu tariqa harbiy huquqga qurolli Kuchlarni mustahkamlash uchun ishlatiluvchi vositalar ichida katta o’rin beriladi. Armiya murakkab tuzilishdagi vositalarga ega, ularning ishlatilishi ko’pgina vositalarga ega, ularning ishlatilishi ko’pgina insonlar harakatining birligi bilan bog’liq bir paytda huquqning roli ayniqsa muhim bo’lib, u harbiy xizmatchilardan bor huquqiy meyorlarni to’liq bilishni va ularni kerak holatlarda to’g’ri va aniq qo’llanilishini talab etadi. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling