1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-7: Harbiy adliya va surishtiruv organlari. Jinoiy ish yuritish
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
Mavzu-7: Harbiy adliya va surishtiruv organlari. Jinoiy ish yuritish.
O’quv tarbiyaviy maqsadlar. 1 O’quv savollari: 1. Harbiy prokuratura faoliyatini tashkil etish, vazifalari va tamoyillari. 2. Harbiy prokuratura faoliyatining asosiy yo’nalishlari va qoidalari. 3. Jinoiy sud ishlab chiqarishi vazifa va tamoyillari. 4. Qurolli Kuchlarda tergov olib borish. 5. Harbiy sud jarayonini shahsiy tarkib ishtirokida o’tkazish. 1. Harbiy prokuratura faoliyatini tashkil etish, vazifalari va tamoyillari. Qonunni muhofaza etish organlari tizimida prokuratura muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunadigan prokurorlar zimmasiga mamlakatda qonunlar aniq va bir xil bajarilishi ustidan oliy nazorat yuklangan. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonunlarning bajarilishi ustidan oliy nazorat O’zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo’ysunadigan harbiy prokurorlar zimmasiga yuklatilgan. Qurolli Kuchlarilarda bevosita nazoratni amalga oshiradigan organ va mansabdor shaxslar birgalikda harbiy prokuraturani tashkil etadi, uning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prokuratura to’g’risidagi qonuni (9,12,92) va harbiy prokuratura to’g’risida nizom bilan boshqariladi. Harbiy prokuratura quyi harbiy prokurorlarning yuqoridagilariga va O’zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga bo’ysunishi bilan markazlashtirish tamoyili asosida qurilgan. Bosh harbiy prokuror O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi (XXII bob) va amaldagi qonunchilik asosida ish yuritadi. U qonunlarni to’g’ri va bir xil qo’llash ustidan nazorat, har qanday mahalliy tafovutlar va mahalliy hamda idoraviy ta’sirlardan qat’iy nazar qonunlar buzilishini aniqlash va o’z vaqtida bartaraf etish, buzilgan huquqlarni tiklash, aybdorlarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo’yicha ish olib boradi. 2. Harbiy prokuratura faoliyatining asosiy yo’nalishlari va qoidalari. Harbiy prokuratura organlari faoliyati qonun ustivorligini ta’minlash, huquq tartibotni mustahkamlash, shaxs erkinliklariga dahl qilishdan himoyalash, davlat mustaqilligi, ijtimoiy davlat qurilishi, siyosiy va iqtisodiy sistema, Konstituttsiyada belgilangan milliy guruhlar va hududiy tuzilmalar huquqlari va shu kabilarga qaratilgan. Harbiy prokuratura organlari tizimi Qurolli Kuchlar strukturasiga mos tuzilgan va uch asosiy bo’g’indan iborat: oliy bo’g’in-Bosh harbiy prokuratura, o’rta bo’g’in O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari turlari harbiy prokurorlari, quyi bo’g’in - gornizonlar, qo’shimchalar va ularga tenglashtirilgan harbiy prokuraturalar. Bosh harbiy prokuratura boshqaruvchi harbiy prokurorlik organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tarkibida tashkil etiladi. Uni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadigan O’zbekiston Respublikasi Bosh harbiy prokurori boshaqaradi. U birinchi o’rinbosar, o’rinbosar, katta yordamchilar va yordamchilarga ega. Bosh harbiy prokuraturada boshqarmalar, bo’limlar, devonxona, qabulxona, shuningdek, harbiy prokuratura faoliyatining tobora muhim masalalari muhokama etiladigan komissiya tuziladi Boshqarma va bo’limlar tarkibida katta harbiy prokurorlar va harbiy prokurorlar bor. Bosh harbiy prokuror huzurida o’ta muhim ishlar bo’yicha katta tergovchilar bo’lishi mumkin. Qurolli Kuchlar turlari harbiy prokuraturasi o’ziga bo’ysungan harbiy prokuraturalar uchun boshqaruv organi sanaladi. Unga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan Qurolli Kuchlari turlari bosh prokurori rahbarlik qiladi. U bo’lim va devondan iborat, harbiy prokuror birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlar, katta yordamchilar va yordamchilar, o’ta muhum ishlar bo’yicha tergovchilar va katta tergovchilarga ega. Bo’limlarda bo’lim harbiy prokurorlari faoliyat yuritadi. Garnizon harbiy prokuraturasiga Bosh harbiy prokuror tayinlaydigan gornizon harbiy prokurori rahbarlik qiladi. U o’rinbosarlar, katta yordamchi va yordamchilar, shuningdek, tergovchi va katta tergovchilardan iborat bo’ladi. Garnizon va harbiy prokurorlari harbiy prokuratura tizimi asosini tashkil etadi. Harbiy prokuraturaning qonun ustivorligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qonunbuzarlikning oldini olish va tugatish yuzasidan ishlari quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi: qonunlar, harbiy nizomlar va boshqa harbiy qonun hujjatlarining harbiy qismlar, muassasalar, Oliy O’quv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar, barcha harbiy xizmatchilar va o’quv yig’inga chaqirilgan harbiyga majburlar ustidan nazorat olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tergov organlari tomonidan, harbiy prokuratura tergovchilari, shuningdek, tergov organlari va havsizlik organlari tergovchilari tomonidan olib boriladi. Harbiy tribunal tasarrufida tergov qilishda qonunchilikka rioya etish ustidan nazorat; harbiy sudlarda ishlarni ko’rishda qonuniylik ustidan nazorat; qonun va harbiy nizomlarga gauptvaxtalar va qamoqqa olingan yoki ushlangan harbiy hizmatchilar aniqlanadigan boshqa joylarda,intizomiy batal’onlar, shuningdek, harbiy sudlar tayinlagan jazolarni qismlarda bajarish chog’ida amal qilish ustidan nazorat, harbiy prokuratura O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qonunbuzarliklar jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga chaqirilgan. Shu bois unga dastlabki tergovni olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoyatchilik sabablarini aniqlash va bartaraf etish yuklatilgan. Prokuratura huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha choralarni ishlab chiqish, harbiy qonunchilikni takomillashtirishi va qonunlur targ’ibotida faol ishtirok etadi. Umumiy nazorat vazifalarini bajarish uchun harbiy prokurorlar tegishli vakolatlarga ega. Umumiy nazorat olib borar ekanlar prokuror o’z kompetenttsiyasi doirasida: harbiy boshqaruv organlari, komandirlar (boshliqlar) va Qurolli Kuchlar boshqa mansabdor shaxslari tomonidan ishlab chiqilgan buyruqlar, yo’riqnomalar boshqa xujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, qonunlar va harbiy nizomlarga muvofiqligini tekshirish uchun talab qilib oladi; komandir (boshliqlar)dan tegishli xujjatlar, materiallar, shuningdek, ularga bo’ysunadigan harbiy qismlar faoliyatini tekshirish va taftishlarni qonun buzilishlari haqida mavjud ma’lumotlar sababini talab qiladi; qonunlarning harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar tomonidan bajarilishini arizalar, shikoyatlar va boshqa ma’lumotlar asosida tekshiriladi ; mansabdor shaxslar, harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolarni chaqirib ulardan qonun buzilishlar bo’yicha tushuntirishlarni talab qiladi. Harbiy boshqaruv organlari chiqarayotgan buyruqlar va boshqa xujjatlarga protest yozadi; huquqbuzarlarni javobgarlikka tortadi, intizomiy yoki ma’muriy ish qo’zg’atadi; qonunda ko’zda tutilgan xollarda huqubuzarlik sodir etgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni harbiy jamoalarga chora ko’rish uchun yuboradi yoki bunday shaxslarni qonun buzilishi haqida ogohlantiradi; qonun buzilishi bilan etkazilgan moddiy zararni qoplashni belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko’radi; harbiy boshqaruv organlari komandirlar va boshqa mansabdor shaxslarga qonun buzilishlarini tugatish, ularning sabablari va sharoitlarining oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi. Surishtiruv organlari va dastlabki tergov chog’ida qonunlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirib borib, harbiy prokuror o’z vakolati doirasida: bu organlardan tekshirish uchun sodir etilgan jinoyatlar to’g’risidagi hujjatlar, jinoyat ishlari va boshqa ma’lumotlarni; jinoyatchini aniqlash va qidirish haqida hujjatlarni talab qiladi, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqida ariza va ma’lumotlarni hal etishda qonun talablari bajarilishini talab qiladi; jinoiy ish qo’zg’atadi yo buni rad etadi, jinoyatlarni tergov qilish va tasniflash, oldini olish chorasini tanlash masalalarida yozma ko’rsatma beradi; tintuv, pochta-telegraf axborotini ro’yxatga olish va ayblanuvchini lavozimidan bo’shatishni sanktsiyalaydi; tergov va qamoqda saqlanish muddatini uzaytiradi va shu kabilar, tergovchilar va surishtiruv olib borgan boshqa shaxslarning noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi; ularni surishtiruv yoki dastlabki tergovdan chetlatadi; agar ular qonunni buzgan bo’lsa, surishtiruv organidan ishni oladi va tergovchiga topshiradi, ishni dastlabki tergovning bir organidan boshqasiga o’tkazadi, jinoiy-prostessual qonunchilikda belgilangan boshqa xarakatlarni bajaradi. Harbiy prokurorlarning istalgan tergovi yo surishtiruv organiga jinoiy-prostessual qonunchilikka muvofiq berilgan jinoiy ish qo’zg’atish va uni ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlari ular uchun majburiydir. Jinoiy ish qo’zg’atilgani va tergov boshlangani to’g’risida surishtiruv organi va tergovchi zudlik bilan harbiy prokurorga ma’lumot beradi. Qonunlar va harbiy nizomlarning gauptvaxtalar, intizom batal’onlarida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, har bir prokuror muntazam ravishda va istalgan paytda bu joylarda bo’ladi: tegishli hujjatlarni o’rganadi noqonuniy ravishda gauptvaxtaga keltirilganlarni zudlik bilan ozod qiladi; qamoqqa olingan va sudlanganlarning saqlanishi sharoitlari va tartibini tekshiradi, noqonuniy hujjatlarga protest yozadi va harakatlarni to’xtatadi. Bu holda harbiy prokuror qarori va taklifi bajarilishi majburiydir. Prokuratura harbiy hizmatchilar va yig’inlarga chaqirilgan harbiyga majburlar sodir etgan jinoyatlarning yagona hisobini yuritadi. Harbiy nizom va harbiy prokuratura to’grisidagi qonunga muvofiq komandirlar (boshliqlar) har bir jinoyat xolati haqida harbiy prokurorga habar qiladi. 3. Jinoiy sud ishlab chiqarishi vazifa va tamoyillari. Jinoiy sud ishlab chiqarishi (jinoiy prostess) jinoyatlarni ochish va aybdorlarni adolatli jazolashga chaqirilgan. U qonun bilan boshqariladigan dastlabki tergov, prokuratura va sudning jinoiy ishlari tergov qilish va hal etish bo’yicha faoliyatidan iborat. Jinoiy sud ishlab chiqarishi davlat faoliyati turlaridan biri. Davlat jinoyatchilikka qarshi kurashib, belgilangan huquq tartibotni himoya qilib, organlar va mansabdor shaxslarga davlat majburlash choralarini qo’llashni yuklaydi. Jinoiy-protsessual faoliyatni faqat qonun yo’li bilan vakolat berilgan davlat organlari va mansabdor shaxslar, ya’ni: sud, prokuror, tergovchi. Surishtiruv organi amalga oshirishga haqli. Ular o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar muasasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqorolar uchun majburiy. Prostessni yakunlovchi huquqiy hujjat - sud hukmi davlat nomidan e’lon qilinadi. Jinoiy protses sodir etilgan yoki hozirlanayotgan jinoyat bo’yicha olib boriladi. Sud ishlab chiqarishi tartibi qonunda belgilangan. Mazkur jarayoning bevosita vazifalari jinoyatni tez va to’liq ochish, aybdorlarni fosh etish, qonunni to’g’ri qo’llashni ta’minlash, har bir jinoyat sodir etgan shaxs adolatli jazo olishi va aybsizning javobgarlikka tortilmasligini ta’minlashdir. Qonun sud ishlab chiqarishining yanada keng ijtimoiy vazifalarini belgilab beradi, sud ishlab chiqarishi qonun va huquq tartibotni mustahkamlash, jinoyatlarning oldini olish va tugatish, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va qonunlari izchil bajarilishi, umum insoniy hamjihatlik qonunlarini hurmatlashni ta’minlash. Jinoyatni tez va to’liq ochish-jazo muqarrarligini ta’minlashning zarur shartidir. Jinoyatning tez ochilishi aybdorni javobgarlikka tortish paytini jinoyat sodir etilgan paytga aqinlashtirib, jazoning jinoyat oldini olish ta’sirini kuchaytiradi Jinoiy sud ishlab chiqarilishi aybdorning adolatli, sodir etgan jinoyati havfliligi va aybi darajasiga mos jazolanishini ta’minlashi kerak. Fuqorolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi, asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortish va ayniqsa, sudlash davlat va uning organlarini deskreditatsiyalashga olib keladi. Fuqorolarni asossiz jinoiy javobgarlikka tortishdan himoyalash sud ishlab chiqarishning zaruriy sharti va eng muhim vazifalaridan biri. Odil sudlov tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 106-116 moddalarida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida sud ishlab chiqarishi va odil sudlovning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Bu sud mustaqilligi va sudlar dahlsizligi (106,108m); sudyalar mustaqilligi va faqat qonunga bo’ysunishi (112m); sudya lavozimi va deputat mandati birgalikda bo’lmasligi (108,112m); sudyalarning siyosiy partiya va harakatlardan holi bo’lishi (108,112m); va boshqalar. Barcha hollarda sud ochiq va oshkoraligi (yopiq sud majlisi qonunda belgilangan hollarda saqlanadi) (113m) sud ishlab chiqarishi davlat tilida va mavjud joydagi ko’p istiqomat qiluvchi millat tilida qonuniy yuritilishi kerak (115m). Himoyachilarning tergov va sud ishlab chiqarishining barcha bosqichlaridagi ishtiroki (116m). O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi sud-huquqiy islohotlarga keng yo’l ochib berdi. Bu islohotlarning asosiy maqsadi - sud mustaqilligini ta’minlash. Barcha fuqoralar qonunga birdek amal qilishlari zarur va ular qonun tomonidan birdek himoyalanadi va uni buzganlik uchun birdek javobgardir. Ijtimoiy kelib chiqishi, dini, millati va boshqa sharoitlarga ko’ra biror imtiyoz yoki diskriminitatsiyaga yo’l qo’yilmaydi. Yagona sud tizimiga harbiy sudlar ham kiradi. Ular O’zbekiston Respublikasi sudlari sanaladi va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sstrukturasiga mos tuzilgan. Harbiy sudlar sistemasi asosiy bo’g’ini garnizonlar harbiy sudlari bo’lib, ular birinchi instantsiya sudi sanaladi va harbiy sudga dahldor jinoiy ishlarning asosiy ko’pchiligi va barcha fuqorolik ishlarini ko’radi. Harbiy hizmatchilar, yig’inga chaqirilganlar, havfsizlik organlari ofitserlari, serjantlar, askarlari sodir etgan jinoyatlar, xizmatning belgilangan tartibini buzish bilan bog’liq ishlar, shpionaj bilan bog’liq barcha ishlar harbiy sudda ko’riladi. Boshqa shaxslar sodir etgan jinoyatlar faqat qonunda belgilangan hollarda harbiy sudda ko’rilishi mumkin. Ishni dastlabki o’rganish ish sharoitiga ko’ra daslabki tergov yoki surishtiruv shaklida olib borilishi mumkin. 4. Qurolli Kuchlarda tergov olib borish. Surishtiruv jinoyatni harbiy qism komandiri buyrug’iga ko’ra surishtiruvchi - ofitser tomonidan jinoiy-protsessual qonunga amal qilib tergov olib borishidir. Surishtiruv organlari amalda qism komandirlari va harbiy muassasalar boshliqlari (jinoiy sud ishlab chiqarishi asoslariga muvofiq). Harbiy hizmatchilar, shuningdek hizmatchilar, muassasa, harbiy o’quv yurti, korxona va tashkilot xodimlari sodir etgan jinoyatlarni surishtiruv olib borishga haqli, komandirga surishtiruv organi huquqi berilishi harbiy intizomni boshqarish, harbiy hizmatchilarni qonunlar, harbiy qasamyod, nizomlar va komandirlar buyruqlarini aniq bajarishi ruhida tarbiyalash vositasidir. Komandir va boshliqlar surishtiruvni o’zi olib bormay, balki surishtiruvchi-ofitserlarga topshiradi. Ular qism komandiri buyrig’i bilan ikki yillik muddatga buning uchun yaxshi tayyorlangan ofitserlar hisobidan tayinlanadi. Tegishli tajriba, ko’nikmalarga ega bo’lgan surishtiruvchilardan biri katta surishtiruvchi qilib tayinlanadi. Unga yanada murakkab ishlarni surishtirish topshiriladi. Surishtiruvchilarni tayinlash haqida buyruq nusxasi harbiy prokurorga yuboriladi. Surishtiruvchilar: A) brigadaga - 5-6; B) alohida batal’onga - 3-4; V) alohida vzvodga - 1-2; G) shtab va muassasaga -2-3 surishtiruvchi hisobidan tayinlanadi. Surishtiruv jinoiy ish qo’zg’atilishidan boshlanadi. Jinoyat haqida xabar olgach, qism komandiri uni tergov qilish o’z vakolati doirasida bo’lsa, shu kuni jinoiy ish qo’zg’atishi shart, u tegishli qaror chiqaradi va ishni surishtiruvchilardan biriga topshiradi, bunda nimani qanday aniqlash kerakligini, qanday tergov harakatlari olib borilishi va surishtiruv qachon tugallanishi aniq ko’rsatiladi. Aniqlangan jinoyat va surishtiruv ishlari boshlangani haqida qism komandiri ma’lum qiladi. qonunga ko’ra jinoyatni tergovchi tergov qilishi kerak bo’lsa, surishtiruv organi shoshilinch tergov xarakatlari bilangina cheklanadi, ular jinoyat izlarini aniqlashi va mustahkamlash, ashyoviy dalillarni topish, aybdorni aniqlash, guvohlar va jabrlanuvchini topish maqsadini ko’zlaydi. Bu toifa ishlar tergovchi zudlik bilan kela olmagan yoki harbiy prokurorning bevosita ko’rsatmasi bo’lgan hollarda bajariladi. Boshqa hollarda surishtiruv organi majburiyati harbiy prokurorga ma’lum qilish va jinoyat sodir etilgan joyni tergovchi kelguncha qo’riqlashdan iborat. Tergovchining zudlik bilan etib kelishi mushkul bo’lmagan hollarda, shuningdek, harbiy prokuror ko’rsatmasi bo’yicha qism komandiri jinoiy ishh qo’zg’aydi va shoshilinch tergov harakatlari: joyni ko’zdan kechirish, tintuv, guvohlarni so’roq qilish, gumondorlarni tutish va so’roq qilish, jabrlanuvchi va guvohlarni so’roq qilish haqida ko’rsatma beradi. Daslabki tergov shart bo’lgan ishlarda surishtiruv 10 sutkagacha (jinoiy ish qo’zg’atilgan kundan boshlab) davom etishi mumkin. qism komandiri harbiy prokuror ko’rsatmasi yoki 10 kunlik muddatni kutmay ishni harbiy prokuror yoki tergovchiga topshirishi zarur. Bu holda surishtiruvchi ishni qism komandiri tasdiqlagan ketma-ketlikda o’tkazish haqida qaror chiqaradi. Og’ir bo’lmagan, ishning oxirda alohida qiyinchilik tug’dirmaydigan ishlar bo’yicha, ularda dastlabki tergov o’tkazishi zarur bo’lmasa, surishtiruv organi tergovni to’liq hajmda olib borishi mumkin. Surishtiruv bir oygacha davom etadi va natijalariga ko’ra ayblov hulosasi tuzish yoki jinoiy ishni to’xtatish yoki tugatish haqida qilish bilan tugatiladi. Surishtiruv o’tkazish muddati qonuniy asosda harbiy prokuror tomonidan uzaytirilishi mumkin. 5. Harbiy sud jarayonini shaxsiy tarkib ishtirokida o’tkazish. Sud faoliyati oshkoraligi salbiy xodisalar bilan kurashning samarador usuli va shu bois harbiy sudlar tobora dolzarb ishlarni, katta tarbiyaviy ahamiyati bo’lgan ishlarni harbiy qismlarda shaxsiy tarkib ishtirokida ko’radi. Shaxsiy tarkib ishtirokidagi sud jarayoni qism qo’mondonligi va jamoatchiligining faol ishtirokida tayyorlanadi. Bu kabi ishga bevosita rahbarlikni shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha qism komandiri o’rinbosari amalga oshiradi. Komandir jamoat tashkilotlari, harbiy tribunal va harbiy prokuratura bilan hamkorlikda u shahsiy tarkibni protsessga tayyorlaydi va uning natijalarini tarbiyaviy maqsadlarda samarali qo’llash uchun choralar ko’radi. Sud jarayoning tarbiyaviy ta’siri uni shaxsiy tarkib ishtirokida o’tkazish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror qanchalik to’g’ri ekaniga bog’liq, ishni ko’rish zarur tarbiyaviy samara berish uchun u dolzarb va ibratli bo’lishi kerak harbiy qismdagi protsess tashkiliy jihatdan puxta tayyorlanishi lozim. Ishtirok etadigan harbiy xizmatchilar aniqlanishi, holat tayyorlanishi, protsess joyiga sud tarkibi o’z vaqtida kelishini ta’minlash, sud protsessi qatnashchilari: tarjimon, guvohlar, ekspertning o’z vaqtida kelishini ta’minlashi; sud komendanti, konvoy ajratish va unga yo’riqnoma berish va zarur. Bu ishlarda, yuzaki qaraganda mayda ko’ringan har bir xato protsess samaradorligini pasaytirshi yo uni butunlay barbod qilishi mumkin. Protsessga tayyorgarlik qo’mondonlik, harbiy tribunal va prokuratura birgalikda ishlagan reja asosida boradi. Reja ish hususiyatlari va jarayonni o’tkazish sharoitini hisobga olib tuzilishi kerak. Unda shaxsiy tarkib bilan suhbatlar, shaxsiy tarkib yig’ilishi; faollar yig’ilishi; ofitserlarning yig’ilishlari va shu kabilar aks etadi. Protsess natijalarini tushuntirish ishlari ham o’rin egallaydi. O’tkazilgan ish bo’yicha tushintirishlar ish mazmuni va sud natijalarini butun shaxsiy tarkibga o’tkazishdan iborat. Shu maqsadda harbiy tribunal hukm nusxasinni qism komandiriga yuboradi. Odatda bu hukm ertalabki saf tortish chog’ida o’qib eshittiriladi. Tushintirish ishlarini qism komandirining shaxsiy tarkib bo’yicha o’rinbosarlari, harbiy yustitsiya xodimlari olib boradi, harbiy sud hukmlari mohiyati armiya matbuotida yoritilib boriladi va boshqa qism xizmatchilariga etkaziladi. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling