1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-5: Huquqbuzarliklarga qarshi kurash. Harbiy hizmatchilar va harbiy o’quv yig’inlarga chaqirilganlarning javobgarligi
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
Mavzu-5: Huquqbuzarliklarga qarshi kurash. Harbiy hizmatchilar va harbiy o’quv yig’inlarga chaqirilganlarning javobgarligi.
O’quv savollari. 1. O’zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining umumiy hususiyatlari. 2. Harbiy jinoyat haqida umumiy tushuncha va uning turlari. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Vatanni ishonchli himoyalash uchun halq tomonidan yuklatilgan javobgarlikni chuqur his etadi. Askarlar harbiy mahoratini takomillashtirishda, texnika va qurollarni egallashda, harbiy tayyorgarlikda ziyraklik bilan ish qilmoqdalar. Lekin bizning armiya muhitida harbiy tartibni buzadigan ayrim harbiy xizmatchilar uchrab turadi. Ular o’zboshimchalik bilan xizmat joyidan ketib qolish, qismlarni o’zicha tashlab ketish hollarini sodir qilmoqdalar, harbiy majburiyatlardan bo’yin tovlaydilar, xujjatlarni soxtalashtiradilar ham. Shuning uchun bu huquq buzarliklar bilan kurashish yoki oldini olish harbiy qismda huquqiy tartibni mustahkamlashning sharoitlari yaratishning muhim sharti hisoblanadi. Davlatimizda, Harbiy qismda sodir etiladigan jinoyatlar bilan kurashish amaldagi jinoiy qonunchilikka qat’iy mos ravishda amalga oshiriladi. Jinoiy qonunchilik umum davlat qonunchiligidan iborat. Ularga O’zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchilik asoslari, sodir etilgan davlat jinoyatlariga jinoiy javobgarlik tog’risida qonun va boshqa turdagi jinoyatlarga javobgarlikni belgilaydigan qonunlar (pora olish, zo’rlash, bezorlik va mayda o’g’irlik qilish va boshqalar). Jinoiy qonunchilikning vazifasi O’zbekistoning ijtimoiy tuzilishini, fuqarolarning iqtisodiy, mulki, shaxsiy, huquq va erkinliklarni jinoiy tajjavuzdan himoyalashdir. Bu vazifani amalga oshirishda jinoiy qonunchilik tomonidan qanday ijtimoiy havfli harakatlar jinoyat deb hisoblanishi va jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan qollaniladigan jazo choralari qat’iy belgilab qo’yilgan. Jinoyat Kodeksi umumiy va alohida qisimlardan iborat. Umumiy qisim jinoiy qonunchilikning asoslariga muvofiq, jinoiy javobgarlikning umumiy nizom va asoslarini belgilab beradi. Alohida qismning meyorlarida jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralarining alohida turlari belgilab qo’yilgan. O’zbekiston fuqarosi va O’zbekiston Respublikasida fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek chet elda sodir qilgan jinoyati uchun O’zbekiston Respublikasi jinoiy qonunlar bo’yicha, chet el fuqarolari O’zbekiston Respublikasida sodir qilgan jinoyati uchun O’zbekiston qonunlari bo’yicha javobgarlikka tortiladilar. Harbiy hizmatdagilar davlat va umum jinoiy jinoyatlarini sodir qilganliklari uchun davlatning boshqa fuqarolari bilan umumiy asosda, sodir qilgan harbiy jinoyatlari uchun harbiy jinoiy javobgarlik to’g’risidagi qonun bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat va jazo harakatlari bu harakatlarni sodir qilish vaqtida amal qiladigan qonun tomonidan belgilanadi. Harakatning jazolanishi va jazoni engillashtirishini belgilaydigan qonun, e’lon qilinmasdan oldin bo’lgan ishlarga ham joriy etilish kuchiga ega. Harakatning jazolanishi va jazoni kuchaytirishni belgilaydigan qonun bunday kuchga ega emas. Jinoy javobgarlikka va jazolanishga jinoiy qonunlarda ko’rsatilgan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ijtimoiy havf harakatlarini sodir etgan ayiblanuvchi shaxslar tortiladi. Qonunga muvofiq sud qarorsiz hech kim jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyat qonunida ko’rsatilgan jinoyat tarkibining hamma hususiyatlaridan iborat ijtimoiy havf harakatlarining sodir etilishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha ijtimoiy javobgarlikning yagona asosi bo’lib hizmat qiladi. Shaxs harakatida jinoyat tarkibida hamma hususiyatlarning bo’lishi bu harakatni jinoyat qonunining muvofiq keladigan moddasi bo’yicha belgilashga imkon beradi. Jinoyat qonunida ko’zda tutilgan ijtimoiy tuzilishga, iqtisodiyot, mulkchilik, shaxs, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklariga, shuningdek huquqiy tartibga tajovuz qiladigan ijtimoiy havf harakatlaridir. Jinoyat belgilari bo’lib, ijtimoiy havf harakatlar, huquqqa zid, aybdorlik va harakatning jinoiy jazolanishi. Ijtimoiy havf jinoyatning muhim moddiy belgisidir, u qonun tomonidan himoyalanadigan manfaatlarga, ijtimoiy munosabatlarga ziyon keltirishdan iborat. Jinoyat qonuni meyoriga muvofiq bo’lgan ijtimoiy havfga ega, jinoyatchi shaxs – sodir etgan harakatining havfliligini anglasak va undan kelib chiqadigan havfli asoratlarni oldindan ko’ra bilganda, bu harakatlar huquqqa qarshi harakatlar bo’ladi. Shahsni aybdor deb topishning muhim sharti bo’lib, uning o’z jinoyatlari uchun qonun oldida javob bera olishi va ma’lum yoshga etganligi, jinoyat sodir qilish vaqtida 16 yoshga to’lgan aybdor shahslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. O’z jinoyatlari uchun qonun oldida javob bera olmaydigan shahs deb, ijtimoiy havf harakatini sodir etish vaqtida ruhiyatining nosog’lomligi tufayli o’z harakatlarini tushunmagan yoki ularni boshqaraolmagan shaxs tan olinadi. Bunday shaxsga nisbatan sudlar tomonidan tibbiy choralar qo’llaniladi. Jinoyatni mast xolda sodir etish jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi, umumiy qoidalarga ko’ra, mastlik javobgarlikni og’irlashtiradigan holat deb tan olinad. 2. Harbiy jinoyat haqida umumiy tushuncha va uning turlari. Harbiy jinoyat deb, sodir etilganligi uchun qonun tomonidan jinoiy jazo qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlar tan olinadi. Jinoiy jazo jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga sud tomonidan qo’llaniladigan majburiy davlat chorasidir. Jazo faqat sodir etilgan jinoyat uchun jazolash emas, balki aybdor deb topilganlarni mehnatga halol munosabatda bo’lish, qonunlarni aniq bajarish, demakratik tuzum qoidalariga hurmat ruhida tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek aybdorlar va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etishning oldini olish hamdir. Shuni takidlash joizki, jazolashda jismoniy azoblash, inson qadrini poymol qilish maqsad qilib qo’yilmaydi. Jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi jazo turlari qo’lanishi mumkin: 1. Asosiy ozodlikdan mahrum qilish, intizom bataloniga jo’natish (tezkor hizmat harbiylari uchun), mehnat tarbiya muassasiga jo’natish, ozodlikdan mahrum etilmasdan tuzatish ishlari, jamoatchilik ayblovi kabilarni qo’llash mumkin. 2. Mulkning qo’shimcha musodara qilish, harbiy unvon (maxsus unvon) dan maxrum etish. 3. Ma’lum lavozimni egallash huquqidan yoki ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etish, jarima solish, lavozimidan bo’shatish, etkazilgan ziyonning o’rnini to’ldirish vazifasini yuklash. Jazolashning ayrim chorasi sifatida to’la bekor qilish yoki umrbod qamoq jazosi qo’llaniladi. Bu jazo o’ta og’ir, xavfli jinoyatlar (Vatanga hiyonat qilish, ayg’oqchilik, maqsad yo’lida odam o’ldirish, katta miqdordagi o’g’irlik va boshqalar. Ozodlikdan mahrum etish 6 oydan 20 yilgacha muddatga belgilanadi, og’ir jinoyatlar qilganda e’sa qayta jinoyat sodir qiluvchi havfli shahslarga qonun bo’yicha tayinlanadi Bu jazo ahloq tuzatish kolloniyalarida, (AKT-umumiy, kuchaytirilgan, qat’iy va alohida tartibdagi kolloniyalarda va ayrim hollarda qamoqlarda o’taladi. Balog’at yoshiga etmaganlar (Ozodlikdan mahrum etilganlar) jazoni mehnat – ahloq tuzatish kolloniyasida (MAK) o’taydilar. Kolloniya hukumida belgilanadi. Jazoning barcha turlari Jinoyat Kodeksining me’yorlariga muvofiq belgilanadi. Sud shaxsiy jazo belgilaydi. Sud sodir etgan jinoyatni ijtimoiy havf darajasini, aybdor shaxsni, javobgarlikni engillashtiradigan va og’irlashtiradigan holatlarini hisobga olib, jazo chorasini belgilaydi. Amalda jinoiy qonunchilik jinoiy javobgarlikda jazodan ozod etish, huquqining bajarilishini jazodan ozod etish, huquqning bajarilishini orqaga surish, vaqtdan oldin shartli ozod etish va mehnatga jalb etish imkonini nazarda tutadi. Harbiy hizmatdagilar davlat va umumiy jinoiy jinoyatlarni sodir etganlari uchun O’zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan umumiy asosda jinoiy javobgarlikka tortildilar. Harbiy hizmatdagilarning hizmatni o’tash tartibiga qarshi sodir etgan jinoyatga javobgarlik O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi tomonidan belgilanadi. Jonoyat qonunchiligining umumiy nizomlari harbiy jinoyatchilikka to’la ta’luqlidir. Harbiy jinoyatlar deb, jinoyat kodeksida nazarda tutilgan harbiy hizmatdagilar hizmatni o’tash davrida o’rnatilgan tartiblarga qarshi sodir e’tilgan jinoyatlar, shuningdek, harbiyga majburlarning yig’ini vaqtida sodir etgan jinoyatlar hisoblanadi. Harbiy jinoyatning zarur sharti bolib O’zbekiston Respublikasi Harbiy qonunda belgilangan hizmatni tartibiga qarsi harakatning yo’nalganligi hisoblanadi. Harbiy hizmatchilarning shaxsiy hayoti va salomatligini xizmatdagilarning masalalari odam o’ldirish, davlat va huquqiy mulkka qarshi sodir etilgan jinoyatlari harbiy jinoyatlar qatoriga kirmaydi. Harbiy jinoyatning bajaruvchisi bo’lib faqat harbiy xizmatdagilar, ya’ni xizmatni o’tayotgan va Harbiy qonunda yig’inlarida qatnashish vaqtida harbiyga majburlar bo’lishi mumkin. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan harbiy jinoyatlar hizmatni o’tash tartibining barcha tomonlariga tajavuz qiladi, bu esa harbiy jinoyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish imkonini beradi: A) Boysinish tartibiga va harbiy sharafga amal qilishga qarshi jinoyatlar. Ularga bo’ysinmaslik, buyruqlarni bajarmaslik, boshqa qarshilik ko’rsatish, tahdid qilish, qo’l ostidagilarni haqoratlash va nizom qoidalari bo’yicha o’zaro munosabatlarining buzilishi. B) Hizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyat, o’zboshimchalik bilan qism, hizmatni o’tash joyini tashlab ketish, qochoqlik o’ziga ziyon etkazish yoki boshqa yo’llar bilan harbiy hizmatdan bosh tortish, jangovar navbatchilikni o’tash qoidalarini buzish, ichki navbatchilik qoidalarini buzish: V) Harbiy mulkni saqlash va ishlatish tartibini buzish, harbiy mulkni yuqotish yoki yaroqsiz holga keltirish, yo’q qilish yoki ziyon etkazish, qurol, shuningdek havfli modda va buyumlarni qo’lash qoidalarini buzish, mashinalarni qayd va ishlatish qoidalarini buzish, uchishga tayyorgarlik va uchish qoidalarini buzish, kema boshqarish qoidalarini buzish. G) Harbiy lavozim jinoyatlari lavozimni suv iste’mol qilish, hizmatga ma’suliyatsizlik bilan qarash. Bo’ysinish tartibiga rioya qilmaslik, eng og’ir jinoyatlardan biri hisoblanadi, ya’ni boshliq buyurig’ni bajarishdan bosh tortish, qasdan buyruqqa boysinmaslik O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 279 moddasida asosan ikki yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi agar o’sha qilmish bir guruh shahslar tomonidan sodir etilgan bo’lsa , og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa – uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa – besh yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Buyruqni bajarmaslik (280-modda) buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko’p miqdorda zarar etkazilishi yoki og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O’sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Engillashtirilgan hollarda intizom nizom qoidalari qo’llaniladi, boshliqqa qarshilik ko’rsatish (281- modda) harbiy jinoyat sifatida boshliqqa shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shahsga qarshilik ko’rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bunday harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqni qo’rqitish 282-modda jangovar vaziyatda boshliqni o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun etarli asoslar mavjud bo’lsa-3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga shikast etkazish. Boshliqni do’pposlash badaniga engil yoki o’rtacha og’ir shikast etkazish u harbiy xizmant yuzasidan o’z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo’lsa 3 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga og’ir shikast etkazish bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol ishlatib sodir etilgan bo’lsa 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yuqoridagi harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Boshliqning o’z vazifalarini bajarishda xizmat mavqeini suviste’mol qilishi, yoki vakolati doirasidan tashqariga chiqishi harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilshiga sabab bo’lsa 3 yilgacha xizmat boqyicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’sha qilmishlar badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast etkazib sodir etilgan bo’lsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Haqoratlash (284-modda) shaxsning or nomusini qadr qimmatini kamsitish. Boshliq yoki bo’ysinuvchi haqoratlash intizomiy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa 2 yilgacha xizmat boqyicha cheklash yoki 3 oygacha qamoq yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nizomda ko’rsatilgan harbiy hizmatchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qoidalarining buzilishi (285-modda) bir harbiy hizmatchining boshqasiga nisbatan qo’llagan zo’rlik harakatlaridan iborat (masalan, bir harbiy hizmatchining boshqasiga tan jarohatlari etkazishi unga o’z vazifasini qildirish maqsadida) bu jinoyat 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Agar bu jinoyat shahslar guruhi tomonidan yoki qurol ishlatib yoki o’g’ir asoratlar keltirgan jinoyat sodir etilgan bo’lsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. O’z boshimchalik bilan hizmat joylarini yoki qismini tashlab ketish (287-modda) hizmatga sababsiz bir kecha kunduzdan ortiq, lekin 10 kecha-kunduzdan ko’p bo’lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo’lmasligi shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi, 10 kecha –kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko’p bo’lmagan muddat davomida xizmat joyiga kelmasligi 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Harbiy hizmatdan bosh tortish maqsadida xizmat joylarini, harbiy qismini tashlab ketish boshqa joyga o’tkazishdan, hizmat safaridan, tatildan yoki davolash muassasidan hizmatga qaytib kelmaslik qochoqlik deb tan olinadi. O’z tanasiga ziyon etkazish, sohta kasallik hujjatlarni sohtalashtirish yoki boshqa aldovlar harbiy xizmatdan bosh tortish kabi jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ular 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Harbiy xizmatdagilar shaxsiy foydalanishga buyumlari, harbiy kiyim va anjomlarni sotish, garovga qoyish, boshqa shaxslarga foydalanishga berganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bu harakatlar 6 oygacha qamoq 1 yilgacha intizomiy tuzatish qismiga yuborish bilan jazolanadi; engillshtirilgan, hollarda intizom nizomining qoidalari qo’llaniladi. Hizmatda foydalanish uchun berilgan qurollar, jang anjomlari va boshqa harbiy mulkni yoqotish yoki ziyon eykazish, ularni saqlash qoydalarining buzilishi uchun 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 1 yilgacha intizomiy tuzatish qismiga yuborish yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Agar yuqoridagi qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo’lsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qurollarni qo’llash qoidasining buzilishida (297-modda) shuningdek jang anjomlari, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa havfli moddalarni ishlatishda tan jarohatlari etkazilgan bo’lsa 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Odamlar o’limiga sabab bo’lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Harbiy maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ishlatish qoidalarini buzilishi baxtsiz hodisalarga sabab bo’lgan bo’lsa, jinoyat sodir etgan shahslar jinoiy javobgarlikka tortilib, 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Uchish yoki ularga tayyorgarlik qoydalarining buzilish, odamlarning nobud bo’lishiga sabab bo’lgan kema boshqaruv qoydalarining buzganliklari uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Hudud yaxlitligini himoyalash bo’yicha, suv va havo chegaralarini himoyalash bo’icha O’zbekiston Respublikasiga favqulotda bostirib kirishni bartaraf etish harbiy navbatchilik qoydalarining buzilishi eng havfli jinoyatlar qatoriga kiradi. Bu jinoyat harbiy navbatchilik tartiblarining, umumiy talablarining buzilishidan iborat va 2 yilgacha xizmat bo’yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy tuzatish qismiga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 22 sentyabr 1994 yilda O’zbekiston Respublikasining yangi Jinoyat Kodeksi tasdiqladi, u 1995 yilning 1 apelidan kuchga kirgan. Yangi Jinoyat Kodeksi qonunchilik, fuqarolarining qonun oldida tengligi, demokratiya, insonparvarlik, haqqoniylik asosida tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasiga, yosh davlatimizning rivojlanish, maqsadlariga mos keladigan asoslardan tuzilgan. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling