1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-3: Askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining harbiy xizmati
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv savollari
Mavzu-3: Askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining harbiy xizmati.
O’quv va tarbiyaviy maqsadlari: 1.Talabalarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatlarining asosiy hususiyatlarini ochib berish. 2.Talabalarga Qurolli Kuchlarda majburiy xizmatni askarlar va serjantlarning harbiy xizmatni amalga oshirish umumiy qoidalari bilan tanishtirish. 3. Shartnoma asosida ofitserlarni harbiy xizmatni o’tashlarining umumiy tartibi bilan tanishtirish. 4. Vatan himoyachilarining mutaxassisligida qiziqishini tarbiyalash. O’quv savollari: 1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatlari tushunchasi va uning mohiyati. 2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy holatlari, jamlanish, muddatli va harbiy xizmatni askarlar va serjantlar tomonidan o’tash tartibi. 3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma asosida hizmat qiluvchilar hamda ofitserlar tarkibining harbiy xizmatlari. Umumiy harbiy majburiy xizmat fuqarolar uchun, mamlakatimiz mudofaasi uchun katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini doimiy jangovor tayyorgarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Davlatning aholining tinch hayotini, hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida o’rnatilgan umumiy harbiy majburiyat, fuqarolarni Konsituttsion huquqlari asosida harbiy o’quv va davlatni himoya qilish ishiga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibini to’la shakillanishini ta’minlaydi. Uning ijtimoiy-axamiyati vatanimizni harbiy mudofaachilarini har qanday dushmanga javob bera oladigan Qurolli Kuchlar tarkibini tashkil etuvchi vatan himoyachilarini tayyorlashdan iboratdir. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning konsituttsiyasi majburiyatlari orasida etakchi o’rinda turadi. Bu xozirgi zamonda O’zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan ba’zi dushmanchilik qarashlarining mohiyati va ularning harbiy strategik muvozanatini o’zgartirib yo’nalishlariga jangovar tus berishlari, boshqa mamlakatlar tomonidan bo’lishi mumkun bo’lgan tahdidlar bilan asoslanadi. Bularning barchasi O’zbekiston o’z mudofaa qudratini va mudofaa qobilyatini mustaxkamlashi va Respublikamiz aholisini tinch mehnat va behavotir hayotlarining ximoyasini ta’minlash uchun juda muximdir. Mamlakatimizni har jihatdan mustahkamlanishida O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasining 52,125,126 moddalarida ko’zda tutilgan umumiy harbiy majburiylik fuqarolar majburiyligini aniqlashtirish haqidagi qonun katta axmiyatga ega. Masalan: O’zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuniga muvofiq har bir o’smir belgilangan yoshga etganda chaqiriqqacha tayyorgarlik, o’z vaqtida chaqiruv harbiy bo’linmasida ro’yhatdan o’tishi shartdir. Harbiy texnik mutahassisliklar bo’icha o’qishi shuningdek mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i buyrug’iga asosan ko’rsatilgan muddatda chaqiruv komissiyasiga etib kelishi shart. Qurolli Kuchlar qatorida harbiy xizmatchilar harbiy qasamyod talablarini bajarishga majbur. Buyruqqa asosan xar doim vatan ximoyasi uchun tayyor turishi shart. Qurolli Kuchlarda majburiy tartibda xizmatni o’tab zaxiraga bo’shatilgan harbiy hizmatga majburlar o’zlarining harbiy malakalarining saqlab turishlari va harbiy tayyorgarlikni o’quv tekshiruv mashqlarida takomillashtirib borishlari shart. Umumiy harbiy majburiyat turli huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Ular davlat tomonidan o’rganilib, qurolli Kuchlar safida vatanni himoya qilishga qatnashishda fuqarolarning umumiy harbiy tayyorgarlik tizimini o’z ichiga oladi. Xozirgi zamonda amal qiluvchi qonunchilikka binoan, umumiy harbiy xizmat majburiyatlari quyidagilardan iborat: - O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun o’smirlarni chaqiriqqacha tayyorgarligi va mutahasislarni tayyorlash; - harbiy xizmat - O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining haqiqiy harbiy xizmat va zahiradagi xizmati. - Muqobil xizmat - xalq xo’jaligining biror sohasida xizmat qilish O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun o’smirlarni chaqiriqqacha tayyorgarlik va chaqiruv yoshida ulardan harbiy mutahassislarni tayyorlash ishlari, harbiy hizmatchilarni muhim harbiy-tehnik bilimlar va amaliy malakalarini egallash maqsadida, haqiqiy muddatli harbiy xizmat davrida esa qisqa muddatda harbiy mutahassislikni egallash uchun o’tkaziladi. Fuqarolarning umumiy majburiyatini amalga oshirishning asosiy va faol shakllari O’zbekiston Respublikasining Konsituttsiyasi 52-moddasida belgilangan harbiy xizmatdir. Harbiy xizmat O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining Konsituttsion burchidir. Uning mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasi va qonunlaridan kelib chiqib ,umumiy harbiy majburiyat, harbiy qasamyod, muxim hujjatlar va boshqalar haqidagi qonunlardan tashkil topgan. Harbiy huquqiy hujjatlar tinch davrda harbiy xizmatchilar va harbiy hizmatga majburlarni doimiy jangovar tayyorgarligini ta’minlashga yo’naltirilgan mexnatdir. Shuningdek urush vaqtida vatanni qurolli himoya qilish demakdir . Harbiy xizmat davlat xizmati bo’lib unga barcha demokratik asosdagi tamoyillar, davlat xizmati uchun xarakterli bo’lgan hususiyatlar xosdir. Shuning bilan barcha Qurolli Kuchlarni tashkil etishda aloxida hususiyatlarga ham amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq bizning davlatimizda harbiy xizmatni faqat Respublikamiz fuqarolarigina o’taydilar. Boshqa davlat xizmatlardan farqliroq fuqarolar amaldagi harbiy xizmatga qadam qo’yar ekan harbiy qasamyod qilishga majburdirlar. Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan va qabul qilgan matn asosida qasamyod qiladilar. Ushbu hujjatning huquqiy ahamiyati, harbiy xizmatchilarni davlat manfaatlari va mustaqillik uchun munosib himoyachilari bo’lishining majburiyatini oladilar va uni mardona va a’lo darajada bajarish uchun komandir va boshliqlar buyruqlarini xatto o’z hayotlari uchun havfli bo’lgan taqdirda ham bajaradilar. Harbiy xizmatning alohida hususiyati shuki, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlarning berilishidir. Harbiy unvonlar berilishida harbiy xizmatga bo’lgan munosabat, vazifalarini aniq va jiddiy bajarilishi xisobiga olinadi. Harbiy unvonlarsiz buyruqlarning bajarilishi va hayotda yagona harbiy boshqaruv yani supordinastiya bilan amalga oshiriladi. Harbiy majburiyatlarni bajarilishi jarayonida barcha harbiy xizmatchilar harbiy intizom talablariga bo’ysunadilar. Faqatgina Qurolli Kuchlarida so’zsiz harbiy buyruqlarni bajarish tamoyli huquqiy belgilab qo’yilgan. Komandir va boshliqning buyrug’i qo’l ostidagilari uchun qonundir. Buyruq so’zsiz muddatida bajarilishi shart. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, intizom nizomi 6-moddasi. Buyruqni bajarmaslik harbiy jinoyat xisoblanib aybdorlik ishi sudda, harbiy trebunalda ko’rib chiqiladi. Harbiy xizmatchilarning xayoti, turmushi va faoliyati xayotiy hiquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadi. Shu sababli xar qanday vaziyatda yuqori darajada intizomiylik ta’minlanadi. Harbiy xizmatning bu hususiyati harbiy qurilishning etakchi tamoyili bo’lib, yagona boshqaruv va harbiy boshqaruvni markazlashtirilishi tamoyilligiga asoslanadi. Davlatimizning mudofaa qudrati qurollangan kuchlarni doimiy jangovar tayorgarligini mustahkamlashda ko’pincha harbiy qurilish ishlarini bajarilishini talab qiladi. Buning uchun maxsus huquqiy shakllariga fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatini bajarishi shakliy muqobil hizmat harbiy quruvchilar sifatida amal qiladi. Bugungi kunda harbiy qurilishsiz hech qanday mudofaa obektlari inshoatlari bunyod etilmaydi. Bu hizmat bilan davlatimizning ijtimoiy siyosiy rivojiga katta hissa qo’shadilar,umumiy harbiy majburiyat O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasida mustahkam belgilangan. 2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy holatlari jamlanish va muddatli va harbiy xizmatni askarlar va serjantlar tomonidan o’tash tartibi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy majburiyatlarini amal qilish harbiy sohani o’qish, harbiy hizmatni Qurolli Kuchlar safida o’tab mustaqil davlatimizni axolisini tinch mexnat va mamlakatimizning hududiy yahlitligini himoya qilishdir. Harbiy xizmatchining konsituttsion huquq va majburiyati O’zbekiston Respublikasi qonunlarida aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi va to’ldiriladi. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat haqida harbiy hizmatchilarning umumiy majburiyatlari harbiy unvonidan qat’iy nazar lavozimga biriktirilgan teng me’yordagi majburiyatlar kiradi ular Qurolli Kuchlarning nizomi 1-5 moddalari va harbiy qasamyod matnida bayon qilingan. Harbiy xizmatchilar uchun zarur bo’lgan umum fuqaroviy majburiyatlardan davlat manfaatlarini himoya qilish. O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasiga amal qilgan holda davlat qudrati va obro’sini mustahkamlash kabi me’yoriy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasi asosiy qonunining 52-125-126-moddalaridan olingan harbiy hizmatchi o’z vatanining ximoyasi uchun shahsiy ma’suliyatiga javobgardir. U o’z kuchi va hayotini harbiy burchini bajarish uchun ayamaydi. Biroq dushman ustidan g’alaba qilish uchun faqatgina jasurlik va mardlikning o’zi etmaydi. Jangni g’alaba bilan tugatish uchun barcha jangovar sifatlariga ega bo’lishi kerak. Buning uchun o’zida shahsiy intizomiylik, ziyraklik sifatlarni shakllantirishi kerak. Komandirga so’zsiz bo’ysunishni o’z harbiy bilimlarini takomillashtirish harbiy qurol boshqa jangovar mulkni extiyot qilishi kerak. Harbiy xizmatchilar qasamyodini va harbiy majburiyatlarini bajarishlari shart. Bu umumiy majburiyatlarni buzganlar harbiy qonunchilikka asosan intizomiy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Harbiy xizmatchilar boshqa fuqarolarning shahsiy huquqlaridan farqli ravishda qonunchilikda ko’zda tutilgan harbiy hizmat shartlarini hisobga olgan holda huquq va erkinliklarga egadirlar. Barcha harbiy hizmatchilarga umumiy bo’lgan huquqlardan moddiy ta’minot bo’lib, harbiy hizmatchilarni turli tabiiy, mulkiy, oziq-ovqat, uy-joy,va pul ta’minoti, shuningdek tabiiy imtiyozli ta’minot va savdo turmush mulklarini, o’qish-ta’limiga alohida huquq va dam olish huquqi, taqdirlanish huquqi, taklif, ariza va shikoyat qilish, davlat tomonidan ta’minlanish ( zaxiraga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqanda) kabi imtiyozlarga ega. Ular O’zbekiston Respublikasi qonunlari, umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun, harbiy ustav (nizom) va maxsus huquqiy hujjatlarda aniq belgilab qo’ilgan. Umumiy huquqlar shahsiy harakterga egadir. Ulardan harbiy xizmatchilar foydalanadilar, biroq harbiy unvonga binoan va har bir shahsning holatiga ko’ra amalga oshiriladi. Unvoni va holatiga asosan harbiy kiyim va uni kiyish qoidalari moddiy va pul mablag’lar (rag’batlantirish tizimi asosida ) ularni imtiyoz sifatida berilishi mumkin, ta’lim va dam olish huquqining tartibini amalga oshirish, nafaqa va yordam pullarning tayinlanishi va boshqalar lavozim vazifalari va qoidalariga xarbiy hizmatni amalga oshirishda belgilangan ish hajmi va lavozim huquq va vazifalariga kiruvchi ishlar kiradi. Lavozim majburiyatlari va huquqlari umumiy yoki aniq ish yuzasidan (masalan: brigada, batalyon). Ular harbiy ustavga binoan harbiy xizmat, raxbarlik ko’rsatmalari mazmunida ifodalanadi. Jumladan komandir va boshqa boshliqlar umumiy majburiyatga harbiy nizomning (72-89 moddalariga) 3 bobda belgilab qo’ilgan lavozimli shahslar majburiyatlarini aniq turlari, askar va matroslarning majburiyatlari aniq turlari, askar va matroslarining majburiyatlari 3 bob (90-160-moddalar)da belgilab qo’yilgan. Lavozim majburiyatlar va lavozim huquqlari muvofiqlashtirilgan bo’ladi. Barcha boshliqlar intizom talablariga muvofiq qo’l ostidagilarga nisbatan huquqlarga egalar. Ular o’z tasarruflari, huquqlariga asosan qo’l ostidagilarga turli rag’batlantirish yoki jazo choralarini, qonuniy asos bo’lganda qo’llashlari mumkin. Komandir va boshqa boshliqlar o’z qo’l ostidagilarga buyruq berish huquqiga egadirlar. Harbiy hizmatchilarning hususiy majburiyatlari va huquqlari vaqtinchalik harakterga ega. Ba’zi biror buyruq yoki ko’rsatmalarni faqat hizmat faoliyati vaqtidigina bajarish majburiyatdir. Ular harbiy hizmat topshiriqlari va ularni bajarish doimiy va kundalik ishlar tarkibiga kiruvchi egallab turgan lavozim majburiyat va huquqlaridir. Ularga bir kecha- kunduz davomida berilgan naryad, tekshirishga tayinlangan shaxslar, yo’riqchilar yoki davlat kommissiyasi (masalan, imtihon xay’ati), harbiy eshelon va boshqa shahslar majburiyat va huquqlari kiradi. Shunday qilib, harbiy hizmatchilarning huquqiy holatlari, birinchidan fuqaroviy (bunda fuqarolar O’zbekiston Respublikasining hamma uchun umumiy bo’lgan), huquq va majburiyatlari, ikkinchidan Qurolli Kuchlar mahsus xususiyatlaridan kelib chiqib, harbiy xizmatning aloxida o’ziga hos sharoitlaridan va uchinchidan harbiy xizmatchilar xizmat darajasi va harbiy unvonidan kelib chiqib, to’rtinchidan esa egallab turgan lavozimi majburiyat va huquqlardir. Qurolli Kuchlar tarkibining to’laligi davlat tomonidan o’rnatilgan va harbiy huquq tuzish me’yorlari bilan boshqariluvchi armiyaning to’ldirilib borish, chegara va ichki qo’shinlarning, harbiy hizmatga aloqador shahsiy tarkib va harbiy holatlar harbiy ta’lim oluvchilar bilan ta’minlanib borilishi tushuniladi. Harbiy xizmatni to’ldirish usullari- bu O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini to’liq shakllantirish usullari fuqarolarni amaldagi harbiy hizmat tartibi bo’yicha o’rnatilgan qonunlarga binoan olib boriladi. Doimiy majburiy xizmatga askarlar va o’z hohishiga ko’ra shartnoma asosida ofitser va muddatdan tashqari harbiy xizmatlarga ayollar olinadi. Qurolli Kuchlarni to’ldirish tartibi harbiy hizmatchilarning barcha darajadagilarni majburiy harbiy hizmatga chaqirish bilan amalga oshiriladi. Harbiy hizmatni O’zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan umumiy harbiy majburiyat haqidagi hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasi Quroli Kuchlari uchun harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, chaqiriqqacha tayorgarlik va yoshlarni umumiy savodxonligini oshirish jismoniy rivojlanish va doimiy sog’lomlashtirish tadbirlari bilan olib boriladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun umumiy harbiy xizmatga chaqiriq o’rnatilgan tartib asosida erkak jinsidagilar uchun 18 yoshdan qilib belgilangan. Bu yoshga qadar o’smirlar qoidaga muvofiq o’rta ma’lumot va jismoniy rivojlanish bo’icha harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bo’yicha ta’lim oladilar. Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini ahloqiy siyosiy jixatdan va jismoniy holatiga ko’ra talabiga javob bergan shahslar bilan to’ldirib boriladi. Chaqiriq yoshidagi o’smirlar tanlov asosida vaqtinchalik yoki doimiy harbiy xizmatdan ozod qilinadi yoki muqobil xizmatga, safarbarlik zaxirasidagi xizmatga tayinlanadi. Chaqiriq yoshdagi shaxslarni tanlovi davrida chaqiruv muddatini vaqtincha cho’zish yoki ozod qilish ko’zda tutilgan. Muddatni cho’zish yoki ozod qilishda ayrim xolatlar nazarda tutiladi. Harbiy xizmat muddatini cho’zish «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi (12.12.2002 y. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. № 437-11 qarori 10-sessiya) qonunga asosan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi. A) oilaviy sharoitga ko’ra qonunnig 17-moddasida belgilangan asosda chaqiruv muddati 27-yoshgacha cho’ziladi. B) ta’limni, o’qishni davom ettirish uchun – qonunning 21-moddasida belgilangan tartibda; V) sog’ligining xolatiga asosan- o’smirning sog’ligi vaqtinchalik yaroqsizligi sababli, amaldagi harbiy xizmat kasalliklari bo’icha (qonunning 21-moddasi) muddat cho’ziladi. Bundan tashqari qonunning 22-moddasiga binoan amaldagi harbiy hizmatga o’z e’tiqodiga ko’ra, biror diniy tashkilotdan ro’yhatga olingan o’smirlar chaqirilmaydi. Qonunning 5-moddasiga asosan muddatli harbiy xizmat 12 oy. Oliy ma’lumotlilarga esa 9 oydir . amaldagi harbiy hizmat muddati mudofaa organlariga harbiy qismlarga jo’natish uchun kelgan kundan hisoblanadi. Harbiy xizmatning tugatilish kuni harbiy qism komandirining shahsiy tarkibning zahiralarga bo’shatish yoki ist’efoga chiqarish bo’yicha buyrug’iga asosan amalga oshiriladi. Armiyada serjant starshinalarning harbiy hizmati o’rnatilgan tartibga muvofiq o’quv yurtining tugallangan kursantlarga serjant Starshinalarga o’quv dasturini bajarganligidan so’ng shunga muvofiq harbiy unvon va o’quv davomida o’qishda yahshi va a’lo ko’rsatkichlari uchun namunaviy intizomi uchun beriladi. Qurolli Kuchlarda zahiraga harbiy hizmatchilarning bo’shatilishi qonunda o’rnatilgan tartibda doimiy mudatli harbiy hizmatdan askarlar, serjant , starshinalar 45 yoshga to’lgan shaxslar bo’shatiladi. Harbiy kuchlar zaxiralari 2 toifaga bo’linadi. Toifa- 12 oydan kam hizmat qilmagan harbiy hizmatchilar. Toifa-9 oydan kam hizmat qilmagan harbiy hizmatchilar. Ikki toifa zahirasiga harbiy hizmatchilar harbiy mutahassislik hisobotida o’z fuqarolik mutahassisligiga muvofiq 1-chi toifa zahirasiga o’tkaziladi. 1-va 2 toifa zahiralari yosh ko’rsatgichiga ko’ra 2 turga: 1-razryad 2-razryad soldat va serjant 35 yoshgacha 45-yoshgacha kichik ofitserlar 35yoshgacha 45 yoshgacha katta ofitserlar 45 yoshgacha 55 yoshgacha generallar 50 yoshgacha 60 yoshgach Zahiradagi harbiy hizmatchilar o’quv yig’inlariga qonunning 32 - moddasiga muvofiq qoida asosida chaqiriladi Qurolli Kuchlarining maxsus komandirlari va harbiy mutahassisligiga ko’ra ofitser yordamchilari bo’ladilar. Qoidaga asosan harbiy tayyorgarlikdan o’tgan harbiy mutahassisni takomillashtirilgan shahslar 5 yildan kam bo’lmagan muddatga shartnoma asosida ofitserlik unvonini olmagan harbiy hizmatchilar bo’ladilar. Yuqori lavozimiga 35 yoshgacha axloqiy tarbiyaviy , qat’iy intizomli o’rta va oily ma’lumotli shahslar tayinlanadi. Ular Qurolli Kuchlar turlariga muvofiq harbiy tayorgarlikdan o’tgan bo’lishlari shart . Harbiy xizmatning davomiyligi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Shartnoma asosida xizmat qiluvchilar lavozimiga 40 yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatchilar 5-yil muddatga tayinlanadi. Tinch vaqtlarda harbiy unvoni askarlar va starshinalar, ular o’rta maxsus o’quv yurtini, texnik maktablarini tugatgandan so’ng beriladi. Shuningdek, oliy o’quv yurtini tugatgan, oliy ma’lumotli va o’rta ma’lumotli harbiy mutahassislikka yaqin bo’lgan shaxslar tayinlanadi. 5 yil va undan ortiq hizmat qilgan yoki serjantlar tayyorlash maktabini tugatgan harbiy xizmatchilar vzvod starshinasi lavozimiga tayinlanishi mumkin. Shartnoma asosida xizmat qiluvchilarni harbiy hizmatdan bo’shatish quyidagi asoslarda amalga oshiriladi: o’rnatilgan muddat tugagandan so’ng, yoshiga etganda, sog’ligi tufayli, shtat qisqarishi sababli va O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotganda, lavozimiga noloyiq deb topilganda, harbiy xizmat unvonidan ayrilganda, jinoyatga ko’ra sud qilinganda bo’shatiladi, ularning bo’shatilganligi o’rnatilgan tartibda qaror qabul qilish bilan amalga oshiriladi. 3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma asosida hizmat qiluvchilar, ofitserlar tarkibining harbiy xizmatlari. Shartnoma asosida xizmat qiluvchilar harbiy xizmatini haqiqatda yakunlashi. Harbiy qism shaxsiy tarkibdan o’chirish haqidagi buyuruq bilan amalga oshiriladi. Ofitser unvonlariga imtixonlari asosida ta’sis etiladi. Qurolli Kuchlar tarkibini kadrlar bilan to’ldirishda O’zbekiston Respublikasi qonunning 23-moddasiga asosan tinchlik davrida zaxiradagi ofitserlar tarkibidan to’ldiriladi. Ofitser tarkibi harbiy hizmati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining umumiy harbiy majburiyatidagi va Qurolli Kuchlarning ofitser sifatida harbiy hizmatni o’tash bo’yicha ko’rsatmalariga asosan bajariladi. Qonunnig 16-moddasida harbiy hizmatchilarga boshlang’ich ofitser unvoni tinchlik davrida mudofaa vazirligi tomonidan tayinlanadi. Polkovnik harbiy unvoni va generallik harbiy unvoni esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi, armiya generali harbiy unvoni esa urush vaqtida O’zbekiston Respublikasi Oliy Bosh qo’mondoni (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti)ga va Mudofaa Vaziriga beriladi. boshqa harbiy unvonlar uzluksiz tartibda harbiy unvonlarga muvofiq shtat lavozimiga ko’ra hizmat muddati avalgi unvonga asosan attestattsiya o’tkazish orqali beriladi. Agar ofitser o’z shahsiy hulq atvorida kamchiliklarga ega bo’lsa ushbu kamchiliklarni yo’qotmaguncha keyingi unvonga tavsiya etilmaydi. Harbiy qonunchilik shuningdek, harbiy unvonlardan mahrum qilish, uni pasaytirish yoki qayta tiklash kabi me’yorlarga ega. Ofitser tinchlikda unvonini pasaytirish O’zbekiston Respublikasi Vaziri va uning o’rinbosarlari tomonidan,polkovnik unvonini pasaytirish esa O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri tomonidan amalga oshiriladi. General harbiy unvonining pasayishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bajariladi. lavozimlarga tinchlikda tayinlash O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining buyurig’iga asosan tayinlanadi. Ofitserlarga turli muddatli ta’til berilishi mumkin. Shuningdek, qisqa muddatli qasami bo’yicha harbiy o’quv yurtini tugatishi bilan berilishi mumkin. Navbatdagi ta’tilda kasallangan ofitserlarga hujjatiga ko’ra ta’til uzaytiriladi. Sababli vaziyatga ko’ra qisqa muddatli tatil 10 kungacha beriladi va navbatdagi ta’tildan chegaralanmaydi; Amaldagi harbiy hizmat ofitserlarning zahiraga yoki ist’efoga chiqarish bilan tugallanadi. Yoki sog’lig’iga binoan vaqtidan oldin ist’efoga chiqarilishi mumkin. Muddatdan ilgari zahiraga: Shtatlarning qisqarilishi, xizmat lavozimiga attestattsiyadan o’tmaganligi sababli bo’lishi mumkin. Shuningdek, ma’lum bir yoshga etganda harbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb tayinlanganda bo’shatiladi. Ofitserlar komandir buyrug’i, chiqqan kundan boshlab zahirada hisoblanadilar. Zahiradagi ofitserlar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yordamchi kuchlari hisoblanadilar. Ular 5 yilda bir marta o’quv yig’inlariga chaqiriladilar va yosh yoki sog’lig’iga binoan yaroqsiz bo’lganida ist’efoga chiqadilar. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling