1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida


Mavzu-9: Ish yuritish va xizmat yozishmalari


Download 204.66 Kb.
bet9/10
Sana27.10.2023
Hajmi204.66 Kb.
#1726205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ҳарбий қонунчилик асослари 1

Mavzu-9: Ish yuritish va xizmat yozishmalari.


O’quv tarbiyaviy maqsadlari.
1. Talabalarga ish yuritish xizmat yozishmalari va xujjatlari turlari xaqida nazariy bilim berish.
2. Harbiy xizmatchilar harbiy qism ishchi-xizmatchilariga hujjat berish va rasmiylashtirish qoidalari bo’yicha malakasini oshirish.


O’quv savollari:
1. Armiyada ish yuritishning asosiy qoidalari. Xizmat xujjatlari turlari. Ish yuritishning tashkil etilishi va vazifalari.
2. Xizmat xujjatlari nazorati, hisoboti va ular bilan ishlash hususiyatlari, harbiy xizmatchilar, harbiy qism va muassasalar ishchi-xizmatchilariga hujjat berish va rasmiylashtirish qoidalari.

Shtablar, boshqarmalar, bo’limlar, xizmatlar, harbiy qismlar, muassasalar, harbiy gornizon komendaturalarida xizmat yozishmalari va ish yuritish bo’yicha yo’riqnomada belgilangan. Ish yuritish va xizmat yozishmalari xususiyatlari:


Hujjatlar hisobi va ularni saqlanishda taklif, shikoyat va arizalarni, xatlarni ko’rib chiqish. Shu masala bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq mahfiy yozishmalar va mahfiy ish yuritish qoidalari.
Yo’riqnoma bo’yicha qo’shinlarga rahbarlik qilish va boshqaruvning asosiy metodi harbiy qism va muassasalar mansabdor shaxslari o’rtasida shaxsiy muloqat sanaladi. Xizmat yozishmasidan faqat haqiqiy zarurat bo’lganda, shahsiy muloqat imkoni bo’lmaganda, qonunda yozma hujjat tuzilishi ko’zda tutilgan holda foydalaniladi. Harbiy qismlar tomonidan hizmat yozishmalari bo’ysunishiga ko’ra olib boriladi, fuqaro tashkilot va muassasalari turli masalalarda yozishmalar bundan istisno. Harbiy qism bo’linmalari, bo’limlar va xizmatlararo yozishmalar man etiladi, shuningdek, boshqarma ichida yozishmalar ham.
Armiyada hizmat yozishmalari Davlat tilida amalga oshiriladi. Xizmat yozishmasi yuritganda barcha darajadagi komandir va boshliqlar: qo’l ostidagilardan ko’rsatma va buyruqlar o’z vaqtida bajarilishini talab qilish; qat’iy hisobdagi lankalarning, muhr va shtamplarning hisobi, saqlanishi va foydalanishning qat’iy tartibini ta’minlashi; xizmat xujjatlari to’g’ri qo’llanishi va jo’natilishini taminlashi, fuqaro, tashkilot va muassasalar bilan yozishmalar to’g’ri yuritilishiga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Harbiy qismlar arxivlarini o’z vaqtida saqlash muddati o’tgan va amaliy ish uchun keraksiz xujjatlardan tozalashlari; xizmat yozishmalari xarakatini o’rganishi, uni qisqartirishi yuzasidan amaliy choralar ko’rish, shaxsiy muloqot yoki texnikaviy vositalar orqali muzokara yo’li bilan hal etilishi mumkin bo’lgan masalalarda yozishmalarni ta’qiqlash.
Qo’l ostidagilar fuqaro tashkilot va muassasalariga faqat Bosh shtab tomonidan ko’zda tutilgan muddatlarda va kerakli ma’lumot, hisobot, talabnoma ma’lumotnomalarni taqdim etishni nazorat qilish.
2. Xizmat xujjatlari nazorati, hisoboti va ular bilan ishlash hususiyatlari, harbiy xizmatchilar, harbiy qism va muassasalar ishchi xizmat- chilariga hujjat berish va rasmiylashtirish qoidalari.
Xizmat hujjatlari bilan ishlaydigan butun shaxsiy tarkib talab va ko’rsatmalarni qat’iy bajarishga, sergak bo’lish va hizmat xarakteridagi ma’lumotlar oshkor bo’lishiga olib keladigan xatolikka yo’l qo’ymasligi, hizmat hujjatlari yo’qolishiga yo’l qo’ymasligi, boshqa shaxslarning shu kabi oqibatlarga olib kelish harakatlari (yoki harakatsizligi )ni to’xtatishga majbur.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida quyidagi xizmat hujjatlari yuritildi: buyruq, direktiva, farmoyish, ko’rsatma, qaror, reja, yo’riqnoma, instruktsiya, qomuslar, hisobot, doklad, xabarnoma, protokol, raport, dalolatnoma, telegramma, xizmat xati, ma’lumotnoma, xizmat safari guvohnomasi, ta’til bileti va boshqa belgilangan tartibda ishlangan xujjatlar. Xizmat xujjatlariga istalgan usulda bajarilgan matn va fuqaro materiallari: qo’lda yozilgan, chizilgan, mashinkalangan, tipografik yoki boshqa usulda bajarilgan materiallar kiradi.
ko’zda tutilmagan hollarda komandir buyrug’i bilan tayinlangan ish yurituvchi zimmasiga yuklanadi.
Harbiy qism (muassasada) ish yuritish tegishli bo’lim (xizmat)larda bajarilgan ish xarakteriga ko’ra tashkil etilishi mumkin. Bu ish yuritish mazkur bo’lim (xizmat) shaxsiy tarkibiga yuklanadi, ayrim xizmat hujjatlarini saqlash, hisob va ishlash hususiyatlari maxsus yo’riqnomalar bilan belgilanadi. Harbiy qismlarning omahfiy ish yurituvchi hujjatlari ajratilgan, tabur bilan, hujjat berish oynasi yo to’sig’i jihozlangan xonada joylashtirilishi lozim. Ish yuritish-ning asosiy vazifalari:
A) Xizmat hujjatlarini qabul qilish, jo’natish, hisob qilish, ish yuritish va rasmiylashtirish;
b) Qo’mondonlikka xizmat hujjati kelgani haqida axborot va bajarish uchun topshirish;
v) Boshqaruvchilar tomonidan hizmat hujjatlarini saqlash, ular bilan ishlash tarkibiga rioya etilishini nazorat qilish;
g) "Xizmatda foydalanishi uchun" grifli hujjatlar hisobi, saqlash, berish va mavjudligini tekshirish.
Muhr va shtamplar, ko’paytirish texnikasi ustidan nazorat ishlarini amalga oshirishi zarurdir.
Xulosa qilib aytganda xizmat xujjatlari bilan ishlashda va ularni saqlashda kerakli bo’lgan chora tadbirlarni qo’llash kerak.



Download 204.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling