PEDAGOGIKA FAKULTETI
“BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
5111700 - boshlang’ich ta’lim va sport - tarbiyaviy ish yo’nalishi
3-KURS
OCHILOVA MAFTUNANING
“MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
Referat
Mavzu: Boshlang`ich ta`lim matematika darslarida foydalaniladigan ko`rgazmali
qurollar
Ilmiy rahbar: k.o’qituvchi: Jumayeva Ya..
Samarqand - 2017
----------------------- Page 2-----------------------
REJA
Kirish
1. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining matematika faniga
bo‟lgan qiziqishini oshirishda ko‟rgazmalilikning ahamiyati
2. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining matematika faniga
bo‟lgan qiziqishini oshirishda foydalaniladigan ko‟rgazmali
qurollarning turlari va ahamiyati
3. Boshlang‟ich matematik ta‟limda ko‟rgazmalilikning
roli.
4. Boshlang‟ich sinflarda ko‟rgazmali qurollar va texnik
vositalardan foydalanish orqali dars samaradorligini
oshirish
Xulosa
----------------------- Page 3-----------------------
Mavzuning dolzarbligi. Matematika darslarida o‟qitishning barcha
asosiy prinsiplari onglilik, ko‟rgazmalilik, sistemalilik, puxtalik,
o‟quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar o‟zaro
bog‟lanishda amalga oshiriladi.
Matematika o‟qitishda ko‟rgazmalilik prinspi alohida rol o‟ynaydi.
Ta‟lim prinsplari – bu, o‟qitish jarayonida qo‟yiladigan talablar
yig‟indisidir.
Bilishning birinchi pog‟onasi jonli mushohada, ya‟ni tevarak atrofdagi
narsalar va hodisalarni idrok etishdir.
Ko‟rsatmalilik prinspi idrok etishni osonlashtirish va nazariy bilimlarni
hayot, amaliyot bilan bog‟lash imkonini beradi. Ibn Sinoning qayd
qilishicha, inson o‟zining o‟quv mashg‟ulotlari boshlanishida narsaning
tashqi xossalarini o‟rganishda uning aslini va tasvirini ko‟rib o‟zicha
bevosita bilimlarni hosil qilishi mumkin. Ko‟rgazmalilikning turli xil
manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni faollashtiradi, ularning
diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini mustaxkam
o‟zlashtirishni ta‟minlaydi, vaqtni tejash imkonini beradi.
----------------------- Page 4-----------------------
Kurs ishning ob`yekti.
Kurs ishining ob`yekt sinf o‟quvchilari, ko‟rsatmali qurollar va texnik
vositalar va darsliklardan iborat
Kurs ishining maqsadi.
Mazkur ishda avvalombor o‟qituvchi va o‟quvchilar kuchi bilan
tayyorlanishi mumkin bo‟lgan ko‟rsatmali qurollar, so‟ngra o‟qitishning
texnik vositalari (Kadoskop, epidioskop, litey va boshqa) haqida fikr-
mulohazalarni keltirish nazarda tutiladi
Kurs ishining vazifasi.
Boshlang‟ich sinflar matematika faniga D.T.S qo‟ygan talablar asosida
o‟qitishning zamon talablariga mos yo‟nalishlarni aniqlash, dars
samaradorligini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
oshirish va bu yo‟nalishda dars ishlanmalarini keltirishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati.
Boshlang‟ich ta‟limda ko`rgazmalilikni tashkil qilish yo`llarining nazariy
tomonlarini dars ishlanmalari asosida ochib berish.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati ishlangan tavsiyalar boshlang`ich
ta`limning amaliy mashg`ulotlarida qo`llanishi mumkin.
----------------------- Page 5-----------------------
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan
qiziqishini oshirishda ko’rgazmalilikning ahamiyati
Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni
.
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini
mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va ko‟rgazma
manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o‟zini ko‟rsatish
imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo‟layotgan
hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko‟rgazmalilik
a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular
ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma,
daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli
munosabatini aniqlaydi;
b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning miqdori
sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli munosabatini o‟z holicha
va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi.
Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar,
chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida
va uning turli xil bo‟limlarida ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.
----------------------- Page 6-----------------------
• Ko’rsatmaliqo’llanmalarko’rsatmalilikningquyidagi har xil turlari
bilan foydalaniladi.
• 1. Tabiiy ko’rsatmaliliko’quvchilarnimavjud ob`yektlar,
o’simliklar, hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni
taqoza etadi;
• 2. Hajmli ko’rsatmalilik–mavjud olamning hajmi ask etishidir.
Bu esa fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir;
• 3. Ovozli ko’rsatmalilik–tovush obrazlarini ifodalash uchun
ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon
yozuvlarini eshitish, ovozli kino;
• 4. Simvolik va grafik ko’rsatmalilik–xaritalar, rejalar,
sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli
umumlashgan simvolik ko’rinishdaaks ettirishi sababli fikrlashni
rivojlantiradi.
• Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda
ko’rsatmalilikningana shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki
yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarini topshirish kerak.
• kerak.
----------------------- Page 7-----------------------
Ko’rsatmalilik ayniqsa o’quvchilar o’rganiladigan u yoki bu
narsalar to’g’risida muayyan tasavvurga ega bo’lmagan
paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unitmaslik lozimki,
ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik
yoki ularni noto’g’ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Ko’rgazmali o’qitish - bu o’quvchilarning tegishli
kuzatishlariga taynlanadigan o’qitishdir, biroq ko’rgazmali
o’qitishni faqat ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanib o’qitish
deb tushuntirish kerak emas. Ko’rgazmali qurollar
boshlang’ich sinflarda dars berishda juda muhim rol o’ynaydi.
Darslarning qiziqarli, mazmunli bo’lishini ta’minlaydi .
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga
oshirishda bir tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga,
ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi
holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi holda ko’rsatmali
qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning
tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
----------------------- Page 8-----------------------
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini
oshirishda foydalaniladigan ko’rgazmali qurollarning turlari va
ahamiyati
Matematika darslarida ko‟rgazmalilikdan to‟g‟ri foydalanish aniq fazoviy va
miqdoriy tasavvurlarning mazmunli tushunchalarning shakllanishiga imkon
beradi, mantiqiy fikr yuritishni va nutqni rivojlantiradi, aniq hodisalarni qarab
chiqish va analiz qilish asosida keyinchalik amalda qo‟llaniladigan
umumlashtirishlarga kelishga yordam beradi.
Ko‟rsatmali qo‟llanmalarning turlarini bilish o‟qituvchiga ularni to‟g‟ri tanlash va
o‟qitishda ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuningdek o‟zi yoki
bolalar bilan birgalikda kerakli ko‟rsatma qo‟llanmalarning tayyorlashga imkon
beradi. Ko‟rsatma o‟quv qo‟llanmalarni natural va tasviriy qo‟llanmalarga
ajratish qabul qilingan.
Matematika darslarida foydalaniladigan natural ko‟rsatma qo‟llanmalarga atrof
muhitdagi narsalar, daftarlar, qalamlar, cho‟plar, kubiklar va hakozalar kiradi.
Tasviriy ko‟rsatma qo‟llanmalar ichiida obrazli qo‟llanmalarni ajratish mumkin.
Tasviriy ko‟rsatma qo‟llanmalarga ekranda ko‟rsatiladigan ko‟rsatma
qo‟llanmalar; o‟quv filmlari, diafilmlar, diapozitivlar ham kiradi.
----------------------- Page 9-----------------------
Ko’rgazmalilik prinsipining pedagogik va psixologik asoslari.
Ko‟rsatma materialini tanlashga nisbatan qo‟yiladigan talablarni ko‟rib
chiqamiz.
a)Yetarlicha miqdorda ko‟rsatma material bilan ta‟minlash, bularni analiz
qilish asosida o‟quvchilar kerakli umumlashtirishlarni qila oladigan
bo‟lishlari kerak. Masalan, bolalarni 1 sonini hosil bo‟lish bilan
tanishtirishda o‟qituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta
doirachaga bitta doirachani; uchta cho‟pga bitta cho‟pni qo‟shishni taklif
qiladi, shu ishni boshqa didaktik materiallarda bajartiradi. Predmetlar bilan
bajariladigan amaliy ishlarni o‟quvchilarning o‟zlari mustaqil bajarishlari
foydalidir. Shundan keyingina ushbu umumiy savolni qo‟yish mumkin:
agar 3ga 1ni qo‟shsak, qanday son hosil bo‟ladi?
Umumlashtiruvchi masalani o‟quvchilar qanday qabul qilishlarini kuzatib
boruvchi o‟qituvchilargina har xil ko‟rsatmali demonstratsiyalar sonini
aniqlay oladilar. O‟qituvchi har doim har xil ko‟rsatma qo‟llanmalarni
tayyor holda saqlab turishi kerak, bundan maqsad, bu qo‟llanmalarni
butun sinfga yoki ayrim o‟quvchilarga qo‟shimcha ko‟rsatishdir.
b)Har xil ko‟rsatma materiallar bilan yetarlicha ta‟minlash juda muhimdir.
Bu o‟rinda doimo psixologlar «O‟quvchilarda to‟g‟ri umumlashtirishlar
tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o‟quv materialining muhim
hususiyatlarini turlantirishdan iborat».
----------------------- Page 10-----------------------
Ko‟rsatmali qo‟llanmalardan foydalanish o‟qitish jarayonida ko‟rsatma
qo‟llanmalardan turli maqsadlarga yangi material bilan tanishtirish uchun, bilimlar,
o‟quv malakalarini mustahkamlash uchun yangi bilimlarning qanday
o‟zlashtirilayotganini tekshirish uchun foydalaniladi. Ko‟rsatma qo‟llanma bilim
manbai sifatida qaralganda uning umumlashtirish uchun asosiy bo‟lgan tomonini
alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim bo‟lmagan narsa-umumlashtirish
uchun asosiy bo‟lgan tomonini alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim
bo‟lmagan narsa-ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko‟rsatish kerak.
Masalan, to‟g‟ri to‟rtburchaklarning modellarini turli o‟lchamli qilib olish kerak-bu
bolalarga qarama-qarshi tomonlarning tengligi istalgan to‟g‟ri to‟rtburchakning
umumiy xossasi bo‟lib, uning tomonlari uzunliklariga bog‟liq emasligini
ko‟rishlariga imkon beradi. So‟z idrok qilishni kuchaytiradi, shuning uchun
o‟qituvchining savoli aniq, o‟quvchining kuzatishini yo‟naltiruvchi bo‟lishi kerak.
O‟qituvchi yangi material bilan tanishtirishda ko‟pincha ko‟rsatma qo‟llanmadan
beriladigan bilimlarni aniqlashtirish maqsadida foydalanadi. Bunday holda
ko‟rsatma qo‟llanmaga so‟z bilan tushuntirishning illustratsiyasi (tasvirlanishi) kabi
qaraladi. Masalan, o‟qituvchi masala yechishni topishda bolalarga yordam berar
ekan, masalaga doir sxematik rasm yoki chizma chizadi; hisoblash usulini
tushuntirar ekan, tushuntirishni predmetlar bilan amal bajarish va tegishli
yozuvlar bilan qo‟shib olib boradi va hokazo.
----------------------- Page 11-----------------------
3. Boshlang’ich matematik ta’limda ko’rgazmalilikning roli.
Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini
mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va
ko‟rgazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan
o‟zini ko‟rsatish imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega,
bo‟layotgan hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko‟rgazmalilik
a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular
ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma,
daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli
munosabatini aniqlaydi;
b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning
miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli
munosabatini o‟z holicha va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning
aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi. Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi
ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar, chizma, sxemalar yordam beradi.
Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida va uning turli xil bo‟limlarida
ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.
----------------------- Page 12-----------------------
Ko‟rsatmali qo‟llanmalar ko‟rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan
foydalaniladi.
1. Tabiiy ko‟rsatmalilik o‟quvchilarni mavjud ob`yektlar, o‟simliklar,
hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni taqoza etadi;
2. Hajmli ko‟rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa
fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir;
3. Ovozli ko‟rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli
vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli
kino;
4. Simvolik va grafik ko‟rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar
va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli umumlashgan simvolik
ko‟rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko‟rsatmalilikning ana
shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita
kuzatishlarini topshirish kerak.
Ko‟rsatmalilik ayniqsa o‟quvchilar o‟rganiladigan u yoki bu narsalar
to‟g‟risida muayyan tasavvurga ega bo‟lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni
ham unitmaslik lozimki, ko‟rsatmali qo‟llanmalarni namoyish etishga
tayyorlanmaslik yoki ularni noto‟g‟ri tanlash faqat zarar keltiradi.
----------------------- Page 13-----------------------
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda bir
tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan ularning
tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi
holda ko’rsatmali qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda
bolalarning tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
Masalan, o’qituvchi bolalarni uchburchak bilan tanishtirar ekan,
bunday formadagi figuralarning muhim alomatlarini (3 ta uchburchak, 3 ta
tomon) ta’kidlovchi turli uchburchaklarning modellaridan foydalaniladi. Shu
bilan birga o’qituvchi bolalarga qanday predmetlar uchburchaklar shaklida
bo’lishini eslab ko’rishni taklif qiladi.
Shunday qilib matematika o’qitishda bevosita idrok etish bilan
o’quvchilarning tasavvurlaridan birgalikda foydalaniladi.
Matematika predmetlarning o’zini va atrof hayotimizdagi hodisalarni
emas, balki borliq dunyoning fazoviy formalari va miqdoriy munosabatlarini
(F.Engels) o’rganadi. Shuning uchun matematika o’qitishda huddi ana shu
tomonlarni ajratib olishga harakat qilinadi, predmetning sifat alomatlari
muhim bo’lmay qoladi.
----------------------- Page 14-----------------------
4. Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali qurollar va texnik
vositalardan foydalanish orqali dars samaradorligini
oshirish
Boshlang’ich maktabda darslarni turlarga ajratishda
darslarni asosiy didaktik maqsadi bo’yicha ajratish asos
qilib olinadi:
1) yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, bularga o’quvchilar
yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi
masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari,
sonlari bilan tanishadilar;
2) o’quv va malakalarni o’zlashtirish darsi;
3) bilimlarni kompleks qo’llanish darsi;
4) o’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish
darsi;
5) bilim o’quv va malakalarni tekshirish, baholash va
to’g’rilash darsi;
6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo’lib,
ularning hammasi ham muhimdir.
----------------------- Page 15-----------------------
XULOSA
Boshlang‟ich sinflarda matematika darslarida ko‟rgazmali vositalarni ko‟p
bezatishga e‟tibor bermasdan, ularni sxematik ravishda tasvirlab, mavzu bilan
mantiqiy bog‟lash kerak. Shuni unitmaslik lozimki, ko‟rgazmali qurollar darsning
maqsadini belgilamaydi, balki mavzuni bolalar chuqurroq o‟zlashtirishiga yordam
beradi. Darsni ko‟rgazmali qurollar bilan to‟ldirib tashlamaslik kerak. Keragidan
ortiq foydalanish ta‟lim sifatiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Dars jarayonida ko‟rgazmali
qurollardan me‟yorida foydalanish darslarni qiziqarli, mazmunli bo‟lishini
ta‟minlaydi. Men pedagogik amaliyotda ko‟rgan tajribamdan kelib chiqib shuni
ta‟kidlashim lozimki, ko‟rsatmali qo‟llanmalardan ular hech kerak bo‟lmagan joyda
foydalanish bolalarni qo‟yilgan masaladan uzoqlashtrib, salbiy rol o‟ynaydi. Simvolik
ko‟rsatmalilik (sxemalar, chizmalar, matematik yozuvlar) matematikani ko‟rgazmali
o‟qitishning asosiy vositasidir.
Qo‟lda yasaladigan qo‟llanmalar murakkab bo‟lishi kerak emas, estetika
talablariga va maktab gigiyenasi normalariga javob berishi kerak.
Ko‟rsatmalilik fikrlashishni osonlashtirish va nazariy bilimlarni hayot bilan bog‟lash
imkonini beradi.
Matematika fani o‟quvchining fikrlash qobiliyatini o‟stirib, aqli peshlaydi.
Boshlang‟ich ta‟limning muhim masalalaridan biri o‟quvchilarda ongli va
mustahkam hisoblash malakalarini shakllantirishdir, bunda ko‟rsatmali vositalar
yordam beradi.
----------------------- Page 16-----------------------
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Karimov I.A. Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.,
1997.
2.Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumayev M. Matematika 1-sinf Turon–
iqbol T., 2014 yil
3. Abdurahmonova N. O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf II-nashr Yangiyo`l
Poligraf servis T., 2014 yil
4. Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q. Matematika 3-sinf Sharq
nashriyot Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi T., 2014 yil
5. Bikbayeva N.U., Yangiboyeva E. Matematika 4-sinf O`qituvchi, 2013 yil
6. Abduraxmonova N., O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf o`qituvchilari
uchun metodik qo`llanma “O`zbekiston” Toshkent NMIU 2012.
7. Jo‟raqulova A. Masalalar yechishning usullari. //Boshlang‟ich ta‟lim. 2010,
№2
8. Jumayev M.E. Boshlang‟ich sinflarda matematika o‟qitish metodikasi
(KHK uchun ) Toshkent. “Ilm Ziyo” 2003 yil
9. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G‟. Boshlang‟ich sinflarda matematikadan
fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.
10. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkent. “Ilm Ziyo” 2005 yil.
11. Jumayev M.E. Boshlang‟ich matematika nazariyasi va metodikasi.
(KHK uchun) Toshkent. “Arnoprint” 2005 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |