Referat mavzu: Boshqarishning tashkiliy strukturalari. Bajardi: 927-21 guruh talabasi Mirzaxmadov Adham


Download 432 Kb.
bet1/8
Sana04.11.2023
Hajmi432 Kb.
#1746933
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Sirtqi bo‘lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi

Fanidan
REFERAT
Mavzu: Boshqarishning tashkiliy strukturalari.

BAJARDI: 927-21 guruh talabasi Mirzaxmadov Adham.

QABUL QILDI: _____________________.

Jizzax_2023




R E J A :
Kirish.


1. Boshqarish strukturasining mazmuni.
2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari.
4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni.
Xulosa.

Boshqarish strukturasining mazmuni


"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob'ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.

Download 432 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling