Referat mavzu: Bozor muvozanati. Maksimal va minimal narxlar. Bajardi: mr-75 guruh talabasi Rahimjonov M
Download 370.55 Kb.
|
Referat mavzu Bozor muvozanati. Maksimal va minimal narxlar. Ba 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
- Bozor muvozanati va muvozanat narx.
- 1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe.
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGIToshkent Davlat Iqtsodiyot Unversiteti «Mikroiqtisodiyot» fanidanREFERAT Mavzu: Bozor muvozanati. Maksimal va minimal narxlar. Bajardi: MR-75 guruh talabasi Rahimjonov M Qabul qildi: _________ Toshkent-2019 МАВЗУ: BOZOR MUVOZANATI. MAKSIMAL VA MINIMAL NARXLAR Reja: Kirish Bozor muvozanati va muvozanat narx. Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar. Maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ni vujudga kelishi. Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i. Foydalanilgan adabiyotlar KirishO‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu referatda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan. Bozor muvozanati va muvozanat narx.Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab D chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi. bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori QS ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori QD ga tenglashtirsa, ya'ni QS QD . P Pe 0 Q Qe 1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig‘iqlari yagona muvozanat E nuqtada kesishadi. Pe va nuqta E ning koordinatlari hisoblanadi. Qe nuqtalar, muvozanat Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat narx Pe va muvozanat tovar hajmi Qe o‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab S chizig‘i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i o‘ngga siljisa), muvozanat narx Pe kamayadi, muvozanat tovar hajmi Q o‘sadi.
Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx Pe o‘sadi, muvozanat tovar hajmi QS kamayadi (3.12, 3.13-rasmlar). P P P P 0 1 e e Pe Pe P P 1 0 e e Q Q e e Q 1 Qe 0 Q Q e e Q 1 Qe 0 Download 370.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling