Referat mavzu: Bozor riskini baholashda "Zararsizlik nuqtasini aniqlash"
Bozor risklarini tahlil qilish va baholash
Download 30.44 Kb.
|
Moliya 1
Bozor risklarini tahlil qilish va baholash.
Bugungi kun amaliyotida bozor risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan foydalaniladi. Jumladan “Zararsizlik tahlili” deb nomlanuvchi baholash usuli juda ko`plab korxonalar tomonidan qo`llaniladi. Zararsizlik tahlili Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki sababga ko’ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo’lgan vaziyatlarda qo’l keladi deb hisoblaydilar. Zararsizlik tahlili firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Mahsulotning zararsizlik miqdori mahsulotning absolyut (mutlaq) miqdori bo’lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar to’langungacha daromad) nolga teng bo’lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashda va turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to’langungacha daromadni hisoblashda yordam beradi. Zararsizlik modelini qo’llash uchun biz kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini ikki o’zaro bog’liq bo’lmagan kategoriyalarga ajratishimiz kerak bo’ladi: o’zgarmas xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlar. Siz bunda iqtisodiyot nazariyasida o’rganganingiz – uzoq muddatli davrda barcha xarajatar o’zgaruvchan bo’lishini xotirlaysiz. Shuning uchun ham zararsizlik tahlili qisqa muddatli davr uchun mo’ljallangan. Umumiy, o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning mos mahsulot hajmiga nisbatan o`zgarishi O’zgarmas xarajatlar. Bilvosita xarajatlar deb ham ataluvchi o’zgarmas xarajatlar firmaning savdo hajmi va ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydi. Ishlab chiqarish hami o’sib borishi bilan mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgarmas xarajat kamayib boradi, chunki firmaning umumiy o’zgarmas xarajatlari ko’paygandan ko’payib borayotgan mahsulot miqdoriga taqsimlanaveradi. Chizma jami o’zgarmas xarajatlarini kompaniyaning mos ishlab chiqarish va sotuv hajmi nisbatan o’zgarishini tasvirlaydi. Unda o’zgarmas xarajatlar miqdoriga ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori ta’sir etmasligi ko’rsatib berilgan. Ayni kompaniya uchun ba’zi ishlab chiqarish hajmlarida jami o’zgarmas xarajatlarning miqdori oshishi yoki kamayishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim o’ziga xos o’zgarmas xarajat namunalari quyidagilar: 1. Boshqaruv xodimlari ish haqi; 2. Amortizatsiya; 3. Sug’urta; 4.Vaqtli reklama dasturlariga sarflanadigan ulgurji xarajatlar; 5. Mol-mulk soliqlari; 6. Ijara. Download 30.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling