Moliya
REFERAT
MAVZU: Bozor riskini baholashda “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” modelini ahamiyati.
BAJARDI: EGAMSHUKUROV X
QABUL QILDI: NASRIDDINOV B
REJA:
1.Bozor risklarining mohiyati va turlari.
2.Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog`liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati.
3. Bozor risklarini tahlil qilish va baholash.
Bozor risklarining mohiyati va turlari.
Bozor risklari mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va bozoridagi ishbilarmonlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Bozor riski o`z tarkibiga valyuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini o`z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o'zgarishlar natijasi hisoblanadi.
Bozor risklarini keltirib chiqaruvchi risklarga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy va siyosiy risk. Bunday risklarga biror – bir korporatsiyaning aktivlariga investitsiya qilayotganida, o`sha korparatsiya qaysidir davlatning yuridik hududiga kiradigan va huquqlariga bo`ysinadigan bo`lishi mumkin. Shu bilan birga ikkita mamlakat o`rtasida qandaydir ko`zda tutilmagan kelishmovchiliklar bo`lishi mumkin. Bu esa bevosita investorga ta`sir etadi.
Qonun hujjatlarining o`zgarishi risk bilan bog`liqdir. Bunga misol sifatida soliqqa tortish masalalarini misol keltirib o’tishimiz mumkin, chunki har qanday daromad yoki foyda, albatta, soliqqa tortiladi. Qandaydir korxona ma`lum bir mahsulot ishlab chiqaradigan bo`lsa, soliq stavkalari mahsulot tannarxiga ta`sir qiladi. Bu esa bozordagi talab yoki taklifni o’zgarishiga olib keladi. Natijada bozor muvozanti buzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |