Tizimli risk va uni aniqlash indikatorlari


Download 36.77 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi36.77 Kb.
#1528436
  1   2   3   4
Bog'liq
Umarova Dilbaroy


12 - mavzu. Moliya bozori risklari va portfelni boshqarish Moliya bozori risklari: mohiyati, asosiy turlari va baholash usullari. Bozor risklari. Fond riski. Foiz riski. Valyuta riski.
Tizimli risk va uni aniqlash indikatorlari.
Portfel nazariyasi: Markovisgacha va undan keyingi baholash usullari. Indeksga bog'liq portfel samaradorlik mezoni.
Moliya bozori risklarini pasaytirish va oldini olish imkoniyatlari.

12.1. Moliya bozori risklari:mohiyati, asosiy turlari va baholash


usullari
Investor tomonidan qabul qilinayotgan har qanday moliyaviy qaror risk bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'ladi. Bu moliya bozorida yaqqol o'z aksini topadi. Bunga 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, uning sabablari va oqibatlari misol bo'lishi mumkin. Bozor nuqtai nazaridan risk – bu aktiv narxini ko'zda tutilmagan va kutilmagan tarzda o'zgarishidan kelib chiqadigan yo'qotishlar riski hisoblanadi.
Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bog'liqrisklarmoliya bozorida salbiy iqtisodiy hodisalar vujudga kelishi bilan bog'liq bo'ladi va quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: (1) foyda darajasi kutilayotgan darajadan past bo'lishi yoki umuman kuzatilmasligi; (2) qimmatli qog'ozning qiymati tushganda investor kiritgan kapitalining ma'lum qismini yo'qotilishi; (3) qimmatli qog'ozning qadrsizlanishi.
Bunday oqibatlar shubhasiz potentsial investor qaroriga ta'sir o'tkazadi. Investorlar moliya bozoridagi risklar mohiyatini bilish, to'g'ri baholash va ularni samarali boshqarish uchun moliya bozoridagi risklarlarni ikkiga bo'lishida, ya'ni: bozor (yoki tizimli, diversifikasiya qilinmaydigan) risklari va bozordan tashqari (yoki o'ziga xos, tizimsiz, diversifikasiyalanadigan) risklar.
Bozor risklari
Bozor risklari – bu bozor omillari o'zgarishi oqibatida aktiv qiymatini pasayishi riski hisoblanadi. Shuningdek narxlarni noaniqlik bilan o'zgarishiga ham bog'liq hisoblanadi. Bozor riski makroiqtisodiy tabiatga ega bo'ladi, ya'ni riskni vujudga kelish manbasi moliya tizimidagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Ushbu risk butun tizimga bog'liq bo'lgani sababli butunlay bartaraf qilib bo'lmaydi. Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli mavjud:
1. Fond (yoki narx) riski – bu aktsiyalar narxining tushishi riski.
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi o'zgarishi riski.
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari o'zgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash muammosi dolzarb bo'lib qoldi. Ushbu davr talabiga munosib iqtisodchi olimlar tomonidan qator statistik usullar va yangi miqdoriy baholash usullari tadqiq qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood,

Andrew W. Lo,Stavros Valavanis tomonidan tadqiq qilingan "ASurvey of Systemic Risk Analytics" nomli asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining sharhi berilgan.53ulurdan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan to'rtta usulni quyida ko'rib chiqamiz.


1. Stress-test usuli. Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy o'zgarishlariga nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testlar boshqa usullardan farqli tarzda tizimli riskni vujudga kelishi ehtimolligini emas, balki agar o'zgarish (shok) ro'y bersa, oqibatlar qanaqa bo'lishini aniqlaydi. Stress-test o'tkazilishida odatda bir yoki bir nechta (pozitiv, o'rta, negativ) stsenariylardan foydalaniladi. Ular dastlabki shok kattaligi, prognozlash gorizonti, risk omillarini stress-test ob'ektining barqarorligiga salbiy ta'sirining darajasi kabi parametrlar bo'yicha farqlanishadi.
Stress-testning quyidagi yo'nalishlari mavjud:
- pastdan tepaga usuli. Masalan banklar o'zining yo'qotishlar darajasini har bir stsenariy bo'yicha mustaqil aniqlashadi va umumlashtirish uchun yuqori turuvchi megaregulyator (Markaziy bank)ga taqdim qilishadi.
- tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy bank tomonidan yagona metodologiya bo'yicha butun tizim (tijorat banklari)ni testdan o'tkazilishi.
Pastdan tepaga usulda har bir bank o'zining riski va yo'qotishlari tizim yoki kontragentlarga ta'siri yoki o'zaro ta'sirini emas, balki o'z faoliyatiga ta'sirini baholaydi.
Stress-test kamchiliklari va afzalligi


Download 36.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling