Referat mavzu: Davlat moliyaviy nazoratining xorij tajribasi Bajardi: bhn-50 guruh talabasi Sharopova Sh
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat budjetining tutgan o`rni
Download 102.54 Kb.
|
G’aznachilik
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat budjetining tutgan o`rni
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi tendentsiyasi jamiyat oldida turgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda davlatning rolini kuchaytirish tendentsiyasiga ega. Davlat qo'lida moliyaviy va moddiy resurslarning bosqichma-bosqich to'planishi millatning iqtisodiy, madaniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai sifatida ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish sohasida intizom va qonuniylikni mustahkamlashni talab qiladi. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy bo'g'ini byudjet siyosatidir. Byudjet mexanizmi orqali davlat milliy daromadni qayta taqsimlaydi va milliy iqtisodiyotning holatiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Davlat boshqaruvi organlarining moliyaviy nazoratining asosiy ob'ekti davlat byudjeti bo'lishi bejiz emas. Moliyaviy nazorat, ma'lumki, mamlakatning federal tuzilishiga qarab, bir nechta davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. AQShda - Kongress byudjet idorasi va asosiy nazorat va moliyaviy boshqaruv. Kongress byudjet idorasining vazifasi Kongressga moliyaviy va iqtisodiy vazifalar to'g'risida ma'lumot berish, moliyaviy loyihalarni amalga oshirishni o'rganish va h.k. bir qator mamlakatlarda (Avstriya, Ispaniya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar) hisob palatalari davlat moliyaviy nazoratining mustaqil organlari sifatida ishlaydi. Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo’g’ini, qayta taqsimlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo’g’inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash davlat moliyasi tarkibida markaziy o’rinda. Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir. Huquqiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy xokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko’zda tutiladi. Davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: - YaIMni qayta taqsimlash; - Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; - budjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; - nazorat. Mamlakatimiz davlat byudjeti ham bir qancha tamoyillarga asoslangan bo’lib, ular quyidagilar: Budjet tizimining yagonaligi prinsipi. Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim. Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi. Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag’lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi. Budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi. Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining mablag’lari muayan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlari mustaqildir. Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Kassaning yagonaligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi budjet jarayonining har bir ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir. Ochiqlik prinsipi. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini); Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. Ma’lumki, Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, budjet - islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi. Davlat budjeti yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, mulk shakllariaro qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi. Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, ularning daromadlari o’z xarajatlarini qoplay olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, transport va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga budjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi. Davlat o’z funktsiyalarini bajarishi uchun, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichi strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyat ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Lekin mablag’larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko’lami ko’p jihatdan mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashish ko’lamiga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari ko’lamiga, aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlarining qamrovliligiga bog’liq. Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayoni2. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi: byudjet loyihasini tuzish; byudjetni ko’rib chiqish va tasdiqlash; byudjetni ijro etish; byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish, uni ko’rib chiqish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet yili) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi. Download 102.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling