Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni
Taʼlimning standartlashtiriladigan turlari
Download 90.91 Kb.
|
dts
Taʼlimning standartlashtiriladigan turlari.
DTS-taʼlimning quyidagi turlari uchun belgilanadi: - Umumiy oʻrta taʼlim, shu jumladan boshlangʻich taʼlim; - Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari); - oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura). Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayѐrlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi. Taʼlimning standartlashtirish obyektlari. Quyidagilar taʼlimning standartlashtirish obyektlari hisoblanadi: Taʼlim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, oʻquv yuklamas ihajmi, taʼlim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati; Talablar, meʼyorlar va qoidalar, pedagogic va axborot texnologiyalari, taʼlim usullari va vositalari, Shuningdek taʼlim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar; Taʼlim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qoʻyish tartibi, bitiruvchilar sifatini, taʼlim faoliyati, pedagog va ilmiy pedagog xodimlar sifatini baholash. Davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqishga qoʻyiladigan talablar quyidagilar DTS ishlab chiqishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari soʻzsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik; Taʼlim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy anʼanalar, Xalqning intellectual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillarini hisobga olish; Taʼlim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini taʼminlash; Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qoʻyiladigan talablar hisobga olingan holda taʼlim standartlarining ilmiy asoslanishi; Taʼlim turlari va bosqichlari boʻyicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, Shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda ularning mujassamligini taʼminlash; Oʻquv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, taʼlim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bogʻliq ravishda taʼlimning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga olish; Taʼlim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, taʼlim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash; Standartning texnologikligi uning bajarilishini nazorat qilish va uning meʼyorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati; Standartlarga tajribada tekshiruvdan oʻtgan taʼlim faoliyatining ilgʻor meʼyorlarini kiritish; Davlat taʼlim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi standartlari davlat tizimi Taʼlimni standartlashtirish – bu butun dunyo kasb-hunar taʼlimini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Uni krizisni yengib oʻtishning asosiy vositasi sifatida hisoblaydilar. Jamiyatda sodir boʻlaѐtgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy oʻzgarishlar taʼlim tizimiga xususan oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimiga boshqacha ѐndashishni talab qiladi. Shunday ekan oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori boʻlgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlab boʻlmaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri taʼlim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va maʼnaviy – ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat taʼlim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. Xalqaro talablarga javob beruvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar taʼlimi ekvivalentligini hamda oʻz navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida toʻsiqlarsiz ishtirok etishini taʼminlaydi, ikkinchidan taʼlim xizmatlari sifatiga aniq (qatʼiy) talablarni belgilab qoʻyish natijasida kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda taʼlim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. Download 90.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling