Insertda foydalaniladigan maxsus jadval


Download 330.34 Kb.
bet1/8
Sana21.04.2023
Hajmi330.34 Kb.
#1371340
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
lokal dárejedegi tálim texnologiyalari


3.2. Biologiya darslarida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
3.2.1. Insert
Biologiyani о‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”, “Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”, tezkor о‘yinlar va о‘yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni о‘rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi.
Insert – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bо‘lib, о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qо‘llaniladi.
О‘quvchilarni insert yordamida ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularga о‘rganiladigan о‘quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. О‘quvchilar har bir abzatsni о‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi.
Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha о‘zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman” – V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bо‘lsa, u holda “Ma’qullayman” +, agar ma’lumotlar о‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “О‘rganish lozim”-, о‘quvchilar о‘quv materiallarini о‘zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qо‘yadi.
Insertda foydalaniladigan maxsus jadval

Abzatslar №


“Bilaman” – V


“Ma’qullayman” +


“О‘rganish lozim”-


“Tushunmadim” -?


1.









2.









3.









4 va h.k.










Ta’lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi:




  • О‘quvchilar kichik guruhga ajaratiladi, lekin insert vositasida dastlab har bir о‘quvchi yakka tartibda ishlaydi va jadvalni tо‘ldirishi, guruh a’zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan sо‘ng, fikrlarini taqqoslashi;


  • О‘quv bahsi orqali kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bо‘lishini ta’minlash, ya’ni jadvaldagi keyingi ikki ustuni bо‘yicha bir xillikka erishish;


  • О‘qituvchi о‘quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilari asosida о‘quv bahsini tashkil etishi lozim.


Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a’zolari о‘rtasida, sо‘ng kichik guruhlar bilan о‘zaro о‘quv bahsi о‘tkazilishi, bahsda о‘quvchilar tomonidan yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tо‘ldirish, bilimidagi bо‘shliqlarni tо‘ldirish yuzasidan о‘qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.


Insertdan foydalanilgan о‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbai funksiyasi bir muncha kamayib, о‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, о‘qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.
Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim о‘rin tutadi.

Download 330.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling