Insertda foydalaniladigan maxsus jadval


Download 330.34 Kb.
bet6/8
Sana21.04.2023
Hajmi330.34 Kb.
#1371340
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
lokal dárejedegi tálim texnologiyalari

3.2.5. Atamalar zanjiri
Ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam о‘zlashtirishga zamin tayyorlash muhim о‘rin tutadi, shu sababli о‘qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak.
“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bо‘lib, ulardan о‘qituvchi о‘tgan mavzuni yakunlash, yangi о‘rganilgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanilganligi sababli, lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq.
Mazkur texnologiyadan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondoshish mumkin.
  • О‘quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsultant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruh a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda о‘quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishi yoki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir tо‘g‘ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning tо‘plagan balini belgilaydi.


  • О‘quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar rо‘yxati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga kо‘ra о‘zaro mantiqiy bog‘langan zanjir Klaster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv kо‘p vaqtni talab etsa-da samaradorligi yuqori bо‘lib, о‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.


  • “Atamalar zanjiri”dan о‘tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda о‘quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og‘zaki holda atamalarni ketma-ket avvalgilarni takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga kо‘ra о‘zaro bog‘liq holda yangi atama qо‘shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan о‘yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etadi.



Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar.



Download 330.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling